Oʻzbek yozuvi taraqqiyot bosqichlari


Download 0.58 Mb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1481295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
103 - guruh talabasi Xidirboyev Odilbek Alisher oʻgʻli

2. Yozuv va uning taraqqiyot bosqichlari. Yozuv o‘zining taraqqiyotida turli bosqichni bosib o‘tgan. Dastlab buyumlardan mnemonika yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi. Ammo bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Masalan, arqon, chilvir, ip, kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli tugunchalar qilish bilan ayrim voqeani, fikr-istaklarni o‘zlaridan uzoqda turuvchilarga nutqsiz etkazganlar. Biror narsani eslab qolish odati shundan qolgan. So‘ngra buyumlarga aniq ma`no berila boshlagan. Buyumga ma`no birkitib qo‘yishning bu usuli «buyumli yozuv» deb atalgan.

  • O‘tmishda, hozirgi zamon yozuvlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba`zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan.

Turli voqea, narsa-predmetlarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana shunday turli narsa-predmet va voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik (pictus – chizilgan, grafo – yozaman) yozuv deb ataladi.

Piktografik yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshliғi otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshliғining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar.

  • Piktografik yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo – yozaman) yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik yozuvning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan.

Logografik (so‘z yozaman) yozuvning biroz mukammallashgan formasi ieroglifik yozuvdir (muqaddas yozuv). Bu yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Xitoy tilining to‘liq luғatlarida qirq mingga yaqin ierogliflar qayd qilingan. Hozirgi zamon matnlarida esa 2-5 ming atrofida ierogliflar qo‘llanadi.

  • Xitoy yozuvi dunyodagi noyob yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va Shumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma`noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma`noni ifodalaydi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling