O`zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar­ va e’tiqodiy qarashlarning arxaik izlari


Download 18.92 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi18.92 Kb.
#1059167
  1   2
Bog'liq
O`ZBEK XALQI MODDIY MADANIYATIDA QADIMIY DINIY TASAVVURLAR¬ VA E’TIQODIY QARASHLARNING ARXAIK IZLARI.

O`ZBEK XALQI MODDIY MADANIYATIDA QADIMIY DINIY TASAVVURLAR­ VA E’TIQODIY QARASHLARNING ARXAIK IZLARI.


REJA:
1.Turar joylar bilan bog’liq urf-odatlar va rasm-rusumlarda qadimiy diniy e`tiqodlar.
2. O’zbek xalqining moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar.

Etnologik yo`nalishda bajarilgan tadqiqotlarda moddiy madaniyat (turar joylar, kiyimlar, taqinchoqlar, oziq ovqatlar)ni odatda grafik tasvirlar, planlar, chertyojlar, rasmlar, fotosuratlar yordamida batafsil tavsiflash va ilmiy tahlil qilish o`ziga xos an`anaga aylangan. Lekin aslida ushbu ma`lumotlar etnologik tadqiqotlarning bosh maqsadi emas, balki asosiy maqsadni isbotlashga ko`maklashuvchi tavsifiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Moddiy madaniyatning etnologik yo`nalishda tadqiq eqilishda ko`zlangan asosiy maqsad o`rganilayotgan ob`ektning xalq ijtimoiy turmush-tarzi bilan aloqadorligini yoritishdan iborat. CHunki an`anaviy moddiy madaniyat namunalari insoniyat mehnati va ehtiyoji asosida yaratilsa-da, lekin uning ongli tafakkuri natijasi o`laroq u yoki bu ko`rinishni oladi. SHubhasiz, bu o`rinda moddiy madaniyat na`mnunalarida aks etuvchi ramz, belgi g’oya ko`rinishida ham qiziqarli bo`lib, bu bevosita u bilan bog’liq tasavvurlar, e`iqodiy qarashlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqacha tarzda aytadigan bo`lsak, etnologlar uchun moddiy madaniyat namunalarining tavsifi emas, balki ularning inson bilan aloqadorligi qiziqarli hisoblanadi.


Tarixdan ma`lumki, turar-joylar inson uchun makon, boshpana tarzda foydalana boshlangan davrlardan boshlab u bilan bog’liq ilk tassavurlar ham shakllana boshlagan. Qadimgi uy-joylarning eng muhim xususiyatlaridan biri - uning o`ziga xos xavfvsizlik xalqasiga ega ekanligidir. Insoniyatning ilk ajdodlari uy-joylarni yovuz kuchlar xurujidan muhofaza qiladigan o`ziga xos yopiq makon deb xisoblangan va u bilan bog’liq ilohiy tushunchalar tarqalgan.
Endi esa bevosita tadqiqotimiz xududi xisoblangan Farg’ona vodiysi o`zbeklari an`anaviy turmush-tarzidagi turar-joylar bilan bog’liq qarashlarda hamda uy-joylar bilan bog’liq urf-odatlardagi qadimiy diniy e`tiqodlar bilan bog’liq ko`rinishlarni birmuncha batafsilroq tahlil etishga harakat qilamiz. O`zbeklarda ota makon hisoblangan ota-bobolar joyi muqaddas dargoh hisoblangan va unga mehr qo`yishgan hamda mehr-muruvvat ko`rsatishgan. Qolaversa, ota-bobolar erining muqaddasligi borasida ko`p maqol va rivoyatlar yaratilgan.
O`zbeklar orasida ham boshqa ko`plab xalqlarda bo`lgani singari uy qurish ishlari dastlab uy poydevorini qurishdan boshlangan. Xalqona tasavvurga ko`ra, poydevorni qurishga haftaning xayrli va omadli kunlarida kirishilgan. Farg’ona vodiysi o`zbeklari orasida dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari uy qurilishidagi dastlabki ishlar boshlangan. CHunki aynan mazkur kunlar xosiyatli kunlar hisoblangan.
YAngi uyni qurish jarayonida uning dastlabki yog’ochlari ko`tarilgandan so`ng uy to`sini yoki xarisini ko`tarishda ajoyib bir udum bajarilgan. Odatda, usta sinch uylarning to`sin yoki xarisini o`rnatish chog’ida uy egasidan biror bir narsa (odatda ko`ylak, qiyiq va shu kabilar)ni ehson qilishni so`ragan. Bu narsa aholi orasida keskilik deb atalgan. Agar ustaga keskilik berilmasa, keyinchalik u(usta)ning ishi yurishmay, og’ir kasalga chalinar ekan. Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, har bir hunarmandchilik sohasining o`z asoschisi (piru murshidi) bo`lgani kabi, ustachilikning ham asoschisi - piri bo`lgan. To`sin (yoki xari) ko`tarish paytida beriladigan keskilik o`sha pirning haqqi uchun ustaga berilgan. Usta esa o`zi ishlab pul topayotgan ushbu hunar asoschisining haqqiga duoi fotiha qilib turishi lozim bo`lgan.
Farg’ona vodiysining azaliy o`troq o`zbek va tojik xalqlari orasida uyning ayrim qismlari-to`sin, ustun, eshiklarini qo`yilishida qator ramziy ma`nolarga ega bo`lgan va aynan mazkur qismlar bilan bog’liq qator diniy-semantik urf-odatlarga amal qilingan. Jumladan, vodiy o`zbeklarida ham, respublikamizning boshqa mintaqalarida bo`lgani singari, xona shiftiga qo`yiladigan to`sinlar soni doimo toq, ya`ni 5, 7, 9, 11 tadan bo`lib, xona turi va hajmini belgilovchi o`lchov bo`lib kelgan. Xalqona qarashlarga ko`ra, ayrim joylarda to`sinlardan bittasini, ya`ni juft bo`lmagani Allohga bag’ishlangan deyilsa, boshqa joylarda bitta to`sin vazifasini xonadon erkagi o`tagan, deb tushinishgan. SHu o`rinda uy to`sini bilan bog’liq Xorazmda o`ziga xos ramziy odatga amal qilinganligini ta`kidlab o`tish joiz. Taniqli etnograf olima M.V. Sazonovaning yozishicha, Xorazmning ayrim tumanlarida biror xonadonda ketma-ket o`lim bo`lsa, shu oila a`zolaridan qolganlarining umrini saqlab qolish uchun xonaning o`lim sodir bo`lgan qismidagi tomning ikki to`sinini yoki tomning to`g’ri kelgan joyidan ikkita to`sinni, ayrim tumanlarda esa shiftning barcha to`sinlari butunlay almashtirilgan. Yangi qurilayotgan uyning devorini ko`tarish, tom yopish bilan bog’liq ishlar, shuningdek, ayni vaqtda ko`plab ishchi kuchini talab etadigan ishlarda mahalla erkaklari ishtirokida maxsus hashar uyushtirilgan. YAngi uyni o`urilishida hashar tashkillashtirish odati ilmiy etnografik adabiyotlarda birmuncha yaxshi yoritilgan. Shu bois biz bu o`rinda ushbu odat to`g’risida batafsil to`xtalmagan holda hasharning vodiyga xos lokal xususiyatlarigagina to`xtalib o`tishga harakat qildik. Namangan viloyati Xo`jamushkent qishlog’ida yashovchi o`zbeklarda bu tadbir «hokandozon» deyilgan. Hokondozon ko`pincha uyning tomini yopish paytida uyushtirilgan bo`lib, mahalla erkaklari va yigitlari uyning tomini yopish jarayonida maxsus belgilangan kunda hashar o`tkaziladigan uyga yig’ilishgan va uyning tomiga qoplarda tuproq olib chiqqanlar. Hashardagi eng katta qop polvon qop deyilgan. Mazkur qopni ko`tarib tuproq olib chiqan odamga sovg’a tariqasida uy egasi tomonidan belbog’ berilgan.
Uy-joylar bilan bog’liq urf-odat va rasm-rusmlarning talay qismi yangi uy tiklab bo`linganidan so`ng ham o`tkazilgan. CHortoq tumani Qoramurt o`zbeklarida yangi uyga dushanba va juma kunlari ko`chib kirish xayrli deyilgan.
Yangi qurilgan uyga ko`chib kirish jarayonida ham ko`plab magik urf-odat va marosimlar bajarilgan. Namangan viloyati CHortoq tumani Oqsuv G’ovozon qishlog’i o`zbeklarida yangi uyga ko`chganda «ushbu uyda yashovchilarning kelgusidagi hayotlari misoli do`lanaday mustahkam bo`lsin», deb uyning to`rt burchagiga do`lana shoxi qoqib qo`yish odati bo`lgan. SHuningdek, ushbu uy doimo rizqli barakali bo`lsin, degan niyatda YAngiqo`rg’on tumani Oqsuv G’ovozon qishlog’ida uyga dastlab tuz olib kirilgan. Andijon viloyati Buloqboshi tumani SHirmonbuloq qishlog’ida yashovchi o`zbek turklarda yangi uyga ko`chib kirishda uyga doimo xizmat qilsin, degan niyatda ushbu uyga birinchi marta kapgir-cho`mich olib kirilgan. Qolaversa, uy egalarining o`zlari uydagi dastlabki kechasini yolg’iz o`tkazmagan. Ular bilan birga doimo keksa yoshli qariyalar birga tunaganlar. Ushbu uyda to`kin-sochinchilik bo`lsin, degan niyatda xudoyi sumalak qilinib, qo`ni-qo`shnilar va qarindosh-urug’larga tarqatilgan. Umuman olganda, ushbu afsungarlik ko`rinishidagi marosim­lar­dan ko`zlangan asosiy maqsad kelgusida mazkur uyda yashovchi oilaning farovon hayot kechirishidir.
Xullas, yangi uyga ko`chib kelish bilan bog’liq yuqoridagi urf-odatlarga magik qarashlar asos bo`lgan. Uyning to`rt burchagiga do`lana qoqib qo`yishda o`xshash afsungarlik, ya`ni do`lanaga xos xususiyatlar magik yo`l bilan ushbu uy a`zolariga o`tishi hamda kapkir-cho`michni uyga birinchi bo`lib olib kirilishida esa ushbu xonadonni rizqli bo`lishiga qaratilgan magiq niyat asos bo`lgan bo`lsa, ikkinchisida o`xshash afsungarlik serpushtlilik afsungarligi bilan o`zaro qorishgan holda uchraydi. Keksalarning serfarzandlilik xususiyati hamda tuz va sumalakning odamlar tasavvvuridagi rizq-baraka ramziga oid xususiyatlari kelgusida mazkur oilaga ham doimo hamroh bo`lsin, degan niyat aynan mazkur urfni bajarilishiga sabab bo`lgan bo`lsa ajab emas.
O`zbeklarda uyning turli joylari, ayniqsa, ostonasi, o`chog’i eng muqaddas joylardan biri hisoblangan va u bilan bog’liq qator diniy-afsungarlik urf-odatlari hamda irimlari bajarilgan. Bu o`rinda, avvalo shuni ham ta`kidlash kerakki, halqning kundalik turmush tarzida ostona bilan bog’liq qator naqllar ham mavjud. CHunonchi «Ostonada turmushga chiqmagan qiz o`tirsa baxtsiz bo`ladi», «ostonda turib bo`lmaydi, chunki biror bir kishisidan judo bo`lgan odam ostonada turadi», «ostonada quloch kerib turib bo`lmaydi, baraka to`siladi», «ostonada turgan holda salomlashilsa, o`rtaga sovuqlik tushadi», degan naqllar bugungi kungacha xalqimizda saqlanib kelmoqda va ular hozirda ham omma orasida o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Qolaversa o`zbek xalqi lirikasida ham ostona obrazi muhim ahamiyat kasb etgan va hatto bu obraz maxsus tadqiq ham qilingan.



Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling