O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya
rapiya va profilaktika usullarining murakkabligi sogliqni saq-
lashning jiddiy muammolariga aylandi. Xlamidiozlarning laboratoriya tashxisini hozirgi vaqtda faqatgina maxsus jihozlangan laboratoriyalar amalga oshira oladi. Bunday laboratoriyalarda xlamidiyalar zararlangan organlardan togridan togri ajratib olinadi va xlamidiyali antitelalar aniqlanadi. Kasallikka qarshi qaratilgan asosiy profilaktik chora-tadbirlar bemor va ta- shuvchilarni davolash, jinsiy yol bilan yuqishining oldini olishda shaxsiy ehtiyot choralarini qollash kabi vazifalarni oz ichiga oladi. Òashqi muhit omillari orqali (qollar, kiyim-kechaklar, turmush buyumlarini umumiy ishlatish, suv havzalari) kasallik yuqishi- ning oldini olishda dezinfeksion moddalarni qollash tavsiya etiladi. Shu jumladan, jinsiy yol bilan yuqadigan boshqa xil infek- siyalarda qollaniladigan (bemorlarni aniqlash va dispanse- rizatsiyalash, jinsiy aloqada bolgan shaxslarni tekshirish, klinik va epidemiologik korsatkichlarga asosan davolanishga jalb qilish) usullardan foydalaniladi. 170 2.12. Ornitoz Ornitoz prokariot tabiatli (C.Psittaci) patogen mikroor- ganizmlar xlamidiyalar orqali chaqiriladigan infeksion kasal- likdir. Ornitoz zararlangan qushlar orqali nafas organlarining shikastlanishi va organizmning umumiy zararlanishi (intoksi- katsiya) holatlari bilan kechadi. Yashirin davri 710 kun. Kasallik otkir, surunkali va latent shaklda kechishi bilan xarakterlanadi. Ornitoz (psitakkoz) haqidagi dastlabki malumotlar bundan 100 yil avval paydo bolgan, ammo XX asrning ortalaridagina bu kasallikni organish jiddiy tus olgan. Hozirgi davrda ornitoz dunyo- ning deyarli barcha hududlarida uchraydi. Kasallik tarqalishida asosiy omillardan biri amaliy jihatdan deyarli nazorat qilinmaydigan yovvoyi qushlar todalari (infeksion manbalari sufatida) hisob- lanadi. C. Psittacining bazi bir turlari zararlangan qishloq xojaligi va uy hayvonlari orqali ham kuzatilgan. Bu xlamidiozlar nozoologik aniq turlanmagan bolib, makroorganizmning turli xil organlari shikastlanishiga olib kelishi mumkin (xlamidiyali zotiljam, konyunktivitlar, ensefalit, miokarditlar, gastroenteritlar va boshq.) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi (qozgatuvchi manbalari). Hozirgi vaqtgacha 170 dan ortiq yovvoyi sinatrop, uy parrandalarining yuqumli- ligi aniqlangan. Ular orasida Psittacidae (totiqushlar) oilasiga va Co- lumbidae (kaptarlar) oila- siga mansub turlarini epide- miologik nuqtayi nazardan aniqlash xavflidir. Òabiatda doimiy ravishda aylanib yuruvchi ornitoz qozgatuv- chilari yovvoyi qushlarning qishlash uchun siljish yol- larida, ayniqsa, jadallik bilan tarqalib, turli xil yarim yov- voyi va xonaki parranda (kaptarlar, tovuqlar, ordak, kurka, chumchuq)larning kasallanishiga olib keluvchi infeksiyaning tabiiy ochoq- 8-rasm. Ornitoz kasalligining tarqalishi. 171 larini yuzaga keltiradi. Odatda, qushlar ornitoz otkir ichak infeksiyasi korinishida yoki belgilarsiz infeksiya korinishida kechadi. Kop hollarda tashqi tomondan soglom qushlarning infeksiya tashuvchanligi kuzatilgan. Ornitoz qozgatuvchisi kopincha qorin boshligi organlarida ichaklarda, qora taloqda, kamdan kam hollarda opkada joylashadi va tashqi muhitga najas va burun shil- liqlari orqali ajralib chiqadi. Qushlarning zararlanishi, asosan, alimentar (zararlangan suv yoki donlar) va havo-chang yollari orqali amalga oshiriladi. Epidemik jarayonning namoyon bolishi va yuqish mexanizmi. Ornitoz bilan odamlarning zararlanishi, asosan, havo-tomchi va havo-chang yollari orqali sodir boladi, alimentar yol bilan kasallanish hollari ham uchrab turadi. Kasallik yuqishining asosiy omillari bolib zararlangan qushlarning najasi yoki burun suyuq- ligi, mikroorganizmning zararlangan patlari hisoblanadi. Kasallik ifloslangan qollardan burun, koz va ogiz shilliq qavatlari orqali yuqadi. Qozgatuvchi manbalarini aksariyat ornitoz bilan kasallangan qushlar yoki qozgatuvchining belgi- larsiz tashuvchilari ordak, kurkalar, kaptarlar, totiqush va kanareykalar tashkil etadi. Epidemiologik jihatdan oz kasb-kor- lari tufayli kasallangan qushlar bilan shugullanadiganlar, par- randa yetishtiradigan xojaliklar, qushlarni qayta ishlovchi xo- dimlar, zoodokon xizmatchilari, ayniqsa, xavfli hisoblanadi. Ular orasida epidemik avj olish hollari tez-tez yuz beradi. Ka- sallikning sporadik kechishi kopincha epizootik qush ishqibozla- rida, kaptarboqarlarda, ovchilarda hamda yarim yovvoyi qushlar bilan tasodifiy shugullangan kishilarda (bazi shahar kochalarida kaptarlar orqali zararlanish hollari 2590 % ni tashkil etadi) kuzatiladi. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar. Ornitoz kasalligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar veterinar- sanitariya hamda tibbiy- sanitariya tadbirlari asosida olib borilishi kerak. Veterinariya xizmatining shu maqsadda olib boradigan ishlari chet ellardan qush keltirishni nazorat qilishdan (karantin, laboratoriya tekshi- ruvlarni otkazish), qushlarning mamlakat ichkarisiga olib kirilishi, ularning qushxonalarda, zoodokonlar va hayvonot boglarida saq- lanishini nazorat qilishdan iborat. Veterinariya nazorati ornitozning tabiiy ochoqlaridagi yovvoyi qushlar, aholi yashaydigan punktlar- dagi yarim yovvoyi kaptarlarni tekshirish natijasida olib boriladi. 172 Òibbiy-sanitariya chora-tadbirlari infeksiya manbayiga qarshi kurashda kasbi qushlar bilan bevosita bogliq bolgan shaxslarni xususiy muhofaza qilish vositalarini qollashga qaratilishi kerak. Bu borada mazkur korxona xodimlarini doimiy tibbiy nazorat- dan otkazib turish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tartibini amaliyotda qollash (ish joylari va korxona hududlarini dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuqumsizlantirish, xonalarni ventilatsiyalash, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiya va avtomatlashtirish, ishlab chiqarish xodimlarini ish kiyimlari bilan taminlash va boshq.) kabi vazifalar amalga oshiriladi. Agar mazkur parranda xojaliklarida ornitoz bilan kasallanish hollari yuz berib, laboratoriya tekshirishlari bilan tasdiqlansa, shu tumanning bosh veterinar shifokori korsatgan malumotlarga asosan hokimiyatning mutasaddi tashkilot- lari tomonidan bu korxona ornitoz jihatidan xavfli, deb elon qilinadi va shu bilan birga mavjud infeksiya ochogining yoqo- tilishiga qaratilgan tadbirlar dasturini belgilab beruvchi maxsus komissiya tuziladi. Epidemiologik nazorat. Ornitozga qarshi epidemiologik nazo- ratni sanitariya-epidemiologiya xizmati olib boradi (epidemio- loglar, sanitariya shifokori, mehnat gigiyenasi shifokorlari, ma- halla shifokori, sex terapevtlari). Ornitoz bilan kasallanganlar yuqumli kasalxonaga yotqiziladi. Kasallik ochogida esa, yakun- lovchi dezinfeksiya olib boriladi. Kasallanmagan soglom kishilar 30 kun mobaynida tibbiy nazoratda bolishadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar sifatida xloramin, lizol, fenol kabi zararsizlantiriladigan moddalardan foydalaniladi. Ornitoz profilaktikasining maxsus usuli sifatida inaktivlangan (jonsizlantirilgan) ornitoz vaksinasi bilan emlash qollaniladi. 2.13. Salmonelloz Salmonellozlar yuqumli ichak infeksiyalari guruhiga man- sub kasalliklar bolib, ularni salmonellalar turkumidagi bakte- riyalar keltirib chiqaradi. Salmonellozlar sporadik (vaqt-vaqti bilan) yoki yoppasiga avj oladigan xilma-xil epidemiologik xu- susiyatlarga ega. Amerikalik veterinarlar Salmon va Smit (1885) birinchi bolib hayvonlar va odamlarda toksikoinfeksion kasalliklarni keltirib 173 chiqaradigan bakteriyalarni aniqlashgan. Bu bakteriyalar «olat- dan» nobud bolgan chochqalar organlaridan ajratilgan. Salmo- nellalarni zamonaviy nom bilan C.Gxolerassuis deb ataladi. Gartner (1888) birinchi bolib, Òyuriniyada salmonellalar keltirib chiqargan, ovqat bilan bogliq toksikoinfeksiyalarning tarqalishini kuzatgan. U favqulodda, tekshirilmasdan soyilgan sigir va olgan odamning jigaridan bir xil mikrobni ajratib olishga muvaffaq bolgan. Bu bakteriya C.Enteritides nomini olgan. Keyinroq Lyoffler (1892) C.Tiðximurium nomi bilan ataluvchi bakteriyalarni topgan. Y.L. Isachenko epizootiya paytida salmo- nellalarni ajratgan, bu bakteriyalar enteral yol bilan kasallik yuqtirilganda kalamush va sichqonlarning nobud bolishiga sa- babchi bolgan. 1934-yilda nom qoyish komissiyasi shu turkumdagi bak- teriyalar nomini Salmon sharafiga «Salmonella» deb qonunlash- tirib qoydi. Salmonellalar mayda va tayoqsimon bakteriyalar bolib, ularning boyi 13 nm.gacha, eni 0,50,8 nm.gacha bo- ladi, fakultativ aerob, grammanfiy, tanasida kichkina peritrix oyoqchalari bolib, ular yordamida harakat qiladi. Salmonellalar ozaro biokimyoviy va serologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Salmonellalarning har bir serovari faqat oziga xos bolgan muayyan antigen omillarining toplamiga ega boladi. Salmonellalar tarkibida O- va H-antigen toplamlari mavjud. O- antigen issiqlikka chidamliligi va bakteriyalar devorining oraliq mukopolisaxarid qatlamidan joy olgan murakkab fosfoliðit bi- rikmasidan iborat ekanligi aniqlangan. O-antigen tuzilishiga kora, salmonellalar 60 dan koproq seroguruhlarga bolingan. Har bir seroguruh H-antigenlar tuzilishiga asosan serovarlarga ajratiladi. H-antigen bakteriyalar xivchinli apparatida joylashgan boladi. H-antigen issiqlikka chidamsiz bolib, qaynatilganda parchalanib ketadi. Salmonellalarning H-antigenlari tuzilishiga asoslangan 2000 dan ortiqroq serologik variantlari mavjud. Salmonellalarning Kaufman va Uayt ishlab chiqqan birinchi xalqaro (serologik) sxemasi 1934-yilda qabul qilingan bolib, sxemaga dastlab 5 sero- guruh 44 ta serovarlar kiritilgan edi. Keyingi yillarda bu sxema toldirib borildi va hozirgi kunda 60 dan ortiq seroguruh, 2000 dan ortiqroq serovarlarni oz ichiga oladi. Kop sonli shu salmonel- lalardan B va D guruhiga mansub bolgan salmonellalar odamlar 174 patologiyasida koproq ahamiyatga ega. Shuningdek, salmonel- lozlarning etiologik tuzilishi har xil paytlarda va turli hududlarda doimo ozgarib turadi. Masalan, Ozbekistonda 1971-yilda sal- monellozlarni keltirib chiqargan salmonellalar 36 ta serovarlarga mansub bolgan, 1990-yilga kelib ularning soni 142 taga yetdi. Ammo bitta serovar, yani C. Tiðximuriumning eng kop uchraganligi isbotlandi, bu serovar har yili qayd qilingan salmonellalarning 7080 % ini tashkil qiladi. Salmonellalar tasnifining serologik mezonidan tashqari, ular- ning ayrim turlari biovarlarini va fagovarlarini aniqlash ham epidemiologik va epizoologik ahamiyatga ega. C.Tiðximuriumning hozirgi vaqtda 90 ga yaqin fagotiðlari aniqlangan. Mutaxassislarni «20» va «29» raqamli fagovarlari qiziqtiradi, chunki bu fagovarlar salmonellozlarning kasalxonalarda «gospital infeksiya» sifatida tarqalishiga sabab boladi. Salmonellalar tashqi muhit sharoitiga ancha chidamli bolib, uzoq vaqt saqlanib turishi mumkin. Ozbekistonning iqlim sha- roitida O. M. Murtazoyevning (1973) otkazgan tajriba natijalari salmonellalar pishirilgan goshtda xona haroratida buzilgunga qadar, muzxonalarda esa, 63 kundan ziyodroq saqlanishini kor- satdi. Salmonellalar xom sutda 40 kungacha, qaynatilgan sutda 10 kungacha yashay oladi. Sariyogda 128185 kungacha, tvo- rogda 16 kun tirik qoladi. Salmonellalarning aholi qizdirmasdan va qaynatmasdan istemol qiladigan ayrim ovqat mahsulotlarida (poliz, rezavor mevalar, kokatlar) uzoq vaqt (40 kungacha) saqlanishini ilmiy tajribalar korsatib berdi. Salmonellalar, shuningdek, suvda va hayvonlar istemol qila- digan yem-xashakda ham uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega. Salmonellalarning bazi bir muhit va mahsulotlarda saqlanish muddati 12-jadvalda korsatilgan. Salmonellalar umuman olganda, antibiotiklarga nisbatan sez- gir, ammo keyingi yillarda salmonellalarning antibiotiklarga, dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli bolgan «gospital» shtamm- lari paydo bolyapti. Bunday shtammlar koproq C.Òiðximurium serovarlarida uch- rayapti. Òoshkent shahri hududida ajratib olingan C.Òiðchimurium shtammlari gentamitsin, kanamitsin va polimiksinga qisman sez- gir bolib, levomitsin, neomitsin, eritromitsin, streptomitsinga nisbatan butunlay chidamliligi bilan ajralib turadi. 175 12-jadval Salmonellalarning bazi tashqi muhit sharoitlarida yashab qolish xususiyatlari ti h u m i q h s a T i r a l h s i n i r o k g n i n r a l a ll e n o m l a S a v it q a v h s a h s a y n a g n a li g l e b i r a lt i o r a h s - r a l a ll e n o m l a S i r a l ð it o r e s g n i n a v r a lf il l a u M r a ll i y n a g li t e r h s a n i v u s k il m i h c i a z o T v u s n a g li t a n y a Q v u s q i h c O g n i n i r a l a z v a h i r a l v u s n a g n a l s o lf i y i n u S v u s n a g li t a l z u M t h s o g n a g a m li t a n y a Q t u s g o y i r a S q o l h s i P q u v o t n a g li t a n y a Q i m u x u t i n o n y o d g u B r a lt e f n o K q o r p u T m u Q i g n a h c a n o X g n o G z o g o Q a d a j a r a d C ° 0 n u k 9 2 n u k 4 0 1 4 3 - n u k q il i g n i n li Y , a h c a g y o 3 a d ir a l y o 5 a d ir a l n u k q u v o s 0 7 1 a d a j a r a d C ° 0 2 n u k 7 6 1 a d C ° 4 , n u k o t n a d y o 6 a h c a g y o 3 1 a h c a g n u k 0 1 a d it a r o r a h a n o X n u k 4 3 y o 2 a d C ° 0 a d C ° 3 2 8 1 a h c a g y o 7 n u k 9 2 a d C ° 4 a d it a r o r a h a n o X a h c a g y o 3 1 n u k 5 1 5 a h c a g n u k 6 9 1 ir a lr u n h s o y u Q - n u k 6 2 1 a d ir is a t a h c a g a h c a g n u k 0 8 a h c a g n u k 0 9 a h c a g y o 0 1 li x il r u T r a l ð it o r e s li x il r u T r a l ð it o r e s li x il r u T r a l ð it o r e s v e h c d a y D . R . N ) 9 5 9 1 ( n i b u G . M . S ) 3 6 9 1 ( y i k s v e y a g a Z . I . S ) 6 6 9 1 ( o k n e t s i h C . N . G ) 1 8 9 1 ( o s s e li K . A . V ) 5 8 9 1 ( - s v e h c r a K . D . M a y a k a n i k a y m e h S . A . A ) 6 6 9 1 ( a v o p o P . G . G ) 0 8 9 1 ( o s s e li K . A . V ) 5 8 9 1 ( v e h c d a y D . R . N ) 9 6 9 1 ( ) 6 6 9 1 ( k u y t r A . A . I v e y o b u l o T . D . V ) 7 6 9 1 ( y i k s v e y a g a Z . I . S ) 7 6 9 1 ( ) 0 7 9 1 ( r u h S . V . I a n i h s i T . D . N ) 6 5 9 1 ( a n i k a y m e h S . A . A ) 0 6 9 1 ( 176 Epidemik jarayon va uning rivojlanish omillari Salmonellozlarda asosiy infeksiya manbalari, bu hayvonlar va parrandalar. Ayniqsa, uy hayvonlari, qoramollar, chochqalar, mayda shoxli hayvonlar, otlar, uy parrandalari (tovuqlar, gozlar, ordaklar, kurkalar) salmonellozlarning tarqalishida infeksiya manbayi sifatida muhim ahamiyatga ega. Bu hayvonlar ortasida salmonellalarning tarqalganlik darajasi turli hududlarda turlicha boladi. Ozbekistonda salmonellalar koproq parrandalar, qo- ramollar va chochqalar orasida tarqalgan. Qishloq xojaligi hay- vonlarida salmonellozlar butun organizmga tarqalgan kasallik sifatida, oshqozon-ichak yollarida uchraydigan, ich ketish alo- matlari bilan tavsiflanadigan kasallik yoki bakteriya tashuvchilik sifatida namoyon bolib, shu hayvonlarning goshti, suti, tuxumi va boshqa mahsulotlari ovqatga istemol qilingan odamlarga yuqadi. Songgi yillarda salmonellozlarning tarqalishida bemor odamlar va bakteriya tashuvchilarning infeksiya manbayi sifa- tidagi roli batafsil aniqlangan. Bemorlar va bakteriya tashuvchilar, ayniqsa, bir yoshgacha bolgan bolalar uchun epidemiologik jihatdan xavflidir. Chunki yosh bolalarga salmonellalar faqat oziq- ovqat mahsulotlari orqali emas, balki maishiy yol bilan ham yuqadi. Kasallikni yosh bolalar kopincha onalaridan, bolalarning parvarish buyumlari, bakteriyalar tushgan narsalarni ishlatganda, shuningdek, salmonellozlar bilan kasallangan onalarning kokrak suti orqali yuqtiradi. Salmonelloz bilan kasallangan bolalar, salmonellalarni faqat- gina axlat bilan emas, balki ot suyuqligi va siydigi orqali ham uzoq vaqt davomida ajratib yurishi aniqlangan. Ozbekiston hududida uchragan salmonellozlar epidemik ochoqlarida otkazilgan epidemiologik tekshiruvlar va kuzatuvlar salmonellozlarning tarqalishida 3,8 % hollarda infeksiya manbayi sifatidagi rolini isbotladi. Salmonellozlar tarqalishida ishtirok etuvchi asosiy omillar oziq-ovqat mahsulotlari bolib, ular orasida gosht va gosht mahsulotlari muhim orin egallaydi, ayniqsa, kolbasa, gosht konservalari, gosht qiymasidan tayyorlanadigan ovqatlar xavflidir. Goshtdan tashqari, hayvonlardan olinadigan boshqa mahsulotlar, xususan, sut va sut mahsulotlari (qatiq, suzma, qaymoq, pishloq) orqali yuqishi mumkin. Òuxum, tuxum mahsulotlari va tarkibiga tuxum kiradigan oziq-ovqatlarning salmonellozlar tarqalishidagi roli yildan yilga Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling