O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet5/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Induksiya - alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya'ni qonunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalami aks ettiradigan) o'tish usulidir.
Deduksiya - fikrlami umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usulidir. Bunda, umumiy tasnifdagi qonunlar, bog‘likliklar xususiy tasnifga o‘tkaziladi.
Induksiya va deduksiya kategoriyalari iqtisodiy tahlilning muhim metodologik asoslari sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu kategoriyalar iqtisodiy tahlilning ketma-ketligini ta'minlaydi.

Masalan, induksiya deganda o‘rganilayotgan obyektning xususiy- likdan umumiylikka qarab o‘rganilishi tushuniladi. Bunga misol qilib mehnat unumdorligi tahlilini olish mumkin. Unga vaqt nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, uni bir soatlik mehnat unumdoligi, bir kunlik, o‘n kunlik, bir oylik, bir choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik, bir yillik mehnat unumdorlign darajasigacha umumlashtirish mumkin. Yoki aynan ushbu ko‘rsatkichni makon nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, oldin bir kishining mehnat unumdorligi, bir bo‘linmaning. mehnat unumdorligi va butun mehnat jamoasining umumiy mehnat unumdorligi darajasigacha o‘rganish mumkin.
Deduksiya metodida tahlil qilinayotgan obyekt umumiylikdan xususiylik sari, ya'ni umumiy ko‘rsatknchlardan xususiy (kichik) ko‘rsatkichlarga qarab o‘rganish tushuniladi. Bu usulga misol qilib birlashmada foyda rejasining bajarilishini olish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich oldin butun birlashma bo‘yicha o‘rganiladi, so‘ngra uning alohida korxonalari (firmalari) bo‘yicha, ularning alohida bo‘linmalari bo‘yicha ketma-ketlikda o‘rganilib, umumiy natijaga qaysi bo‘g‘in va bo‘linmalaming ijobiy yoki salbiy ta'sir qilinganligi to‘g‘risida xulosa qilinadi.
Induksiya va deduksiya usullarining bir-biri va amaliyot bilan bog‘liqligini quyidagi chizmada ifodalash mumkin:


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling