O‘zbek xalk kuyi "Cho‘li Iroq"


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1713975
Bog'liq
Cho\'li iroq



O‘zbek xalk kuyi "Cho‘li Iroq" 
 
"CHOʻLI IROQ" — Iroq maqomi bosh kuy mavzui asosida yaratilgan yirik 
shakldagi mumtoz cholgʻu asar. U gʻamgin, qaygʻuli ruhiy holatni ifoda etgani 
bilan teran falsafiy maʼno va mazmunga ega. "CH.I." saraxbor usulining 
tezlashtirilgan variantiga bogʻlangan. Kuy tuzilishida cholgʻu qismlarga xos 
bozgoʻylar uchrasada, asosan, maqom shoʻʼbalaridek murakkab kuy tuzilmalaridan 
tarkib topgan. "CH.I."ning shakli daromad, 2 ta miyonxat, avjida Muxayyari 
Chorgoh namudi ishlatilishidan iborat. Asar yakkanavozlikda koʻproq nay, gʻijjak, 
tanbur, sato, dutor, qoʻshnay singari cholgʻularda, shuningdek, turli xil 
ansambllarda ijro etiladi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz asarlarida 
"CH.I." kuy va ohanglaridan unumli foydalanishgan. Shu jumladan, I.Ikromov 
uning ashula yoʻlini Navoiy gʻazaliga bogʻlab tuzgan, D.Soatqulov oʻzbek xalq 
cholgʻulari orkestri uchun moslashtirib qayta ishlagan. 






Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling