O`zbek va tatar tillarida kiyim-kechak nomlarining qiyosiy tahlili


Download 38.55 Kb.
bet3/11
Sana20.02.2023
Hajmi38.55 Kb.
#1216340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
o`zbek va tatar (2) kurs ishi

Shohlar qaddi xam ayog‘ingga ko‘p.
Ya’ni, shohlik xil’ating (to‘ning) qadingga mos tushgan, boshqa shohlarning qaddi oyog‘ingga egilgan.
“Sabbai sayyor” dostonida boshiga kulfat tushgan Axiy shoh Farrux mamlakatiga yo‘l oladi. Bir paytlari boyligi behisob bo‘lgan, misli yo‘q saxiyligi, nochoru yo‘qsillarga, umuman, insonlarga yordamining ayamasligi tufayli g‘arib ahvolga tushib qolgan xoja abgor holatda, bir qora shol, eski palosga o‘ranib, ochlikdan, tashnalikdan kuchdan qolib yotganda, shoh Farrux uning boshiga kelib qoladi. SHoh bu kishidan avval musofirlikda cheksiz yaxshiliklar ko‘rgan edi. Birbirini tanib, xushvaqt bo‘lishadi. SHoh xojani saroyga keltirib, parvarish qiladi, behad izzat-ikrom ko‘rsatib, mavqeini baland ko‘tardi. Eng muhimi, Axiyga ayrilgan yorini pok saqlab, qaytarib beradi. Mana shu voqealar bayonida asarda Axiyning kecha va bugungi maqomini mulohaza qilishi, shukronasi, ichki kechinmalari kiyimkechaklar bilan bog‘liq tarzda ajoyib tasvirlangan.
Garchi zarbaft xil’at ichra mudom Shah yonida tutar edi orom. Uyga kirgach qaro palosi edi Ki, safarda aning libosi edi.
Tengri shukridakim, tili edi lol, Toat aylar edi kiyib qaro shol Ki: «palos ichra etti chun debo,
Tashlasam oni bo‘lmag‘ay zebo»
Yuqoridagi misralarda xil’at, debo, palos, shol kabi kiyim nomlari qayd etilganini ko‘ramiz. O‘zaro qarshi qo‘yilayotgan bu liboslardan xil’at (zarbaft xil’at) va debo shohona liboslarga mansub bo‘lsa, palos va shol – darveshlar, qashshog‘u bechoralar kiyimi sifatida aks etadi.
“Sabbai sayyor” dostonida javonmardlik timsoli bo‘lgan Axiy shahzoda Farruxni murodiga etkazib, uni mamlakatiga kuzatar ekan, esdalik uchun uning musofirchilikda kiyib yurgan libosini so‘rab olgan edi: Yodgor istadi palosin aning, Tilab oldi qaro libosin aning.
Mana shu qora palosni Axiy shoh huzurida keyinchalik yuqori martabaga ko‘tarilgandan keyin ham tashlab yubormadi. Albatta, hazrat Alisher Navoiyning bitganlarida tasavvufiy mazmun yo‘g‘rilgan. Biz uchun bu o‘rinda til faktlari muhim.
Palos, debo va shol forsiy o‘zlashmalardir. Debo – nozik va nafis naqshlar solib to‘qilgan ipak matoni bildirsa, shol va palos jun matodan tikilgan oddiy kiyimni anglatadi.
Tasavvuf yo‘rig‘ida bitilgan mana bu baytda ham turli maqomdagi liboslar o‘zaro zidlantirilgan:
SHah egnida murassa’ tugmalig xil’atqa bermasmen, Yig‘ochlar birla ollin tevrabon kiygan fano sholin.
Ya’ni, oldi cho‘plar bilan qadab qo‘yiladigan, fanolik yo‘lida kiyilgan sholni shohning egnidagi oltin tugmalar bilan bezalgan xil’atga, ya’ni bu dunyo moliga alishmayman.
Libos nomi zikr qilingan ushbu bayt ham g‘oyat ibratli:
Er kishiga xil’at ila ne sharaf.
Durg‘a ne nuqson yiroq o‘lsa sadaf.
Bu baytni shunday talqin etish mumkin: er kishi shohona libos – xil’at bilan sharaf topmaydi. Durning sadafdan uzoq tushgani bilan qiymati yo‘qolmagani kabi, er kishi har qanday vaziyatda ham aslini saqlab qoladi.
Xil’at o‘tmishda ham xuddi hozirgi vaqtda bo‘lgani kabi erkak ham ayollarga xos kiyim turi hisoblanadi. Bir oz fonetik o‘zgarishga uchragan bu so‘z endilikda xalat shaklida qo‘llanmoqda. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da xil’at va xalat so‘zlarining izohlanishiga e’tibor beraylik:
XIL’AT [a. - tuhfa. in’om qilingan ust kiyim) 1 esk. kt. Odatda in’om, hadya qilinadigan qimmatbaho to‘n (398-b).
XALAT [a. - sovg‘a, in’om qilingan kiyim; mukofot] 1 s.t. O‘zi ham, engi ham uzun va keng bo‘lgan, tugma o‘rniga belbog‘ qo‘llanadigan ustki kiyim (asosan xotin-qizlar, ba’zan erkaklar ham kiyadi). Qizil xalat kiygan qiz.
2. SHunday yoki shunga o‘xshash bichimdagi maxsus (tibbiyot, savdo, kimyo va ayrim texnika sohalari xodimlari kiyadigan) ust kiyim.
Lug‘atda xil’at Alisher Alisher Navoiy davridagi bu so‘z anglatgan ma’noga yaqin izohlangan bo‘lsa, xalat izohidan bu so‘z hozirda nafaqat fonetik tomondan, balki ma’no jihatdan ham jiddiy o‘zgarganligini ko‘ramiz.
Jubba - hashamatli, keng, uzun va engil to‘n ma’nosini bildirib keladi. “Saddi
Iskandariy” dostonidagi bu kiyim nomi to‘n, dekla kabi libos nomlari birga qayd etilgan:
YAna uch to‘quz davlat arkonig‘a, To‘nu jubba birla aning yonig‘a –
Iki yuzga ham deklayu to‘n berib,
YAlang to‘n alarcha yana o‘n berib.
SHuningdek, bu so‘z o‘ziga sifatlovchini biriktirib so‘z birikmasi ham hosil qiladi. Masalan, jubbayi sinjob - sinjob (qizil tulki) terisidan tikilgan po‘stin: Jubbayi sinjobing ichra vasla-vasla qoqimi,
To‘g‘ri hijron shomida bir-bir saodat anjumi.
Alisher Navoiy asarlariga oid lug‘atlarda qabo - erkaklarning uzun va keng ust kiyimi (jubba ostidan kiyiladi) deb qayd etilgan. Mana bu misolda qabo erlar libosi sifatida tasvirlangan:
Minib ustiga hinduyi nayzavar, Zarogin qabo, balki zarrin kamar.
Ammo shoir asarlarida bu so‘z qalamga olingan boshqa o‘rinlarda qabo nafaqat erkaklar, balki ayollar, go‘zallar libosi ekanligi anglashiladi. Mana bu misralarda bu hol yana-da yaqqol ko‘rinadi:
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko‘nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!
Xirqa shayx va darveshlarning maxsus ust kiyimi bo‘lib, bu libos dag‘al matolardan qurab tikilgan. Uning janda, eski juldur kiyim kabi ma’nolari ham mavjud. “Hayrat ul-abror” dostonida hazrat Alisher Navoiyning ustozi mavlono
Jomiy ta’rifida yozilgan misralarda bu so‘z qo‘llanganini kuzatamiz: Xirqa aning jismida qapton bo‘lub, Qaptoni tan, jismi aning jon bo‘lub.
Baytdagi yana bir kiyim nomi - qapton turkiycha so‘z.

Download 38.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling