O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya
hisoblanar edi. A.P. Fedchenko tomonidan rishta lichinkalari
sichqon va odam organizmida rivojlanish davrining aniqlanishi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega boldi. Uning fikricha, rish- taning epidemiologik zanjiri quyidagidan iborat: odam definitiv xojayin, siklop esa, oraliq xojayin. Sikloplar rishta lichinkalari bilan zaharlanib, bemor odamga kasallik zararlangan suv orqali yuqadi. Soglom odamlar esa, qaynatilmagan suvni ichganlarida rishta bilan kasallanishgan. Ozbekistonda bezgak kasalligi, bir qator parazitar kasalliklar, jumladan, rishta, leyshmaniozlar, ich terlamalarga qarshi ku- rashdagi ulkan muvaffaqiyatlar L.M. Isayev, P.F. Borovskiy, N.I. Xodukin, I.A.Kassirskiylarning nomi bilan bogliqdir. L.M. Isayev Ozbekistonda tropik kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini taklif etdi va bu ishlarga ozi boshchilik qildi. U Orta Osiyoda birinchi ilmiy tekshirish markazini tashkil etdi. Orta Osiyo dorilfununi tarkibidan ajralib chiqqan Òoshkent tibbiyot institutida 1935-yilda epidemiologiya kafedrasi ochildi. Bu kafedraning birinchi mudiri, professor A.V. Georgiyevskiy edi. Kafedra tashkil qilingunga qadar, 1930-yildan boshlab sa- nitariya va gigiyena fakulteti talabalari uchun epidemiologiya fani mikrobiologiya bilan birga oqitilardi. Bu paytda epidemiologiyadan maruzalarni professor A.D. Grekov, P.F. Samsonov, M.N. Sosh- nikovalar oqishgan. Hozirgi davrda yirik olimlardan I.K. Mu- 14 saboyev, Sh.X. Xojayev, Ò.X. Najmiddinov, Z.K. Karimov, P.M. Lerner, I.H. Mamatqulov, M.Q. Usmonov, O. M. Murta- zoyev va boshqalar yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda sa- marali ishlarni bajarish bilan birga epidemiologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qoshib kelishmoqda. 1.1.3. EPIDEMIOLOGIYANING BOSHQA TIBBIYOT FANLARI BILAN ALOQASI Epidemiologiya oz oldiga qoygan vazifalarni bajarishda qa- tor tibbiyot fanlari bilan yaqindan aloqada boladi. Òibbiyot fan- laridan, ayniqsa, mikrobiologiya, parazitologiya, immunologiya, biologiya, patofiziologiya, gigiyena va yuqumli kasalliklar klinikasi epidemiologiyaga yaqin turadi. Mikrobiologik tekshirish usullari koplab yuqumli kasalliklar etiologiyasini organish va bu malumotlardan kasallikka togri tashxis qoyishda foydalanish bilan birga bir qancha nazariy va amaliy masalalarni hal qilishda qollaniladi. Masalan, soglom bakteriya tashuvchilarni aniqlashda, suv va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining epidemiologik rolini aniqlashda, yuqumli ka- salliklar tarqalishida hayvonlarning ahamiyatini organishda mik- robiologik usullardan foydalaniladi. Keyingi paytda mikrobiologiya va epidemiologiyaning tekshi- rish usullarini birgalikda qollagan holda epidemiologiya fanining yangi bir bolimi molekular epidemiologiya vujudga keldi. Molekular epidemiologiya populatsiyalarning molekular qayta tuzilishi, yani epidemiya darakchilarining paydo bolish yollarini organadi. Bundan tashqari, molekular epidemiologiyaning vazi- falariga kasallik qozgatuvchilarining tarqalishini kuzatib borish usullarini ishlab chiqish ham kiradi. Epidemiologiyada yangi yonalishning paydo bolishiga bir qator sharoitlar sabab boldi. Birinchidan, kasalliklar profilaktikasida ommaviy tekshirishlarning ahamiyati benihoya oshdi. Ikkinchidan, populatsiyalar orasida genlarning taqsimlanishini va genotiðik belgilarni organish uchun imkon yaratuvchi molekular biologiya jadallik bilan rivojlandi. Uchinchidan, epidemik jarayonning ichki rivojlanishini organuvchi epidemiologiyaning yangi nazariy konsepsiyasi vujudga keldi. Epidemiologiyaning zamonaviy nazariy bilimlar majmuasi togridan togri payqash qiyin bolgan holatlarni oldindan ayta bilish va tahlil qilish imkoniyatlarini beradi. Olingan natijalar ilmiy 15 laboratoriyalarda tasdiqlanishini talab qiladi. Molekular epide- miologik tahlil kasallanishni chuqur tahlil qilish bilan bir- galikda epidemiologik tekshirish usulining asosini tashkil etadi. Molekular epidemiologiya patogen mikroorganizmlar ge- netikasi bilan uzviy bogliq. Parazitologiya, gelmintologiya tibbiy entomologiya va tibbiy zoologiya bilan birgalikda bir qator no- bakterial yuqumli kasalliklar (bezgak, qichima, gijja kasalliklari va boshq.) qozgatuvchilarini organish bilan birga bir qancha yuqumli kasallik tashuvchilarini (pashshalar, bitlar), odamlar uchun yuqumli bolgan kasalliklarni tabiatda saqlab turuvchi kemiruvchi hamda yirtqich hayvonlarni organishda katta hissa qoshdi. Immunologiya mikrobiologiya fanidan mustaqil ravishda ajralib chiqib, organizmda infeksiyaga javob tariqasida boladigan ozgarishlarni organuvchi fanga aylandi. Immunologiyaning yutuqlaridan epidemiologiyada yuqumli kasalliklar diagnostikasi va maxsus profilaktikasi uchun foydalaniladi. Yuqumli kasalliklar klinikasi kasalni zamonaviy usullar bilan tekshirib, oz vaqtida va togri tashxis qoyishni taminlaydi. Oz vaqtida va togri qoyilgan tashxis bazi hollarda epidemiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masalan, opka ola- tiga oz vaqtida tashxis qoyilsa, infeksiya ochogini oson bartaraf qilish mumkin. Aks holda, bu infeksiya tarqalib, noxush oqibat- larga olib kelish ehtimoli bor. Yuqumli kasalliklar klinikasi (kasalxona orinlari)dan foyda- langan holda bemorlarni alohida qoyish epidemiyaga qarshi ku- rashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yuqumli kasallik- larning klinik kechishi va patogenezi haqidagi malumotlar kasallik- ning tarqalishi togrisida muhim axborotlar olishni taminlaydi. Yuqorida qayd qilib otilgan uch fan epidemiologiya, mik- robiologiya va yuqumli kasalliklar klinikasi infeksiya va infeksion kasalliklar togrisidagi talimotning negizlari hisoblanadi. Epi- demiyalarga qarshi kurash amaliyoti va nazariyasida yuqoridagi uch fandan bir butun kompleks sifatida foydalanilganda, samarali natijalarga erishish mumkin. Yuqumli kasalliklar muammosi bilan boshqa bir qator tibbiyot fanlari shugullanadi. Masalan, tibbiy statistikaning asosiy qismini yuqumli kasalliklar statistikasi tashkil qiladi. Gigiyenaning barcha bolimlari, xususan, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar gigiyenasi, mehnat gigiyenasi va boshqalarning tarkibiga yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi muhim tarkibiy qism sifatida 16 kiradi. Bundan tashqari, barcha boshqa klinik fanlar ham epi- demiologiya bilan u yoki bu darajada bogliq boladi. Masalan, oftalmologiyada traxoma muammosi, teri-tanosil kasalliklari klinikasida tanosil kasalliklari muammosi va boshqalar fikrimizni tasdiqlaydi. Shunday qilib, epidemiologiyaning fan jihatdan shakllanishi, ravnaq topish jarayonlari, uning faqat yuqumli kasalliklar klinikasi bilangina emas, balki barcha klinik tibbiyot sohalari (terapiya, xirurgiya, dermatologiya, oftalmologiya, nevrologiya) bilan uzviy bogliqligini isbot etadi. 1.1.4. EPIDEMIOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI Epidemik jarayon shunday bir murakkab jarayonki, uni hech qachon bir uslub bilan organib bolmaydi. Epidemik jarayon chuqur ilmiy tahlil qilish uchun bir vaqtning ozida bir necha uslubni qollashga togri keladi. Epidemiologiyaning usullari: epidemiologik tekshirish (kuzatish) tarixiy, statistik, mikrobio- logik, immunologik, eksperimental, analitik, shuningdek, epide- miologiya bilan uzviylashib ketgan fanlarning uslublari. Aholi har xil tabaqalari, guruhlari ortasida tarqalgan va tar- qalish ehtimoli yuqori bolgan kasalliklarning tarqalish hamda rivojlanish qonuniyatini organuvchi usul epidemiologik tekshi- rish usullari hisoblanadi. Epidemiologik tashxis qoyishda epidemik jarayonning kop- gina belgilari (kasallikning tarqalish vaqti, yil fasllari bilan bog- liqligi, aholining turli qatlamlarida turlicha bolishligi, respubli- kamiz hududlarida tarqalish korsatkichlarining bir xil emasligi) katta ahamiyatga ega. Epidemiologik tekshirish uslubi epidemiologiyaning max- sus uslubi hisoblanadi. U yakka uchraydigan yuqumli kasallik- larni ham, guruh bolib uchraydigan kasalliklarni ham tekshi- rish uchun qollaniladi. Faqat epidemiologik tekshirish usuli yuqumli kasalliklarning sababini aniqlaydi, ayrim omillar ornini tushuntiradi, u yoki bu sharoit epidemik jarayonning rivojlani- shiga tasirini aniqlab beradi. Òarixiy uslub epidemik jarayonlarni u yoki bu davrda, u yoki bu sharoitda tarqalishini organadi. Buning natijasida qayerda, qachon, qaysi kasallikning epidemik korinishlari uchraganli- gini aniqlashimiz mumkin. 17 Statistik uslub epidemik kasalliklar togrisidagi malumot- larni toplash, statistik tahlil qilish, jadval korinishiga keltirish. Bu uslub omillar togrisida sonli malumotlar berishga asoslangan. Mikrobiologik uslub yordamida kasallik chaqiruvchining aj- ralish mexanizmi, tashqi muhitga tushishining intensivligi va bar- qarorligi aniqlanadi. Immunologik uslub aholining immun holatini aniqlashga im- kon beradi. Kishilarning qaysi kasalliklarga koproq beriluvchan- ligi aniqlanadi. Shuningdek, emlanish sifati, vaksinalarning tasir- chanligi ham aniqlanadi. Eksperimental uslubdan epidemiologiyadagi ayrim qiyin mu- ammolarni yechishda foydalaniladi. Masalan, epidemiya tarqa- lishining rivojlanish intensivligini aniqlash, emlash uchun ish- latiladigan moddaning va dezinfeksiya eritmalarining samarador- ligini aniqlash uchun qollaniladi. Òaqqoslash uslubi: ikki yoki undan ortiq kasalliklar bir xil qonuniyat asosida tarqaladigan bolsa, shu kasalliklardan birortasini shifokor batafsil organib, shu kasallik tarqalishiga sabab bolgan omillar va shart-sharoitlarni aniqlagandan song, taqqoslanayot- gan boshqa kasalliklar tarqalishiga ham shu sabablar va shart- sharoitlar tasir qilgan, deb xulosa qilishi mumkin. Analitik epidemiologiya kasallikning paydo bolishi va tarqalishiga sabab bolgan deb ehtimol qilingan sabablar, manbalar bilan epidemiologik jarayon ortasidagi ozaro bogliqlikni or- ganuvchi usul. Bu usul yordamida ehtimol etilgan sabablarning aniq yoki noaniq ekanligiga baho beriladi. Analitik epidemiologiya quyidagi usullarga bolinadi: «tasodif nazorat» tekshiruv usuli; kogort tekshiruv usuli. 1.1.5. EPIDEMIOLOGIK TAHLIL Epidemiologik tahlil epidemik jarayonni bilish uchun max- sus dastur asosida toplangan epidemiologik malumotlarni ozaro taqqoslab, epidemik jarayonning mohiyatini tushunib yetishga asoslanadi. Epidemiologik tahlilning quyidagi turlari mavjud: a) prognostik epidemiologik tahlil (epidemiologik razvedka), malumotlar asosida epidemik jarayonning rivojlanishini oldindan aniqlab berish uchun qilinadigan tahlil; 18 b) tezkor yoki kundalik epidemiologik tahlil; d) retrospektiv tahlil otgan davr mobaynida aholining malum guruhlari ortasida tarqalgan kasalliklarning struktura- sini, tarqalganlik darajasini, shu kasallikning tarqalish dinamikasi, uning kelib chiqishi va tarqalishiga sabab bolgan shart-sharoit- larni organib, shu malumotlar asosida kasallikka qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asoslangan tahlil. Epidemiologik tahlil otkazishning asosiy maqsadi: epidemik jarayonning yuzaga kelishiga sabab bolgan va shu jarayonning rivojlanishiga tasir korsatgan shart-sharoitlarni organish, kasal- likka qarshi kurash maqsadida qollanilgan tadbirlar natijasida baho berish va bundan keyingi davrda qollaniladigan chora- tadbirlarni rejalashtirishdir. Epidemiologik tahlil natijasida quyidagi masalalar hal etilishi kerak: a) biror vaqtga, muayyan sharoitga va kasallikning epidemik jarayoniga xos bolgan belgilarni aniqlash; b) epidemik jarayonning paydo bolishi va rivojlanishiga tasir etuvchi omillarni aniqlash; d) kasalliklarga qarshi qollaniladigan chora-tadbirlarni ba- holash va shu tadbirlarning epidemik jarayonga korsatgan tasirini aniqlash. Epidemiologik tahlilning uch asosiy qismi mavjud: 1. Epidemiologik semiotika epidemik jarayonni organuvchi talimotning bir qismi bolib, epidemik jarayonni oziga xos bel- gilari asosida organadi. Epidemiologik tahlil qilishda epidemik jarayonning quyidagi belgilari hisobga olinadi: • aholi guruhlari ortasida kasallikning tarqalish tezligi; • har xil hududlarda kasallikning bir tekisda tarqalmasligi; • kasallik tarqalishining gigiyena va yoshga bogliqligi; • kasallik tarqalishining yil fasllariga bogliqligi; • aholining har xil tabaqalari ortasida kasallikning turi boyicha taqsimlanishi. Bu belgilardan tashqari, epidemiologik tahlil qilishda demo- grafik malumotlar, laboratoriya tekshiruvlar natijasi, tahlil qi- linayotgan joyning holati haqidagi malumotlar, shu joydagi hayvonlar ortasida kasallikning tarqalish darajasi va shu kabi malumotlar katta ahamiyatga ega. 19 2. Diagnostik texnika epidemik jarayonning oziga xos belgi- larini aniqlashda qollaniladigan texnikaviy asbob-uskunalar, har xil tekshirish yollari va usullari yigindisidir. Epidemiologik tahlil qilishda mutlaq, intensiv, nisbiy va kor- gazmali korsatkichlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, be- morlarni, soglom kishilarni va atrof-muhitdagi har xil buyum- larni laboratoriya yoli bilan tekshirish usullari ham qollaniladi. 3. Epidemiologik tashxis haqida aniq fikrga kelish. Epidemio- log ozining kasbiy bilimlariga, dialektik va formal mantiq usul- lariga asoslanib, epidemiologik tahlil uchun toplangan malu- motlarni ozaro solishtirib, shu kasallikning kelib chiqishi va tarqalish sabablari borasidagi ilmiy farazni shakllantiradi va bu farazning nechogliq togri ekanligini isbotlash uchun shu kasal- likning epidemik jarayoni ilmiy jihatdan asoslangan malumotlar bilan qanchalik muvofiq tushishini tekshirib koradi va nihoyat, epidemiologik tashxisga oid aniq xulosa chiqaradi. Epidemiologik tashxis qoyish uchun organilishi lozim bol- gan hujjatlar: a) kasallik ochogida otkazilgan epidemiologik tekshiruv ha- qidagi kartalar va aktlar; b) aholi yashaydigan joyning va osha joydagi korxonalarning sanitariya ahvoli haqida malumot; d) yuqumli kasalliklar hisobga olinadigan daftarlar; e) dispanser nazorati uchun ishlatiladigan hujjatlar; f) profilaktik emlash haqidagi malumotlar yoziladigan karta; g) kasallik tarixi va ambulatoriya kartalari; h) yuqumli kasalliklarni royxatga olish daftari; i) bakteriologik va sanitariya-bakteriologik tekshiruv natijalari; j) immunologik (allergik) tekshiruvlar natijalari; k) zoologik va boshqa tekshiruvlarga oid malumotlar. Epidemiologik tashxis otkazish bosqichlari. Epidemiologik tashxis dastlab uning mohiyatini, maqsadini va hal etiladigan masalalarni aniqlab olishdan boshlanadi. Keyinchalik epidemiologik tahlil otkazish dasturi va qilinadigan ishlar hajmi aniqlanadi. Epidemiologik tashxisning navbatdagi bosqichi. Bu kerakli malumotlarni toplash bolib, buning uchun maxsus jadvallar tayyorlanib, ularga kerakli malumotlar yoziladi va bu malu- motlarni keyinchalik guruhlarga ajratib statistika nuqtayi nazaridan qayta ishlanadi hamda shu malumotlar asosida diagrammalar 20 tayyorlanadi. Epidemiologik tashxisning keyingi bosqichi top- langan malumotlar asosida fikr yuritib, epidemik jarayonga xos bolgan belgilarni aniqlash, shu kasallik kelib chiqishi va tar- qalishidagi asosiy sabablar haqidagi ilmiy farazni shakllantirish hamda shu malumotlarga asoslanib, kasallikning kelajakda qay darajada uchrashini oldindan aytib berishdan iborat. 1.2. Epidemik jarayon haqida tushuncha 1.2.1. EPIDEMIK JARAYONNING ICHIDAN BOSHQARILISHI Epidemik jarayonning biologik asosi parazitar sistemadir. Òashkiliy tuzilish darajasi boyicha parazitar sistema biotsenotik sistemalarga taalluqlidir. Òuzilishning barcha darajalaridagi bio- sistemalar oz-ozidan boshqariluvchi sistemalardir. Parazitar sis- temalarning oz-ozidan boshqarilishi togrisidagi nazariya ushbu mexanizmni ochib beradi. 19701980-yillarga kelib, V.D. Belyakov va uning xodimlari antroponozni organishda birinchi marta epidemik jarayonning ichidan boshqarilishini tasvirladilar. Parazitar sistemaning oz- ozidan boshqarilishi togrisidagi nazariy va amaliy malumotlar nazariy epidemiologiya uchun katta ahamiyatga ega. Bu nazariya- ning ahamiyatini quyidagicha tariflash mumkin: 1. Parazit va xojayin populatsiyalarining bir-biriga munosa- bati belgilari boyicha genotiðik va fenotiðik geterogenligi. 2. Ozaro aloqaga kirishadigan populatsiyalar biologik xossa- larining ozaro bir-biriga bogliq ozgaruvchanligi. 3. Epidemik jarayonning notekis rivojlanishini belgilaydigan parazit populatsiyalarning fazali oz-ozini qayta qurishi. 4. Epidemik jarayonning fazali yangi ozgarishlarida ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning boshqariladigan roli. Sistemaning oz-ozidan boshqarilishi bu ozgaruvchanlik- ning ichki mexanizmi hisobiga sistema elementlarining yashash muhitiga moslashishidir. Parazitar sistemaning oz-ozidan bosh- qarilishi asosida tuzilishi boyicha turli xil va doimo ozgarishda bolgan parazit va xojayin populatsiyalarining ozaro tasiri yotadi. Xojayinlar populatsiyasining yuqumli kasalliklar chaqiruvchi- lariga moyillik darajasi boyicha genotiðik va fenotiðik xilma-xilligi shu populatsiyaga kiruvchi individlar organizmida kasallik qozga- tuvchilarining yashashi uchun turli xil sharoitlarni belgilab beradi. 21 Parazit kasallik qozgatuvchilarining genotiðik va fenotiðik xilma-xilligi, ularning turli xil yashash muhitiga moslashuvchi asosiy belgilari. Umuman olganda, xojayin va parazitar popu- latsiyalarning genotiðik va fenotiðik geterogenligi parazitar siste- maning oz-ozini boshqarishning evolutsion jarayonida hosil qilingan xususiyatidir. Parazit xojayinlar populatsiyalarining ge- notiðik va fenotiðik xilma-xilligi ularning doimiy ozgaruvchan- ligi natijasi va sababidir. Parazitar sistema faoliyati jarayonida pa- razit va xojayinlarning bir-biriga bolgan munosabatlari boyicha xususiyatlari doimiy ravishda ozgarib turadi. Xojayin va kasallik qozgatuvchi parazitar populatsiyasi- ning ozgaruvchanligi ular geterogenliklarining qayta taqsimla- nishi va xususiyatlari sifatida namoyon boladi. Natijada nisbiy bir xillikdan yaqqol xilma-xillikka tomon va bunga aksincha ozga- rishlar roy beradi. 1-jadval Parazit populatsiyasining ozgaruvchanligi - s i z e r g n i n i s a y i s t a l u p o p n i y a j o X a v k il t n e t i - o b i r a li g l e b t e ti n u m m h s a h s a y r a lt i z a r a p i h s i r a g z o a h c i y - li x l o q q a y n a d li x r i b g n i n it i h u m - h s i r a g z o a h c n i s k a a v a k k il li x - a m i d a l e k b il o a g r a l - t n e l u r i v g n i n i s a y i s t a l u p o p ti z a r a P n a d k il li x r i b , a r o k a g i s i g l e b k il a h c n i s k a a v a k k il li x - a m li x l o q q a y r i d i s a y i s k a e r b o v a j a g i h s i r a g z o y o r a h c i g a d i y u q r a l h s i r a g z o u B :i d a r e b i t a q n a d i r a lt a b a s o n u m o r a z o ) a r a z a n ; . a d i s a ji t a n r a lt a b a s o n u m o r a z o ) b y o r a h c i g a d i y u q r a l h s i r a g z o u B :i d a r e b ; a d i s a ji t a n r a lt a b a s o n u m o r a z o ) a t a Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling