O’zbek xalq maqollarida ellipsis hodisasi abdusaidova Barchinoy Husnidin qizi


Download 35.93 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi35.93 Kb.
#1562769
1   2   3
Bog'liq
Abdusaidova Barchinoy Husnidin qizining YOSH OLIM jurnali uchun maqolasi

Key words: ellipsis, proverb, morphological index, ellipsis, phonetics, syntax, art, completanes, empathy, speech requirement.
Ma’lumki, maqollar xalq ijodiyotining yorqin namunasi bo’lib, ular xalqning kuzatuvlari, tajribalari asosida vujudga kelgan, uzoq yillar davomida sayqallangan sintaktik-semantik jihatdan tugal bo’lgan barqaror birikmalar hisoblanadi. Maqol kishi nutqini bezaydi, ta’sirchanligini oshiradi, kishilarni ezgulikka chorlaydi, odob-axloq o’rgatadi. Kishilarga uzundan uzun pand-nasihatdan ko’ra qisqa va sermazmun maqollar kuchli ta’sir ko’rsatadi. Maqollarning ta’sirini oshiruvchi uslubiy vositalardan biri bu ellipsis hodisasi hisoblanadi. Tejamkorlik tamoyiliga asoslangan ellipsis hodisasi maqollarning badiiyligini, ixchamligini, jozibadorligini va eng muhimi ta’sirchanligini oshiradi. Albatta, ellipsis ma’lum bir nutq talabiga asosan qo’llaniladi.
Ellipsis( yunoncha – elleipsis ~ tushish, tushirilish) – nutq unsurining tushib qolishi; ellipsis nutqda turli maqsadlarda( mas.,ixchamlik talabi bilan) yuz beradi. Mas., Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin gapida “odam” so’zi ellipsisga uchragan. [1]
O’zbek tilshunosligida sintaktik strukturada gap bo’laklarining tushib qolishi, ya’ni hozirgi terminologiya bilan aytganda, ellipsis hodisasi XX asrning 20-yillarida qayd etilgan. Fitrat gap bo’laklarining tushib qolishi natijasida “ eksik gap” ( to’liqsiz gap) shakllanishini ham alohida ta’kidlaydi. [2]
“Ellipsis gapning grammatik jihatdan to’g’ri bo’lishiga xizmat qiluvchi hodisa bo’lib, bir necha so’zlarning tushib qolishi bilan namoyon bo’ladi va ularni osonlik bilan tiklash mumkin” [3-214]
Ellipsis hodisasi haqida tilshunoslar bir to’xtamga kela olishmagan. Ba’zi qarashlarda bu hodisa tilning sintaksis sathidagina sodir bo’ladi deb qaralsa, ba’zilarida esa har qanday “tushishlar” ellipsisni yuzaga keltirishi haqida fikr bildiriladi. Jumladan, N.M. Mahmudov ta’kidlashicha: “Asosida til tejamkorligi yotadigan hodisa sifatida ellipsis stilistika va sintaksisda muhim o’rin tutadi”.[4] Boshqacha aytganda, tejamkorlik tamoyilining tilning har qanday sathida voqelanishi ellipsisni yuzaga keltirmaydi, ellipsis faqatgina sintaktik sath hodisasidir. Ammo ayrim tilshunoslar tildagi har qanday tejamkorlikni ellipsis deb hisoblaydilar. Bunda so’zlovchi yoki yozuvchi o’z nutqini elliptik shakllanishdan ko’zda tutgan asosiy maqsadi e’tibordan soqit qilinadi. [5] A.Hojiyev shunday ta’kidlaydi: “ Lingvistik iqtisod… til tizimining barcha sohalarida ( fonetika, so’z yasalishi, sintaksis va b.) uchraydi” [6]
Hatto F. Ibragimova ning o’zi ham avvalgi maqolalarida quyidagi jumlalarni keltirib o’tadi: Ellipsisda matndagi bir bo’lak, ba’zan morfologik ko’rsatkich, ba’zan esa fonetik birlik ma’lum bir sababga ko’ra tushirilib qoldiriladi. Tushirilgan birlik garchi tuzilish jihatdan ma’lum bo’lmasa-da, mantiqiy jihatdan ma’lum bo’ladi. [7]
Ellipsis atamasining lug’aviy kelib chiqishiga hamda bir qancha kuzatuvlarga ko’ra ellipsis bu har qanday nutq va til sathida kuzatilishi mumkin bo’lgan , qisqalik , tejamkorlik tamoyiliga asoslanadigan, ba’zan nutq talabi bilan sodir bo’ladigan hodisa degan xulosaga keldik va uning quyidagi turlarini ajratdik:

  1. Gap bo'laklari bilan bog'liq

  2. Grammatik shakllar bilan bog'liq

  3. Fonetik

O’zbek xalq maqollarining sintaktik sathida ellipsis hodisasini quyidagi misollarda ko’rib chiqamiz:

  1. Kesim:

  1. fe’l kesim:

  1. Mehnat yerda qolmas,

Oltin – yo’lda. ( qolmas)

  1. Baliq suv bilan tirik, Odam – el bilan. ( tirik)

  2. To’g’ri so’z toshni yorar, Egri so’z – boshni. ( yorar)

  3. Ekin yerida ko’karar, Er – elida. (ko’karar)

  4. Yaxshi boladan –rahmat, yomon boladan –lan’at. ( kelar )

  1. ot kesim:

  1. Bulbulga bog’ yaxshi, Kaklikka – tog’. (yaxshi)

  2. Suv boshidan yaxshi,

Hosil – tagidan. (yaxshi)

  1. Mehmon mezbonga aziz,

Mezbon – mehmonga . ( aziz)

  1. Eplashga ep kerak,

Bog'lashga – ip. ( kerak)

  1. Kelinning tili yo'q,

Qaynonaning – iymoni. (yo'q)


  1. Ega ( aniqlanmish) :

  1. Yalqov asli qush bo’lmas, qush bo’lsa ham ucha olmas. Bu yerda ega (yalqov so’zi uchun esa aniqlanmish) – kishi so’zi bo’lib, u ellipsisga uchragan, natijada, ega vazifasini yalqov so’zi bajargan. O’zbek tilshunosligida bu hodisaga nisbatan otlashish atamasi ishlatiladi.

  2. Olovdan qo’rqqan tutundan ham qochar. ( odam)

  3. Ish ishtaha ochar, Dangasa ishdan qochar. (odam so’zi ellipsisga uchragan)

  4. Birlashgan (kishilar) o’zar, Birlashmagan ( kishilar) to’zar.

  5. Kamtar yetar murodga,

Manman qolar uyatga. – ikkita ega(aniqlanmish) ellipsisga uchragan.

  1. To’ldiruvchi:

  1. Vafosizda (kishi) hayo yo’q.

Hayosizda (kishi) vafo yo’q.

  1. Yo’qotgan(odam)ingni yo’qlab topasan.

  2. Chiniqqan odam ga chang yuqmas.

  3. Kallaklab yoqsang, qirq yilga yetar,

Qo'porib yoqsang , bir yilga yetar. ( nimani? so'rog'iga javob bo'luvchi to'ldiruvchi ellipsisga uchragan)

  1. Aniqlovchi:

  1. Ko’pning qo’li ham to’g’ri, yo’li ham to’g’ri.

Bu maqol aslida “ Ko’p odamlarning qo’li ham to’g’ri bo’ladi, ularning yo’li ham to’g’ri bo’ladi” ko’rinishida bo’lishi kerak edi.

  1. So’zi o’lganning o’zi o’lar. (So’zi o’lgan kishining o’zi o’lar).

  2. Non ham non, ushog’i ham non. ( nonning aniqlovchisi ellipsis hodisasiga uchragan)

Ba’zi maqollarda esa bir nechta gap bo’laklarida birvarakayiga ellipsis hodisasi kuzatilgan:

  1. Rostni aytgan shon yutar,

Yolg’on aytgan qon yutar.
Bu yerda quyidagi birliklarning tushirilishi kuzatiladi: to’ldiruvchi (birinchi gapdagi so’zni – to’ldiruvchisidagi grammatik vosita aniqlovchiga (rost) ellipsis ta’sirida ko’chirilgan, ikkinchi kontekstda esa to’ldiruvchi sof holatda ellipsisga uchragan); ega – kishi so’zi;

  1. Yaxshidan ( yaxshi odamdan) bog’ qoladi, yomondan (yomon odamdan) dog’. (qoladi)

  2. Ko’rganning tili bildirar,

Kuyganning –tili.
Ushbu maqolda jami 5 ta gap bo’lagi ellipsisga uchragan va bu bilan maqolning ta’sirchanligi, badiiyligi ortgan. Maqol aslida, “Ko’rgan kishining tili ko’rganini bildirar,
Kuygan kishining dili kuyganini bildirar” ko’rinishida ifodalanishi kerak bo’lsa-da, anglab turganingizdek, elliptik ko’rinishi ifodali, ta’sirchanroq, qisqa bo’lsa-da, ma’no jihatidan mukammal.

  1. Qizil gul ekkanning xirmoni bo’lmas,

Yaxshini suyganning armoni.
Bu maqolda 4 ta so’z ellipsisga uchragan. (Qizil gul ekkan kishining xirmoni bo’lmas, Yaxshi insonni suygan odamning armoni bo’lmas)

  1. Aqlli ishiga ishonar,

Aqsiz – tushiga.
Bu maqolda 5 ta gap bo’lagi ellipsisga uchragan. (Aqlli odam qilgan ishiga ishonar,
Aqlsiz odam ko’rgan tushiga ishonar.)

  1. Oyning o’n beshi qorong’u bo’lsa, o’n beshi – yorug’.

Ushbu maqol ham elliptik bo’lib unda 4 ta gap bo’lagida ellipsis kuzatilgan. ( Oyning o’n besh kuni qorong’u bo’lsa, uning * o’n besh kuni yorug’ bo’ladi.)


  1. Kar odam eshitgan narsasini qo'ymas,

Ko'r odam tutgan narsasini qo'ymas .
Maqollarda morfologik ko’rsatkichning ellipsisga uchrashi ham ko’p kuzatiladi:

  1. El qudrati – chin qudrat,

Vatan tuprog’i – qimmat. Bu maqolda jami to’rtta: ikki o’rinda qaratqich kelishigining, ikki o’rinda esa bog’lama (-dir) ning ellipsisga uchrashi kuzatiladi.

  1. Do’stingga qo’shiq ayt,

Mehringni qo’shib ayt. Ikki o’rinda -ni tushum kelishigi tushirilgan.

  1. Daraxt – yer ziynati,

Kiyim – er ziynati. Ikki o’rinda qaratqich kelishigi shakli(-ning) , ikki o’rinda esa bog’lama (-dir) ellipsisga uchragan.

  1. Otni ayagan ot minar,

To'nni ayagan to'n kiyar.

  1. Ko'chaning ko'rki –tol dir,

Yaylovning ko'rki –mol dir .
Bundan tashqari ellipsis hodisasi fonetik sathda ham til va nutq talabi bilan uchraydi. Fonetik ellipsis hodisasi bizda “tovush tushishi” deb o’rganiladi. Fonetik ellipsis 2 xil bo’ladi:

Download 35.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling