"Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi" kitobi taqdimoti


Download 30.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi30.49 Kb.
#235524
Bog'liq
ozbek-xalqining-kelib-chiqish-tarixi-kitobi-taqdimoti



1

“Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi” kitobi taqdimoti

2018 yil 7 sentabr kuni “Oʻzbekiston” nashriyotida taniqli tarixchi-arxeolog olim, oʻzbek xalqi etnogenezi

va  etnik  tarixi  boʻyicha  qator  ilmiy  maqolalar,  risola  va  kitoblar  muallifi,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Fanlar

akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarovning rus tilida “Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli asari

taqdimoti  boʻlib  oʻtdi.  Asar  oʻzbek  xalqining  etnogenezi,  etnik  va  millat  boʻlib  shakllanish  tarixiga

bagʻishlangan  boʻlib  unda  xalqimizning  yaqin  4  ming  yillik  tarixi  arxeologik,  antropologik,  etnografik,

lingivistik, tarixiy toponimika va qadimgi yozma manbalar maʼlumotlarining ilmiy tahlili asosida bayon

etilgan. Tadqiqotda oʻzbek elatining xalq sifatida tarixan shakllanishi tub joyli turkiy va qadimgi eroniy tilli

qabila va elatlarning uzoq asrlar davomida oʻzaro etnik qorishuvi asosida Oʻrta Osiyo ikki daryooraligʻi va

unga tutash hududlarda tarkib topganligi oʻz isbotini topgan.

Asar kirish va keng xulosadan tashqari 20 bobdan iborat. Unda foydalanilgan tarixiy manbalar va ilmiy

adabiyotlar roʻyxati, atamalar izohli lugʻati ilova qilingan. Kitob mavzuga tegishli rangli foto materiallar,

xaritalar bilan taʼminlangan.



Download 30.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling