O‘zbek va rus tillarida fe‘L
Download 150.5 Kb.
|
INGLIZ AMERIKA RUS VA O\'ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI VA ISHTIMOIY MAVQIYI
Sifatdosh
Har ikkala tilda ham fe’llik, ham sifatlik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan fe’l shakli sifatdosh (rus tilida причастие) hisoblanadi. Ular harakat-holat ma’nosini saqlagani holda ot bilan bog‘lanib, uning aniqlovchisi vazifasida keladi. Ammo o‘zbek va rus tillaridagi bu birliklar orasida ma’lum farqlar bor. Masalan: м. р. ж.р. И.п. играющий мальчик, танцующая девушка Р.п. играющего мальчика танцующей девушки Д.п. играющему мальчику танцующей девушке В.п. играющего мальчика танцующую девушку Т.п. играющим мальчиком танцующей девушкой П.п. (об) играющем мальчике (о) танцующей девушке Xuddi shu taxlit sredniy rod hamda ko‘plikda ham sifatdosh ot bilan moslashib, kelishiklar bo‘yicha o‘zgaradi. O‘zbek tilida bunday holat yo‘q. O‘zbek tilida sifatdosh aniqlanmishga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Ravishdosh O‘zbek tilida ham, rus tilida ham ravishdosh fe’l shakli bo‘lib, ham fe’llik, ham ravishlik belgilariga ega. Ravishdoshda ham harakat-holat ma’nosi bor, shuning uchun fe’lga o‘xshab o‘timli va o‘timsiz bo‘ladi, nisbat ma’nosini ifodalaydi, shuningdek fe’l kabi o‘ziga tobe bo‘lgan so‘zni boshqarib keladi. Shu bilan birga ravishdosh ravish kabi ish-harakat va holatning belgisini bildiradi, uning so‘rog‘iga javob bo‘lib, ravishga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Rus tilida ravishdosh sifatdoshga o‘xshab belgini ifodalagani uchun причастие negizini saqlab qolgan, ammo unda jarayon ma’nosi ham mavjudligi uchun mazkur negiz oldidan дее- (действие-harakat) affiksi qo‘shilib, деепричастие nomi hosil qilingan. Har ikki tilda ravishdoshlar qo‘shimcha harakatni bildirish bilan birga gapda holat, payt, sabab, kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Har ikkala tilda ham ravishdosh fe’lning o‘zgarmas shakli hisoblanadi. Ammo o‘zbek va rus tillaridagi ravishdoshlar o‘rtasida ham ayrim tafovutlar bor bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: O‘zbek tilida yuqorida qayd etilgan ma’nolardan tashqari, maqsad ma’noli ravishdoshlar ham bor: Bu yerga sizni ko‘rgani keldim. Rus tilida maqsad ravishdoshi bo‘lmagani uchun bunday o‘rinlarda maqsad tobe gapli qo‘shma gap qo‘llanadi: Я пришёл сюда, чтобы встретиться с вами. Rus tilida barcha fe’l shakllaridgi kabi ravishdoshlarda ham vid farqlanadi. Ravishdosh qaysi fe’ldan yasalgan bo‘lsa, o‘sha fe’lning vidini saqlaydi: делая, сделав; получая, получив va hokazo. Odatda nesovershenniy vid ravishdoshi harakat-holat voqe bo‘layotgan paytni, sovershenniy vid ravishdoshi esa, asosan, harakat-holatdan oldin voqe bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Masalan: Сидя у камина, старик рассказывал детям сказки. – Kamin (olovi yonib turgan o‘choq) yonida o‘tirib, qariya bolalarga ertak aytib berardi; Посидев у речки, туристы продолжили путь. – Soy bo‘yoda oboroz o‘tirgach, sayohatchilar yo‘lida davom etishdi. O‘zbek tilida har qanday fe’lning ravishdosh shaklini hosil qilish mumkin (yozayotib, ichayotib), rus tilida esa ayrim fe’llardan mutlaqo ravishdosh hosil qilib bo‘lmaydi. Masalan, umuman, «пиша» письмо yoki «пия» чай deyilmaydi. Bunday fe’llardan pristavkalar yordamida sovershenniy vid hosil qilingandagina, o‘tgan zamon ravishdoshini yasash mumkin: написав письмо, выпив чай. O‘zbek tilida majhul nisbatdagi ravishdoshlar ham bor, rus tilidagi fe’llardan esa ravishdoshlarning majhul nisbat shakli deyarli hosil qilinmaydi. Nutqda kamdan-kam hollarda ishlatiladigan будучи приглашаем, будучи вызван kabi analitik shakllarga istisno tariqasida qaraladi. (Mas.: Будучи приглашаем, он не явился на свадьбу. – U talkif qilingan bo‘lsa-da, to‘yga kelmadi). O‘zbek tilida ayrim ravishdoshlar takror holda qo‘llanadi: yura-yura charchadi; yig‘lay-yig‘lay uxladi. Rus tilida bunday hodisa yo‘q. O‘zbek tilida fe’lning barcha shaklida bo‘lganidek ravishdoshda ham bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nosi bor. Rus tilida ravishdoshlarning bo‘lishsiz shakli mavjud emas, bunday ma’noni hosil qilish uchun ravishdoshdan ajratib yoziladigan не inkor yuklamasidan foydalaniladi. Rus tilida ravishdosh ravish kabi как? когда? почему? при каком условии? kabi so‘roqlarga javob bo‘lib, gapda hol vazifasida keladi. O‘zbek tilida esa ravishdoshning bir qancha sintaktik vazifalari mavjud bo‘lib, u harakat tarzi shakllarini yasashda faol ishtirok etadi. Bunda ko‘makchi qism, odatda, shaxs-son va zamonni ifodalaydi. Rus tilida bunday imkoniyat bo‘lmagani uchun ularning ma’nosi, asosan, sovershenniy vid fe’llari bilan beriladi: kutib turaman – подожду; o‘ylab ko‘ramiz – подумаем; suzib o‘tasan – переплывёш; irg‘ib turdi – вскочил; Shuningdek, o‘zbek tilida ravishdosh ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: Bahor kelib, kunlar isiy boshladi; O‘zi mustaqil kesim vazifasida ham kela oladi: Ishning boshi boshlanguncha; Bundan tashqari, fe’lga shaxs-son qo‘shimchasini biriktiradi: o‘ylabman; aytibsan; boribmiz va hokazo. Rus tilida sovershenniy vid ravishdosh infinitiv yoki o’tgan zamon negiziga -в yoki вш (-ши) suffikslarini qo’shish bilan yasaladi: сказав, выпивши, занёсши. Nesovershenniy vid ravishdoshlar esa -а yoki -я suffikslari bilan yasaladi: крича, услыша, делая, читая, неся; O‘zbeklar nutqida ravishdosh nihoyatda ko‘p uchraydi, shuning uchun bo‘lsa kerak uni hosil qiluvchi qo‘shimchalar ham tilimizda g‘oyat bisyor. Rus tilida ravishdosh o‘ziga tobe bo‘lgan so‘zlar bilan birgalikda деепричастный оборот (ravishdoshli birikma)ni hosil qiladi va u bir butun yaxlit holda ajratilgan izoh hol vazifasini bajarib, kesimga bog‘lanadi: Победив чемпиона мира по боксу Николая Валуева, Руслан Чагаев продемонстрировал свои способности всему миру. – Boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Nikolay Valuyevni yengib, Ruslan Chagayev o‘z qobiliyatlarini bitun dunyoga namoyish qildi. Adabiyot: Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. Т., 1979. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T., 1965. Rahmatullaev Sh. О’zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993; 19-22-betlar. Reshetov V.V., Reshetova L.V. Rus tili grammatikasi. Toshkent: «О‘qituvchi», 1968. Cовременный русский язык. Под ред. Белошапковой. M.: «Высшая школа», 1989. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling