Oʻzbek yozuvi taraqqiyot bosqichlari


Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ularning bevosita qadim oromey yozuvi ta`sirida shakllanib, rivoj topganligining guvohi bo‘lamiz


Download 0.58 Mb.
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1481295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
103 - guruh talabasi Xidirboyev Odilbek Alisher oʻgʻli

Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ularning bevosita qadim oromey yozuvi ta`sirida shakllanib, rivoj topganligining guvohi bo‘lamiz.

  • Miloddan avvalgi V-IV yuz yilliklar va milodning boshlarida oromey xati takomillashib, uning negizida birin-ketin arab, parfeniy, boxtariy, avesto, turk-run, xorazmiy, suғd, uyғur alifbelari shakllangan.

Jahon madaniyati uchun eng muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hodisa 1799 yil 2 avgustda sodir bo‘lgan. Shu kuni frantsuzlar inglizlarning dengiz tomondan bo‘layotgan hujumini daf etib, sohilni qo‘lda saqlab turganlar. Rozettadan etti kilometr naridagi qadimiy Rashid qal`asini himoya qilayotgan askarlar xandaq qazayotib yozuvlar bitilgan qop-qora tosh topib oladilar (uni Rozetta toshi deb atashadi). Kattaligi stol taxtasicha keladigan bu toshdagi yozuvlar uch (misr, suriya, yunon) tilda o‘n to‘rt satrlik yozuv qolgan. Bu yozuv ko‘p asrlar mobaynida jumboq bo‘lib keldi.

Rozetta toshi topilgandan so‘ng ierogliflar jumboғini echishga bo‘lgan ishtiyoq yanada kuchayib ketdi. Ana shu toshlarni o‘rganishga A.Kirxer, S.de Sasi, D.Okerblad, T.Yung kabilar kirishganlar. Ierogliflarning ieratik va demotik turlari haqida dastlabki ma`lumot berganlar, lekin oxiriga etkazmaganlar.

  • Ushbu jumboqni echishda (16 yoshida) frantsuz Grenobl’ akademiyasining akademigi bo‘lgan J.Shampol’onning hissasi kattadir. U o‘z hayotini Misr sirlarini ochishga baғishlagan. J.Shampal’onning Misr bo‘yicha to‘plagan materiallari 20 jilddan iborat.

Qadimgi madaniyat o‘choqlaridan yana biri Mesopotamiya (ikki daryo – Dajla va Frot oraliғidagi er) sanaladi. Bu yurtda ossuriy-bobil yozuvining xilma-xil mixxat lavhalari yaratilgan. E.de Sarzek, L.Vulli, K.Nibur, G.Grotefend, F.Myunter, D.Smit, O.Sulaymonovlar shumerlarning bu mixxat lavhalarini o‘rganib o‘z nazariy fikrlarini bayon etganlar.

Semit akkadlari milodgacha uch ming yilliklarda Mesopotamiyaga kelib, ular madaniy xalq shumerlarga duch keladi. Shumerlar tomonidan kashf etilgan mixxatni keyinchalik akkadlar, xetlar, qadimgi forslar, elamiylar qabul qildilar.Shumer mixxatlari Ur, Shuruppak xarobalaridan topildi. 1840 yilda ingliz olimi Leyard Osuriya poytaxti Nineviya xarobalarini o‘rganish jarayonida 20 ming sopol kitobga ega bo‘lgan shumerlar kutubxonasini qo‘lga kiritdi. Ana shu sopol kitoblarda «Bilgamish» dostoni yozilgan.

  • Akkadlar o‘zlariga notanish, shumer tilining birinchi luғatini yaratganlar.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling