Yozuv madaniyati tarixiga nazar tashlansa, Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar orasida yagona alifbe bilan cheklanib qolgan ulusning o‘zi yo‘q. Chunonchi, suғd tili o‘z tarixi mobaynida oromey, milliy suғd, moniy, suryoniy yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi xorazmiy adabiy tili uchun xorazmiy, arab alifbelari amalda bo‘lgan. Bular ba`zi ishlarda «Avesto» tili va yozuvi, xorazm tili va yozuvi, baqtriya tili va yozuvi, suғd tili va yozuvi, sak tili va yozuvi degan nomlar bilan ataladi. Turkiy xalqlarning ota-bobolari 22 harfli oromey yozuvidan foydalanib, o‘zlarining 26 harfli turk-run (sak tili va yozuvi)ni kashf etganlar. - Biz turk-run yozuvining oromey yozuvi asosida shakllanganligini inkor etmagan holda, sak tili va yozuvi asosida Urxun-Enasoy yozuvi shakllangan, degan fikrdan yiroqmiz.
- Chunki 1970 yilgacha turkiy yozuv eramizning VI-VII asrlarida paydo bo‘lgan, degan fikr etakchi edi. Unga nisbatan Urxun-Enasoy atamasini ishlatganlar. Qadimgi turkiy yozuv uchun Urxun-Enasoy yozuvi atamasi qo‘llanilgan bo‘lib, undan voz kechish vaqti etdi. Turkiy yozuv Urxun-Enasoy tomondan Ғarbga emas (chunki bunda 38 harfiy belgi bor), Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor) Sharq tomon tarqalgandir.
Turkiy yozuv Urxun-Enasoy tomondan Ғarbga emas (chunki bunda 38 harfiy belgi bor), Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor) Sharq tomon tarqalgandir. Urxun-Enasoy atamasi yozuv yodgorliklarining mahalliy guruhinigina anglatadi. 1970 yili Olmoti yaqinidagi Issiq qo‘rғonini tekshirganda undan miloddan oldingi ko‘plab buyumlar qatori kumush kosa topildi. Uning sirtida qadimgi sak (turkiy) yozuvi bor edi. - Issiq yozuvi nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yozuv (26 harfli)ni A.S.Omonjo‘lov o‘qib talqin etgan. Olim bu qadimgi turkiy yozuvning ildizlarini ikki yarim ming yillik o‘tmishdan izlamoq kerakligini ta`kidlaydi. Xuddi Issiq yozuviga o‘xshash yozuv Farғona vodiysining Isfara, Quva, Qal`ai bolo, Lo‘mbitepa, Surxondaryoning Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Afғonistonning Dashti Novur kabi joylaridan ham topildi. Bu yozuvlarni A.N.Bernshtam, YU.A.Zadneprovskiy, S.G.Klyashtorniy lar o‘qigan va ma`lumot bergan.
- Yozuvning xalqlar tili va madniyati taraqqiyotidagi ahamiyatini quyidagi faktdan ham bilsa bo‘ladi: Tillarning standart tillar, klassik tillar, mahalliy tillar tarzida tasniflanishi bevosita bu tillar yozuvi mavqeiga asoslangan. 1. Adabiy til me`yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida xizmat qiluvchi tillar standart tillar sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman, ukrain kabi tillar. 2. Yozuvga ega bo‘lib, o‘z davrida mukammal takomiliga etgan, buyuk asarlar yaratilgan tillar klassik tillar sanaladi.Klassik tillar o‘z davri uchungina emas, balki tillarning keyingi taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tillarning adabiy tillardan farqi shundaki, ular o‘lik tillardir. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, suғd tili, xorazmiy tili. 3. Son jihatidan ko‘p bo‘lmagan kichik xalqlarga xizmat qiluvchi, o‘z yozuviga ega bo‘lmagan tillar mahalliy tillar sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy hindularining tili.
Do'stlaringiz bilan baham: |