О‘zbek xalq о‘yinlari
Download 110.75 Kb.
|
Amaliy 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`yining pedagogik ahamiyati.
- ARQON TORTISH O`YINI O`yinga
- ECHKI BOLALAR O`yin tavsifi.
- O`yinning pedagogik ahamiyati.
- OSHIQ O`YINI O`yinga tayyorlash.
INSIZ QUYON O`YINI O`yinga tayyorgarlik. Har bir o`yinchi – «quyonni» qo`lida bittadan basketbol to`pi bo`ladi.Zalni yoki maydonchani bir tomonida quyonchalarni sonidan 2-3 ta kam bo`lgan avtomobil (uy) pokrishkalari qo`yib chiqiladi. O`yinni tasnifi. O`qituvchining signali bo`yicha zalni yoki maydoncha-ni ikkinchi yarmida barcha o`yin qatnashchilari topshiriq bo`yicha to`pni olib Yurishni bajaradilar: 1.To`pni turgan joyda olib Yurish (navbat bilan o`ng va chap qo`lda bajariladi) 2.Turgan joyda erga urilib qaytgan to`pni balandligini o`zgartirib olib Yurish, (cho`qqayib o`tirgan holatda). 3. To`pni doira bo`ylab olib Yurish, bunda o`yinchi turgan joyda aylanishni bajaradi. 4. O`yinchi to`pni bitta nuqtada aylana bo`ylab harakat qilib olib Yurish. 5. To`pni yo`nalishini o`zgartirib, ustunchalarni aylanib o`tish bilan olib Yurish. O`qituvchi o`yinchilar birorta vazifani bajarish vaqtida xushtak chalishi bilan quyonlar to`pni olib Yurish bilan inni egallaydilar yoki turib olishlari kerak. Kimda kim inga tura olmasa yoki eta olmasa, u jarima ochko oladi. Agarda kim to`pni olib Yurish qoidasini bo`zgan (ikki qo`l bilan olib yursa, yugurib ketsa) o`yinchilarga ham jarima ochko beriladi. O`qituvchining buyrug‗i bilan quyonchalar yana polizda o`ynashga qaytadilar (vazifa bo`yicha to`pni olib Yurishni bajaradi) O`yin bir necha marta takrorlanadi. Eng kam ochko olgan o`yinchilar o`yinda g‗olib chiqqan bo`ladi. Bu o`yinda o`yinchi koptoksiz ham o`ynash mumkin, ya`ni maydonchida har xil umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish bilan o`ynash mumkin. O`yining pedagogik ahamiyati. O`yin diqqatni jasoratni, zexnni tarbiyalashga yordam beradi. Kuchni tezkorlikni, chidamlilikni, koordinatsion harakatni rivojlantiradi. O`yinni asosiy harakati to`pni olib Yurish va o`ynalishni o`zgartirib Yurish. ARQON TORTISH O`YINI O`yinga tayyorgarlik. Har bir komandani orqasida to`p osib qo`yil-gan. O`yinchilar teng ikki komandaga bo`linadi. Arqon polga qo`yilgan. O`yin tasnifi. O`qituvchining buyrug‗idan keyin arqonni olib o`z tomonlariga tortib, osib qo`yilgan to`p boshlariga tegishiga harakat qiladi. Vazifani birinchi bo`lib bajargan komanda yutgan hisoblanadi. ECHKI BOLALAR O`yin tavsifi. O`yinda 8 – 10 ta o`yinchi qatnashadi. Ulardan biri ona echki bo`ladi. Echki bolalarni qo`l ushlashib aylana shaklida turadilar. Ona echki o`rtada ovqat pishiradi. 1 ta echki bolasi kelib ovqat pisharamiz deb so`raydi. Onasi yo`q birpas o`ynab tur dedi. Birozdan so`ng 2 chi echki bolasi keladi. Onasi pishdi, bor idishlarni yuvib kel dedi. Shunda bola echki idishlarni sindirib qo`yadi. Idishlar sindi deb hamma bolalar baqiradi. Ona echki bolalarni quvib ketadi. Kaysi birining ushlab olsa, o`sha ona echki bo`ladi. O`yin qaytadan boshlanadi. O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yinda bolalarni diqqat, sezgirlik malakalarini tarbiyalaydi. O`yin bolalarda chaqqonlik, tezlik, chidamlilik koordinatsiya harakatlarini rivojlantiradi. O`yinning asosiy harakati yugurish hisoblanadi. «JAMBIL» O`yinning tavsifi. Bu o`yinda o`quvchilar 2 guruhga bo`linadi. O`yinchilar asosan har ikki guruhda 5 – 6 tadan bo`ladi. 1 chi guruh o`yinchilari bergilangan uzoqlikdan to`pni katakchalar ichiga taxlangan toshchalarga otishadi. Katakchalar ichidagi toshlar 4 ta bo`ladi. Agar to`p dumalatilganda katak ichidagi toshga tegib toshlar yiqilsa, 2 chi guruh o`yinchilaridan bir o`yinchi jambil atrofida to`p bilan qo`riqlaydi. Agar birinchi guruh o`yinchilari toshlarni kataklarga qo`yish uchun yaqinlashganda, qo`riqlovchi uni koptok bilan ursa, u o`yinchi o`yindan chiqadi. Agar Shu guruh toshlarni kataklarga aniq qo`yib chiqsa bu guruh yutadi. Agar qo`yolmasa ular yutqazadi. O`yindan keyin 2 chi guruh asosiy o`yinda o`ynashadi. O`yin shu tarzda davom etadi. O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yinda nishonga uloqtirish malakasini to`pni otishni va mustaqil harakat qilishni rivojlantiradi. O`yin asosiy harakati-koptokchalar ichidagi toshlarni aniq nishonga olish hisoblanadi. TO`PTOSH O`YINI O`yinning tavsifi. Bu o`yinda 3 dan ortiq bolalar (7-10) tagacha) qatnashadilar. Ular avval har xil kattalikdagi toshlarni to`pib, ularni ustma-ust qo`yadilar, eng ustiga 1 ta kichgina tosh qo`yib qo`yadilar va o`zlariga ham bittdan yapaloo` tosh oladilar. Erga aylana chizib o`rtasiga boyagi terim toshlarni qo`yib, o`zlari 5-6 mert uzoqlikda turadilar. U erni to`g‗ri chizib qo`yadilar va navbat bilan toshlarni uloqtirib, xaligi toshlarni tarqatishga harakat qiladilar. O`yin davomida bolalar toshlarni uloqtirganda, to`ptosh tarqalib, eng ustidagi kichgina tosh qancha uzoqlikga ketsa oyoq bilan o`lchab u Shuncha ko`p ochko oladi. Omadi Yurishmaganlar esa o`yindan chiqib tomashabin bo`ladilar. G‗olib chiqqan 1 bola tag‗in o`yinni boshlaydi. Bolalar zerikkanlaricha o`ynashlari mumkin. O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yinda bolalarni ustma-ust qo`yilgan toshlarni aniq mo`ljalga olish, sezgirlikni tarbiyalaydi. O`yinda o`yinchilarni shaxsiy qiziqishini va o`rtoqlarini kuchini ijobiy baholashni tarbiyalashga yordam beradi. O`yinni o`ziga xos harakati nishonga yapaloq toshni aniq uloqtirish hisoblanadi. OSHIQ O`YINI O`yinga tayyorlash. Bu o`yin sport zali yoki maydonchada o`tkazilishi mumkin. Boshlanishdan oldin dastro`molchaga bironta tennis koptogidan kattaroq – oshiq, tosh va xakozo narsani tugib, uni maydonga uloqtirishdan oldin o`ynovchilarga ataladigan sovrin e‘lon qilinadi. O`yinning tavsifi. Boshlovchi maydon yoki zalning bir chekkasida saflanib turgan o`yinchilarga tugunchani ko`rsatib uloqtiradi. O`yin ishtirokchilari otilgan narsani qanday bo`lmasin, boshlovchining qo`liga o`z qo`li bilann olib kelib berishi shart. O`yin qatnashchilari narsani olib kelayotgan o`yinchidan tortib olishga harakat qiladi. O`yinning pedagogik ahamiyati. Bu o`yin bolalarda diqqat-e‘tiborini, sezgirlik va uloqtirish malakalarini tarbiyalaydi. O`yinda bolalarni to`g‗ri koordinatsiyasini, harakat tezligini, va aniq nishonga uloqtirishni rivojlantiradi. O`yinni o`ziga xos harakati-yapaloq toshni nishonga otish. «BO`SH O`RIN» O`YINI . Boshqaruvchi o`yinchidan boshqa hamma o`yinchilar bir-biridan bir qadam oraliqda aylana hosil qilib turadilar. Boshqaruvchi aylana atrofida yura turib o`yinchilardan birini asta turtadi va u yoxud bu tomonga qarab yuguradi. Qo`l tekkan o`yinchi esa qarama-qarshi tomonga yugurib tezroq o`z o`rnini, ya`ni bo`sh turgan joyni egallab olishga harakat qiladi. Aylana atrofiga yugurib kelib, bo`sh joyni birinchi egallab olgan o`yinchi o`sha erda turib qoladi. Etib kela olmagan o`yinchi boshqaruvchi bo`lib qoladi. O`yin yana davom ettiriladi. YUgurish musobaqasini oyoqda sakrash bilan ham almashtirish mumkin. Download 110.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling