O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/36
Sana07.07.2020
Hajmi1.29 Mb.
#123262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya

hisoblanar  edi.  A.P.  Fedchenko  tomonidan  rishta  lichinkalari
sichqon  va  odam  organizmida  rivojlanish  davrining  aniqlanishi
amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning fikricha, rish-
taning  epidemiologik zanjiri quyidagidan iborat: odam — definitiv
xo‘jayin, siklop esa, oraliq xo‘jayin. Sikloplar rishta lichinkalari
bilan zaharlanib, bemor odamga kasallik zararlangan suv orqali
yuqadi. Sog‘lom odamlar esa, qaynatilmagan suvni ichganlarida
rishta bilan kasallanishgan.
O‘zbekistonda bezgak kasalligi, bir qator parazitar kasalliklar,
jumladan,  rishta,  leyshmaniozlar,  ich  terlamalarga  qarshi  ku-
rashdagi  ulkan  muvaffaqiyatlar  L.M. Isayev,  P.F. Borovskiy,
N.I. Xodukin, I.A.Kassirskiylarning nomi bilan bog‘liqdir.
L.M. Isayev O‘zbekistonda tropik kasalliklarga qarshi kurash
chora-tadbirlarini taklif etdi va bu ishlarga o‘zi boshchilik qildi.
U O‘rta Osiyoda birinchi ilmiy tekshirish markazini tashkil etdi.
O‘rta  Osiyo  dorilfununi  tarkibidan  ajralib  chiqqan  Òoshkent
tibbiyot institutida 1935-yilda epidemiologiya kafedrasi ochildi.
Bu kafedraning birinchi mudiri, professor A.V. Georgiyevskiy
edi. Kafedra tashkil  qilingunga qadar, 1930-yildan  boshlab  sa-
nitariya va gigiyena fakulteti talabalari uchun epidemiologiya fani
mikrobiologiya bilan birga o‘qitilardi. Bu paytda epidemiologiyadan
ma’ruzalarni professor A.D. Grekov, P.F. Samsonov, M.N. Sosh-
nikovalar o‘qishgan. Hozirgi davrda yirik olimlardan I.K. Mu-

14
saboyev,  Sh.X. Xo‘jayev,  Ò.X.  Najmiddinov,  Z.K.  Karimov,
P.M. Lerner, I.H. Mamatqulov, M.Q. Usmonov, O. M. Murta-
zoyev  va  boshqalar  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurashda  sa-
marali  ishlarni  bajarish  bilan  birga  epidemiologiya  fanining
rivojlanishiga katta  hissa qo‘shib kelishmoqda.
1.1.3. EPIDEMIOLOGIYANING BOSHQA TIBBIYOT
FANLARI BILAN ALOQASI
Epidemiologiya  o‘z  oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishda qa-
tor tibbiyot fanlari bilan yaqindan aloqada bo‘ladi. Òibbiyot fan-
laridan, ayniqsa, mikrobiologiya, parazitologiya, immunologiya,
biologiya, patofiziologiya, gigiyena va yuqumli kasalliklar klinikasi
epidemiologiyaga yaqin turadi.
Mikrobiologik  tekshirish  usullari  ko‘plab  yuqumli  kasalliklar
etiologiyasini  o‘rganish  va  bu  ma’lumotlardan  kasallikka  to‘g‘ri
tashxis qo‘yishda foydalanish bilan birga  bir qancha nazariy va
amaliy  masalalarni  hal  qilishda  qo‘llaniladi.  Masalan,  sog‘lom
bakteriya  tashuvchilarni  aniqlashda,  suv  va  boshqa  oziq-ovqat
mahsulotlarining  epidemiologik  rolini  aniqlashda,  yuqumli  ka-
salliklar tarqalishida hayvonlarning ahamiyatini o‘rganishda mik-
robiologik usullardan foydalaniladi.
Keyingi paytda mikrobiologiya va epidemiologiyaning tekshi-
rish usullarini birgalikda  qo‘llagan holda  epidemiologiya fanining
yangi  bir  bo‘limi  —  molekular  epidemiologiya  vujudga  keldi.
Molekular  epidemiologiya  populatsiyalarning  molekular  qayta
tuzilishi, ya’ni epidemiya darakchilarining paydo bo‘lish yo‘llarini
o‘rganadi. Bundan tashqari, molekular epidemiologiyaning vazi-
falariga kasallik qo‘zg‘atuvchilarining tarqalishini kuzatib borish
usullarini  ishlab  chiqish  ham  kiradi.  Epidemiologiyada  yangi
yo‘nalishning paydo bo‘lishiga bir qator sharoitlar sabab bo‘ldi.
Birinchidan, kasalliklar profilaktikasida ommaviy tekshirishlarning
ahamiyati  benihoya  oshdi.  Ikkinchidan,  populatsiyalar  orasida
genlarning taqsimlanishini va genotiðik belgilarni o‘rganish uchun
imkon  yaratuvchi  molekular  biologiya  jadallik  bilan  rivojlandi.
Uchinchidan, epidemik jarayonning ichki rivojlanishini o‘rganuvchi
epidemiologiyaning yangi nazariy konsepsiyasi vujudga keldi.
Epidemiologiyaning zamonaviy nazariy bilimlar majmuasi —
to‘g‘ridan to‘g‘ri payqash qiyin bo‘lgan holatlarni oldindan ayta
bilish va tahlil qilish imkoniyatlarini beradi. Olingan natijalar ilmiy

15
laboratoriyalarda  tasdiqlanishini  talab  qiladi.  Molekular  epide-
miologik  tahlil  —  kasallanishni  chuqur  tahlil  qilish  bilan  bir-
galikda epidemiologik tekshirish usulining asosini tashkil etadi.
Molekular  epidemiologiya  patogen  mikroorganizmlar  ge-
netikasi bilan uzviy bog‘liq. Parazitologiya, gelmintologiya tibbiy
entomologiya va tibbiy zoologiya bilan birgalikda bir qator no-
bakterial yuqumli kasalliklar (bezgak, qichima, gijja kasalliklari va
boshq.)  qo‘zg‘atuvchilarini  o‘rganish  bilan  birga  bir  qancha
yuqumli  kasallik  tashuvchilarini  (pashshalar,  bitlar),  odamlar
uchun  yuqumli  bo‘lgan  kasalliklarni  tabiatda  saqlab  turuvchi
kemiruvchi  hamda  yirtqich  hayvonlarni  o‘rganishda  katta  hissa
qo‘shdi. Immunologiya mikrobiologiya fanidan mustaqil ravishda
ajralib chiqib, organizmda infeksiyaga javob tariqasida bo‘ladigan
o‘zgarishlarni  o‘rganuvchi  fanga  aylandi.  Immunologiyaning
yutuqlaridan  epidemiologiyada  yuqumli  kasalliklar  diagnostikasi
va maxsus profilaktikasi uchun foydalaniladi.
Yuqumli kasalliklar klinikasi kasalni zamonaviy usullar bilan
tekshirib, o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni ta’minlaydi. O‘z
vaqtida va to‘g‘ri qo‘yilgan tashxis ba’zi hollarda epidemiyaga
qarshi kurashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masalan, o‘pka o‘la-
tiga o‘z vaqtida tashxis qo‘yilsa, infeksiya o‘chog‘ini oson bartaraf
qilish mumkin. Aks holda, bu infeksiya tarqalib, noxush oqibat-
larga olib kelish ehtimoli  bor.
Yuqumli  kasalliklar  klinikasi  (kasalxona  o‘rinlari)dan  foyda-
langan holda bemorlarni alohida qo‘yish epidemiyaga qarshi ku-
rashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yuqumli kasallik-
larning klinik kechishi va patogenezi haqidagi ma’lumotlar kasallik-
ning tarqalishi to‘g‘risida muhim axborotlar olishni ta’minlaydi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan uch fan — epidemiologiya, mik-
robiologiya va yuqumli kasalliklar klinikasi infeksiya va infeksion
kasalliklar  to‘g‘risidagi  ta’limotning  negizlari  hisoblanadi.  Epi-
demiyalarga qarshi kurash amaliyoti va nazariyasida yuqoridagi
uch fandan bir butun kompleks sifatida foydalanilganda, samarali
natijalarga erishish mumkin.
Yuqumli kasalliklar muammosi bilan boshqa bir qator tibbiyot
fanlari shug‘ullanadi. Masalan, tibbiy statistikaning asosiy qismini
yuqumli kasalliklar statistikasi tashkil qiladi. Gigiyenaning  barcha
bo‘limlari, xususan, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi,
bolalar gigiyenasi, mehnat gigiyenasi va boshqalarning tarkibiga
yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi muhim tarkibiy qism sifatida

16
kiradi.  Bundan  tashqari,  barcha  boshqa  klinik  fanlar  ham  epi-
demiologiya bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
oftalmologiyada  traxoma  muammosi,  teri-tanosil  kasalliklari
klinikasida tanosil kasalliklari muammosi va boshqalar fikrimizni
tasdiqlaydi.
Shunday qilib, epidemiologiyaning fan jihatdan shakllanishi,
ravnaq topish jarayonlari, uning faqat yuqumli kasalliklar klinikasi
bilangina  emas,  balki  barcha  klinik  tibbiyot  sohalari  (terapiya,
xirurgiya, dermatologiya, oftalmologiya, nevrologiya) bilan uzviy
bog‘liqligini isbot etadi.
1.1.4. EPIDEMIOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI
Epidemik jarayon shunday bir murakkab jarayonki, uni hech
qachon  bir  uslub  bilan  o‘rganib  bo‘lmaydi.  Epidemik  jarayon
chuqur  ilmiy  tahlil  qilish  uchun  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha
uslubni  qo‘llashga  to‘g‘ri  keladi.  Epidemiologiyaning  usullari:
epidemiologik  tekshirish  (kuzatish)  tarixiy,  statistik,  mikrobio-
logik, immunologik, eksperimental, analitik, shuningdek, epide-
miologiya bilan uzviylashib ketgan fanlarning uslublari.
Aholi har xil tabaqalari, guruhlari o‘rtasida tarqalgan va tar-
qalish  ehtimoli  yuqori  bo‘lgan  kasalliklarning  tarqalish  hamda
rivojlanish  qonuniyatini  o‘rganuvchi  usul  epidemiologik  tekshi-
rish  usullari  hisoblanadi.
Epidemiologik tashxis qo‘yishda epidemik jarayonning ko‘p-
gina belgilari (kasallikning tarqalish vaqti, yil fasllari bilan bog‘-
liqligi, aholining turli qatlamlarida turlicha bo‘lishligi, respubli-
kamiz hududlarida tarqalish ko‘rsatkichlarining bir xil emasligi)
katta ahamiyatga  ega.
Epidemiologik  tekshirish  uslubi  epidemiologiyaning  max-
sus uslubi hisoblanadi. U yakka uchraydigan yuqumli kasallik-
larni  ham,  guruh  bo‘lib  uchraydigan  kasalliklarni  ham  tekshi-
rish  uchun  qo‘llaniladi.  Faqat  epidemiologik  tekshirish  usuli
yuqumli kasalliklarning sababini aniqlaydi, ayrim omillar o‘rnini
tushuntiradi,  u  yoki  bu  sharoit  epidemik  jarayonning  rivojlani-
shiga ta’sirini aniqlab beradi.
Òarixiy uslub epidemik jarayonlarni u yoki bu davrda, u yoki
bu  sharoitda  tarqalishini  o‘rganadi.  Buning  natijasida  qayerda,
qachon,  qaysi  kasallikning  epidemik  ko‘rinishlari  uchraganli-
gini aniqlashimiz mumkin.

17
Statistik uslub — epidemik kasalliklar to‘g‘risidagi ma’lumot-
larni to‘plash, statistik tahlil qilish, jadval ko‘rinishiga keltirish.
Bu uslub omillar to‘g‘risida sonli ma’lumotlar berishga asoslangan.
Mikrobiologik  uslub  yordamida  kasallik  chaqiruvchining  aj-
ralish mexanizmi, tashqi muhitga tushishining intensivligi va bar-
qarorligi aniqlanadi.
Immunologik uslub aholining immun holatini aniqlashga im-
kon beradi. Kishilarning qaysi kasalliklarga ko‘proq beriluvchan-
ligi aniqlanadi. Shuningdek, emlanish sifati, vaksinalarning ta’sir-
chanligi ham aniqlanadi.
Eksperimental  uslubdan  epidemiologiyadagi  ayrim  qiyin  mu-
ammolarni  yechishda  foydalaniladi.  Masalan,  epidemiya  tarqa-
lishining  rivojlanish  intensivligini  aniqlash,  emlash  uchun  ish-
latiladigan moddaning va dezinfeksiya eritmalarining samarador-
ligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Òaqqoslash  uslubi:  ikki  yoki  undan  ortiq  kasalliklar  bir  xil
qonuniyat asosida tarqaladigan bo‘lsa, shu kasalliklardan  birortasini
shifokor  batafsil  o‘rganib, shu  kasallik  tarqalishiga  sabab  bo‘lgan
omillar va  shart-sharoitlarni aniqlagandan so‘ng,  taqqoslanayot-
gan  boshqa  kasalliklar  tarqalishiga  ham  shu  sabablar  va  shart-
sharoitlar ta’sir  qilgan, deb  xulosa qilishi mumkin.
Analitik  epidemiologiya  —  kasallikning  paydo  bo‘lishi  va
tarqalishiga sabab bo‘lgan deb ehtimol qilingan  sabablar, manbalar
bilan  epidemiologik  jarayon  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlikni  o‘r-
ganuvchi  usul.  Bu  usul  yordamida  ehtimol  etilgan  sabablarning
aniq  yoki noaniq ekanligiga baho beriladi.
Analitik  epidemiologiya  quyidagi  usullarga bo‘linadi:
—  «tasodif  nazorat»  tekshiruv  usuli;
—  kogort tekshiruv usuli.
1.1.5. EPIDEMIOLOGIK TAHLIL
Epidemiologik  tahlil  epidemik  jarayonni  bilish  uchun  max-
sus dastur asosida to‘plangan epidemiologik ma’lumotlarni o‘zaro
taqqoslab,  epidemik  jarayonning  mohiyatini  tushunib  yetishga
asoslanadi.
Epidemiologik tahlilning quyidagi turlari mavjud:
a) prognostik epidemiologik tahlil (epidemiologik razvedka),
ma’lumotlar asosida epidemik jarayonning rivojlanishini oldindan
aniqlab berish uchun qilinadigan tahlil;

18
b) tezkor yoki kundalik epidemiologik tahlil;
d)  retrospektiv  tahlil  —  o‘tgan  davr  mobaynida  aholining
ma’lum  guruhlari  o‘rtasida  tarqalgan  kasalliklarning  struktura-
sini, tarqalganlik darajasini, shu kasallikning tarqalish dinamikasi,
uning kelib chiqishi va tarqalishiga sabab bo‘lgan shart-sharoit-
larni o‘rganib, shu ma’lumotlar asosida kasallikka qarshi kurash
chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asoslangan tahlil.
Epidemiologik tahlil o‘tkazishning asosiy maqsadi: epidemik
jarayonning  yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘lgan  va  shu  jarayonning
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan shart-sharoitlarni o‘rganish, kasal-
likka qarshi kurash maqsadida  qo‘llanilgan tadbirlar natijasida
baho  berish  va  bundan  keyingi  davrda  qo‘llaniladigan  chora-
tadbirlarni  rejalashtirishdir.
Epidemiologik tahlil natijasida quyidagi masalalar hal etilishi
kerak:
a) biror vaqtga, muayyan sharoitga va kasallikning epidemik
jarayoniga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash;
b) epidemik jarayonning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillarni aniqlash;
d)  kasalliklarga  qarshi  qo‘llaniladigan  chora-tadbirlarni  ba-
holash va shu tadbirlarning epidemik jarayonga ko‘rsatgan ta’sirini
aniqlash.
Epidemiologik tahlilning uch asosiy qismi mavjud:
1.  Epidemiologik  semiotika  epidemik  jarayonni  o‘rganuvchi
ta’limotning bir qismi bo‘lib, epidemik jarayonni o‘ziga xos bel-
gilari  asosida  o‘rganadi.  Epidemiologik  tahlil  qilishda  epidemik
jarayonning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
• aholi guruhlari o‘rtasida kasallikning tarqalish tezligi;
• har xil hududlarda kasallikning bir tekisda tarqalmasligi;
• kasallik tarqalishining gigiyena va yoshga bog‘liqligi;
• kasallik tarqalishining yil fasllariga bog‘liqligi;
• aholining har xil tabaqalari o‘rtasida kasallikning turi bo‘yicha
taqsimlanishi.
Bu belgilardan tashqari, epidemiologik tahlil qilishda demo-
grafik  ma’lumotlar,  laboratoriya  tekshiruvlar  natijasi,  tahlil  qi-
linayotgan  joyning  holati  haqidagi  ma’lumotlar,  shu  joydagi
hayvonlar  o‘rtasida  kasallikning  tarqalish  darajasi  va  shu  kabi
ma’lumotlar katta ahamiyatga ega.

19
2. Diagnostik texnika epidemik jarayonning o‘ziga xos belgi-
larini aniqlashda qo‘llaniladigan texnikaviy asbob-uskunalar, har
xil tekshirish yo‘llari va usullari yig‘indisidir.
Epidemiologik tahlil qilishda mutlaq, intensiv, nisbiy va ko‘r-
gazmali  ko‘rsatkichlardan  foydalaniladi.  Bundan  tashqari,  be-
morlarni, sog‘lom  kishilarni va  atrof-muhitdagi  har  xil  buyum-
larni laboratoriya  yo‘li bilan tekshirish usullari ham qo‘llaniladi.
3. Epidemiologik tashxis haqida aniq fikrga kelish. Epidemio-
log o‘zining kasbiy bilimlariga, dialektik va formal mantiq usul-
lariga  asoslanib,  epidemiologik  tahlil  uchun  to‘plangan  ma’lu-
motlarni  o‘zaro  solishtirib,  shu  kasallikning  kelib  chiqishi  va
tarqalish  sabablari  borasidagi  ilmiy  farazni  shakllantiradi  va  bu
farazning nechog‘liq to‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun shu kasal-
likning epidemik jarayoni ilmiy jihatdan asoslangan ma’lumotlar
bilan qanchalik muvofiq tushishini tekshirib ko‘radi va nihoyat,
epidemiologik tashxisga  oid aniq  xulosa  chiqaradi.
Epidemiologik tashxis qo‘yish uchun o‘rganilishi lozim bo‘l-
gan  hujjatlar:
a) kasallik o‘chog‘ida o‘tkazilgan epidemiologik tekshiruv ha-
qidagi kartalar va aktlar;
b) aholi yashaydigan joyning va o‘sha joydagi korxonalarning
sanitariya ahvoli haqida ma’lumot;
d) yuqumli kasalliklar hisobga olinadigan daftarlar;
e)  dispanser  nazorati  uchun  ishlatiladigan  hujjatlar;
f) profilaktik emlash haqidagi ma’lumotlar yoziladigan karta;
g) kasallik tarixi va ambulatoriya kartalari;
h) yuqumli kasalliklarni ro‘yxatga olish daftari;
i) bakteriologik va sanitariya-bakteriologik  tekshiruv natijalari;
j)  immunologik  (allergik)  tekshiruvlar  natijalari;
k) zoologik va boshqa tekshiruvlarga oid ma’lumotlar.
Epidemiologik tashxis o‘tkazish bosqichlari. Epidemiologik tashxis
dastlab uning mohiyatini, maqsadini va hal etiladigan masalalarni
aniqlab  olishdan  boshlanadi.  Keyinchalik  epidemiologik  tahlil
o‘tkazish dasturi va qilinadigan ishlar hajmi aniqlanadi.
Epidemiologik  tashxisning  navbatdagi  bosqichi.  Bu  kerakli
ma’lumotlarni  to‘plash  bo‘lib,  buning  uchun  maxsus  jadvallar
tayyorlanib,  ularga  kerakli  ma’lumotlar  yoziladi  va  bu  ma’lu-
motlarni keyinchalik guruhlarga ajratib statistika nuqtayi nazaridan
qayta  ishlanadi  hamda  shu  ma’lumotlar  asosida  diagrammalar

20
tayyorlanadi. Epidemiologik  tashxisning  keyingi  bosqichi  to‘p-
langan ma’lumotlar asosida fikr yuritib, epidemik jarayonga xos
bo‘lgan  belgilarni  aniqlash,  shu  kasallik  kelib  chiqishi  va  tar-
qalishidagi  asosiy  sabablar  haqidagi  ilmiy  farazni  shakllantirish
hamda  shu  ma’lumotlarga  asoslanib,  kasallikning  kelajakda  qay
darajada uchrashini oldindan aytib berishdan iborat.
1.2. Epidemik jarayon haqida tushuncha
1.2.1. EPIDEMIK JARAYONNING ICHIDAN BOSHQARILISHI
Epidemik  jarayonning  biologik  asosi  parazitar  sistemadir.
Òashkiliy tuzilish darajasi bo‘yicha parazitar sistema biotsenotik
sistemalarga  taalluqlidir.  Òuzilishning  barcha  darajalaridagi  bio-
sistemalar o‘z-o‘zidan boshqariluvchi sistemalardir. Parazitar sis-
temalarning o‘z-o‘zidan boshqarilishi to‘g‘risidagi nazariya ushbu
mexanizmni ochib beradi.
1970—1980-yillarga kelib, V.D. Belyakov va uning xodimlari
antroponozni  o‘rganishda  birinchi  marta epidemik  jarayonning
ichidan  boshqarilishini  tasvirladilar.  Parazitar  sistemaning  o‘z-
o‘zidan boshqarilishi to‘g‘risidagi nazariy va amaliy ma’lumotlar
nazariy epidemiologiya uchun katta ahamiyatga ega. Bu nazariya-
ning  ahamiyatini quyidagicha ta’riflash mumkin:
1. Parazit va xo‘jayin populatsiyalarining bir-biriga munosa-
bati belgilari bo‘yicha genotiðik va fenotiðik geterogenligi.
2. O‘zaro aloqaga kirishadigan populatsiyalar biologik xossa-
larining  o‘zaro  bir-biriga bog‘liq  o‘zgaruvchanligi.
3.  Epidemik  jarayonning  notekis  rivojlanishini  belgilaydigan
parazit populatsiyalarning  fazali o‘z-o‘zini qayta qurishi.
4. Epidemik jarayonning fazali yangi o‘zgarishlarida ijtimoiy va
tabiiy sharoitlarning boshqariladigan roli.
Sistemaning o‘z-o‘zidan boshqarilishi — bu  o‘zgaruvchanlik-
ning  ichki  mexanizmi  hisobiga  sistema  elementlarining  yashash
muhitiga moslashishidir. Parazitar sistemaning o‘z-o‘zidan bosh-
qarilishi asosida tuzilishi bo‘yicha turli xil va doimo o‘zgarishda
bo‘lgan parazit va xo‘jayin populatsiyalarining o‘zaro ta’siri yotadi.
Xo‘jayinlar populatsiyasining yuqumli kasalliklar chaqiruvchi-
lariga moyillik darajasi  bo‘yicha genotiðik va fenotiðik xilma-xilligi
shu populatsiyaga kiruvchi individlar organizmida kasallik  qo‘zg‘a-
tuvchilarining yashashi  uchun turli xil sharoitlarni  belgilab  beradi.

21
Parazit — kasallik qo‘zg‘atuvchilarining genotiðik va fenotiðik
xilma-xilligi,  ularning  turli  xil  yashash  muhitiga  moslashuvchi
asosiy  belgilari.  Umuman  olganda,  xo‘jayin  va  parazitar  popu-
latsiyalarning genotiðik va fenotiðik geterogenligi parazitar siste-
maning  o‘z-o‘zini  boshqarishning  evolutsion  jarayonida  hosil
qilingan xususiyatidir. Parazit xo‘jayinlar populatsiyalarining ge-
notiðik va fenotiðik xilma-xilligi ularning doimiy o‘zgaruvchan-
ligi natijasi va sababidir. Parazitar sistema faoliyati jarayonida pa-
razit va xo‘jayinlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlari bo‘yicha
xususiyatlari doimiy ravishda o‘zgarib turadi.
Xo‘jayin  va  kasallik  qo‘zg‘atuvchi  parazitar  populatsiyasi-
ning  o‘zgaruvchanligi  ular  geterogenliklarining  qayta  taqsimla-
nishi va xususiyatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada nisbiy bir
xillikdan yaqqol xilma-xillikka tomon va bunga aksincha o‘zga-
rishlar  ro‘y  beradi.
1-jadval
Parazit populatsiyasining o‘zgaruvchanligi
-
s
i
z
e
r
g
n
i
n
i
s
a
y
i
s
t
a
l
u
p
o
p
n
i
y
a

o
X
a
v
k
il
t
n
e
t
i
-
‘
o
b
i
r
a
li
g
l
e
b
t
e
ti
n
u
m
m
h
s
a
h
s
a
y
r
a
lt
i
z
a
r
a
p
i
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
a
h
c
i
y
-
li
x
l
o
q
q
a
y
n
a
d
li
x
r
i
b
g
n
i
n
it
i
h
u
m
-
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
a
h
c
n
i
s
k
a
a
v
a
k
k
il
li
x
-
a
m
i
d
a
l
e
k
b
il
o
a
g
r
a
l
-
t
n
e
l
u
r
i
v
g
n
i
n
i
s
a
y
i
s
t
a
l
u
p
o
p
ti
z
a
r
a
P
n
a
d
k
il
li
x
r
i
b
,
a
r
‘
o
k
a
g
i
s
i
g
l
e
b
k
il
a
h
c
n
i
s
k
a
a
v
a
k
k
il
li
x
-
a
m
li
x
l
o
q
q
a
y
r
i
d
i
s
a
y
i
s
k
a
e
r
b
o
v
a
j
a
g
i
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
y
‘
o
r
a
h
c
i
g
a
d
i
y
u
q
r
a
l
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
u
B
:i
d
a
r
e
b

t
a
q
n
a
d
i
r
a
lt
a
b
a
s
o
n
u
m
o
r
a
z
‘
o
)
a
r
a
z
a
n
;
.
a
d
i
s
a
ji
t
a
n
r
a
lt
a
b
a
s
o
n
u
m
o
r
a
z
‘
o
)
b
y
‘
o
r
a
h
c
i
g
a
d
i
y
u
q
r
a
l
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
u
B
:i
d
a
r
e
b
;
a
d
i
s
a
ji
t
a
n
r
a
lt
a
b
a
s
o
n
u
m
o
r
a
z
‘
o
)
a
t
a

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling