Oʻzbek yozuvi taraqqiyot bosqichlari


Download 0.58 Mb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1481295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
103 - guruh talabasi Xidirboyev Odilbek Alisher oʻgʻli

Fonogrfik yozuv. Ayrim yozuvlar, masalan, piktogramma, sillabogramma (bo‘ғin yozuv) va ideogrammalar (shartli belgi, simvol) evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi yozuv taraqqiyotida harf-yozuv davri boshlandi. Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi mana shu yozuvdan foydalanadi. Harf tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil yozuv sistemasidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30%, slaviyan-krillitsa yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi.

Fonografik yozuv ko‘p ko‘rinishlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:

  • 1. Sillabik yoki bo‘ғin yozuvi. Bu yozuv qo‘shma so‘zlarni mayda qismlarga bo‘lish usuli bilan paydo bo‘ldi. Mayda qismlar bo‘ғinlarga to‘ғri keladi. U yoki bu so‘zni yozish lozim bo‘lsa, ana shu bo‘ғinlarni bir-biriga qo‘shish usuli bilan tuzishar edi.

Bu yozuvga qadimgi hind yozuvi devanagari yaxshi misol bo‘la oladi. Bo‘ғinlarning soni turli tillarda turlicha bo‘lgan. Masalan, Kipr orolidagi qadimgi grek tilida 65ta bo‘ғin birligi, Gvineya orolidagi vaylar tilida 226ta bo‘ғin birligi bo‘lgan.

  • 2. So‘z shakllarini fonetik birliklar – tovushlar orqali ifodalash. Dastlabki alifbeli yozuv Nil daryosi vodiysiga bostirib kelgan giksoslar tarafidan yaratilgan. Giksoslar misrliklarning atoqli ismlarini yozishdagi tajribasidan foydalanganlar: ular Misr ieroglifik yozuvlaridan yigirmatasini olib, shular orqali o‘z tilining unli va undosh tovushlarini ifodalaydigan alifbeni yaratganlar. Alifbe so‘zi giksoscha alif – ho‘kiz, be < bet – uy demakdir.

Eramizdan bir yarim ming yil ilgari giksoslar alifbesini finikilar o‘zgartirib, o‘z tilining tovushlariga moslashtirib olganlar. Dunyodagi ko‘p tillarning fonetik yozuvlari finikilarning yozuvi asosida vujudga kelgan. Keyinchalik finikilarning bu alifbosi uch tarmoqqa bo‘linib rivojlandi: 1. Oromey – suriya tarmoғi, u Sharqqa qarab tarqalgan. 2. Janubiy Arabiston tarmoғi, u Janubga tomon tarqalgan. 3. Yunon-evropa tarmoғi, u Ғarbga qarab tarqalgan.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling