O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- E.I. MUSABOYEV
O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RÒA MAXSUS ÒA’LIM VAZIRLIGI O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI Y.M. FAYZIYEV, X.A. FAYZIYEVA EPIDEMIOLOGIYA VA TIBBIY PARAZITOLOGIYA Tibbiyot kollejlari uchun darslik 3-nashri Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2016 2 UO‘K 616–036.22+616–093/–098 KBK 51.9 ya 722 F12 Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Darslik umumiy va xususiy bo‘limdan iborat. Umumiy bo‘limda fanning rivojlanish tarixi, boshqa tibbiyot fanlari bilan aloqasi, epidemik jarayon, epidemiologik tekshirish usullari haqida ma’lumot beriladi. Xususiy bo‘limda har bir infeksiya haqida alohida fikr yuritilib, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar belgilashning umumiy qoidalari yoritilgan. ISBN 978-9943-16-358-4 © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y. T a q r i z c h i l a r : E.I. MUSABOYEV – O‘zbekiston Virusologiya ilmiy tekshirish institutining direktori; G.Y. ABDURASHI- TOVA – 2-Respublika tibbiyot kollejining oliy toifali o‘qituvchisi; A.M. DONAYEV – Surxondaryo viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining bosh shifokori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi. 3 KIRISH Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning «Òalim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish togrisida»gi Farmoni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» goyalarini amalda keng tatbiq qilish yangi oquv adabiyotlarini yaratish bilan chambarchas bogliq. Ushbu oquv adabiyoti milliy goyalar, Ozbekiston epidemiolog olimlari erishgan yutuqlar, jahonda ushbu sohada olib borilgan ilmiy ishlar asosida yozildi. Ozbekistonda oliy va orta maxsus oquv yurtlari bazalarini mustahkamlash, talim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot tarmoqlari uchun zarur mutaxassis kadrlarni jahon talab- lari darajasida tayyorlash boyicha tegishli tadbirlar amalga oshi- rilmoqda. Davlat talim standartlari tasdiqlanishi va joriy qilinishi bilan talimning barcha turlarida sifat jihatidan yangi, zamonaviy oquv adabiyotlarini yaratish asoslari vujudga keldi. Oliy va orta maxsus oquv yurtlari uchun yangi standart va talablarga ham tuzilishi jihatidan, ham mazmunan mos keladigan zamonaviy oquv ada- biyotlarini yaratish hamda ularni takomillashtirish kun tartibi- dagi asosiy vazifalardan biridir. Darslik ikki bolimdan iborat bolib, umumiy va xususiy epidemiologiyaning dolzarb mavzulari, yuqumli kasalliklarning rivojlanish qonuniyatlari va ularning oldini olish uchun orta tib- biyot xodimlarining burch va vazifalari, epidemik jarayon va uning qismlari, epidemiologik tashxis, tadqiqot masalalari hamda us- lublari ilmiy nuqtayi nazardan chuqur, aniq, tushunarli tilda yori- tib berildi. Darslikda hozirgi kunda Ozbekiston hududida uchray- digan yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlarni otkazish tartibi, qoidalariga alohida urgu berilgan. 4 Darslikda epidemiologiyaning amaliy yutuqlariga koproq eti- bor qaratildi. Har bir mavzu vaziyatli masalalar bilan mukam- mallashtirilgan. Darslikning ayrim boblarini toldirish maqsadida M.Q. Usmonov, O.M. Murtazoyev, N.S. Otabekov, M.J. Ahme- dova, I.H. Mamatqulov, S.N. Boboxojayevlarning ilmiy maqo- lalari, qolyozma materiallar va bevosita maslahatlaridan samarali foydalanilgan. Darslik tibbiyot kollejlari talabalari uchun moljallangan bolib, tibbiy profilaktika, akusherlik ishi, laboratoriya-diagnos- tika yonalishlarining oquv dasturlariga toliq mos keladi. Darslik kamchiliklardan butunlay xoli, deya olmaymiz. Mualliflar ushbu darslik yuzasidan bildiriladigan har qanday taklif va muloha- zalarni bajon-u dil qabul qilishadi. 5 I bolim UMUMIY EPIDEMIOLOGIYA 6 1-bob. EPIDEMIOLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARI 1.1. Umumiy tushunchalar Epidemiologiya yuqumli kasalliklarning paydo bolishi, rivojlanishi va aholi orasida tarqalish xususiyatlari hamda qonuniyatlarini orgatib, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va uni amalga oshirilishini taminlaydi. Mustaqillik davrida Ozbekistonda yuqumli kasalliklarning epidemik korinishlari keskin kamaydi. Kishilik jamiyatida epi- demik kasalliklarning paydo bolishi va tarqalishi epidemik jara- yon deb ataladi. Holbuki, epidemiologiya epidemik jarayonning qonuniyatlarini, unga qarshi kurash va tugatish usullarini orga- nadi. XX asrning oxiriga kelib, epidemiologiya fanida keskin bu- rilish paydo boldi. Bu oz xususiyatiga kora, yuqumli bolmagan kasalliklar ham epidemik tus olib rivojlanishidir. Bu kasalliklar- ning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish qonuniyatlari epidemio- logiyaning asosiy uslublari orqali organiladi. Epidemiologiya tibbiyot kollejlarida, bilim yurtlarida umum- kasbiy hamda kasbiy fanlar sifatida oqitiladi. Bu fan aholi orta- sida keng uchrab turadigan kasalliklarning rivojlanishini, tarqa- lish qonuniyatlarini organish bilan birgalikda, uning oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Epidemiologiya ikkiga bolib organiladi: 1. Umumiy epidemiologiya. 2. Xususiy epidemiologiya. Umumiy epidemiologiya yuqumli va boshqa kasalliklarning paydo bolishida muhim orin tutadigan epidemik jarayonlar ha- qidagi malumotlarni, shuningdek, uslubiy-amaliy va tashkiliy bilim, konikma, malakalar haqida malumot beradi. Xususiy epidemiologiya esa, alohida kasalliklarning paydo bo- lish sabablari, epidemik xususiyatlarning oldini olish chora-tad- birlari, epidemik nazorat ornatish qoidalarini orgatadi. 7 Umumiy epidemiologiya: 1. Epidemiologiyaning fan sifatida organilishi, usullari, tarixi, uslublari; 2. Epidemik jarayon va uning asosiy boginlari; 3. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga qarshi chora-tadbirlar va vositalar; 4. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga epidemiologik nuqtayi nazardan tashxis qoyish; 5. Epidemiyaga qarshi kurash boyicha xizmatni tashkil qilish yollari togrisidagi talimot. Epidemiologiya epidemik jarayonning rivojlanish qonuniyatini organadi, yani odamlar ortasida yuqumli kasalliklarning tar- qalishi, yuqumlilik manbayi bolgan taqdirda rivojlanishi, otish omillari va moyillik, odamlarning kasallikka beriluvchanligi hamda ijtimoiy sharoitning ozgarishi bilan yangidan yangi yuqumli kasalliklar kelib chiqishini organadi. Bundan tashqari, epidemio- logiya yuqumli kasalliklarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi. Epidemiologiya fani haqidagi birinchi tushunchani 1927-yil- da buyuk rus epidemiologi D.K. Zabolotniy bergan: «Epide- miologiya epidemiyalar haqidagi fan bolib, epidemiyaning kelib chiqishi va rivojlanishini, sharoitlarini, ular bilan kurashish us- lublarini taklif qiladi». Bu uslublar fanning ilmiy asoslari bilan boglangan boladi. Shunday qilib, epidemiologiya, nafaqat, epidemiyani organib qolmasdan, balki odamlarni himoya qilish tizimini ham ishlab chiqadi. Yaqin kunlargacha bu qoidaga yakuniy tushuncha deb qarab kelinardi. Fanning rivojlanishi, iqtisodiy-ijtimoiy sharoitning oz- garishi D.K. Zabolotniy qoidasiga aniqlik kiritish kerakligini talab qilib qoldi. Haqiqatan, kopgina yuqumli kasalliklar: vabo, olat, chin- chechak, toshmali terlama, bezgak, epidemiya, hattoki, pande- miya holatida uchragan bolsa, hozirgi kunga kelib ayrimlari yakka holda kuzatiladi. Savol tugiladiki, yakka holda uchraydigan yuqumli kasalliklar epidemiologiya fanida organilishi mumkinmi yoki bolmasa, kopchilik ortasida tarqalgan, lekin yuqumli bol- magan kasalliklarni ham bu fan organishi mumkinmi? Koplab epidemiologlarning fikricha, epidemiologiya odam- lardagi yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi, tar- qalishi, har qanday darajadagi epidemik jarayonning kechishini 8 organadi. Vabo, olat, chinchechak, toshmali terlama, bezgak kabi kasalliklar keskin pasayib ketishi yoki tugatilishi, griðp, epidemik gepatit, arbovirusli infeksiyalar, mikozlar, orttirilgan immuntanqislik sindromi kabi yuqumli kasalliklarning oldini olish ularga qarshi kurashni kuchaytirishga otilishidandir. Mak Man, Pyu va Iðsenning 1965-yilda rus tiliga ogirilgan «Yuqumli kasalliklarni organishda epidemiologiya uslublarini qollash» kitobida epidemiologiya kasalliklar tarqalishi va omillarini aniqlashtiruvchi fan, deb tarif berilgan. Bunda rak, giðertoniya, anemiya, psixozlar va boshqalar ham hisobga olingan. 1960-yili Praga shahrida bolib otgan epidemiologlarning xalqaro anjumanida epidemiologiya fanining qoidasi qabul qilindi. U alohida tibbiyot fani bolib, odamlar orasida yuqumli kasal- liklarning kelib chiqish sabablarini tekshiruvchi va olingan malu- motlarga kora, ushbu kasalliklarga qarshi kurashish, profilaktika qilishi uchun qollash bilan shugullanuvchi fan, deb etirof etildi. 1.1.1. EPIDEMIOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI Hozirgi zamon tushunchasiga kora, epidemiologiya nisbatan yosh fan hisoblanadi. Shunga qaramasdan, epidemiologiya fa- nining ildizi qadim-qadimdan malum bolib, har qanday epidemik kasallik paydo bolsa, avvalo, uning oldini olish masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega bolar edi. Yuqumli kasalliklar togrisidagi ilk bor uncha aniq bolmagan tushunchalar eramizdan avvalgi 40003000-yillarda paydo bolgan, eramizdan avvalgi 37303710-yillarda Misrda papirus- dan topilgan xastalik belgilari hozirgi kundagi chinchechak kasal- ligiga mos keladi. Epidemik jarayonning rivojlanish evolutsiyasi «yuqumlilik» togrisidagi tushunchalarning paydo bolishi. Bunda kasallik bemordan yoki uning ashyolaridan otishi xarakterlidir. «Yuqumli kasallik» togrisidagi malumotlar diniy xarakterga ega bolgan va epidemiyaga «xudoning jazosi» deb qaralgan holda unga qarshi kurashishning iloji yoq, deb tushuntirilgan. Kopgina yuqumli kasalliklar togrisidagi malumotlar, yani ularning kelib chiqishi, tarqalishi, otish yollari haqida buyuk yunon mutafakkiri Giðpokratning «Havo, suv va iqlim» asarida va «Epidemiya» kitobida berilgan. Bunday malumotlar qadimgi Rim olimlari Fukidid, Lukretsiy asarlarida ham keltirilgan, 9 keyingi davr Orta asrda yuqumli kasalliklar avj olib rivoj- langan bolsa-da, ammo epidemiya togrisida qoshimcha malu- motlar bermaydi. Yuksalish davri, fan va madaniyatning rivojlanishi yuqumli kasalliklar togrisida kopgina tushunchalar berib, ularning asosiy sabablari togrisida qoshimcha malumotlar paydo boldi. Shu davrning kozga koringan shifokori italiyalik Jiralomo Frakastro ozining «Kontagiyalar, kontagioz kasalliklar va ularning da- vosi» asarida epidemik kasalliklarning rivojlanishi togrisidagi bi- rinchi ilmiy nazariyani yaratishga harakat qildi. Bu kitobda u qa- tor yuqumli kasalliklar (chechak, olat, qizamiq, quturish va h.k.)ni tirik mavjudotlar keltirib chiqarishi togrisida olamshumul taklifni kiritdi va uni bemorning ozidan, ashyolaridan va hattoki, havo orqali otishini ham korsatib berdi. Keyinchalik sanoat revolutsiyasi davrida, yani XVIXVIII asrlarda tabiiy fanlarning rivojlanishi epidemiologiya fanining alohida tibbiyot fani bolib ajralib chiqishiga tasir korsatdi. Bu davrda yangi fanlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo boldi. Masalan, bakteriologiya fanining rivojlanishi tibbiyot fanlarining yuqori darajada rivojlanishini, shuningdek, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashni taminladi. Shu davrdagi olimlar ortasida qarama-qarshi tushunchalarga ega bolgan ikki oqim mavjud edi. Birinchi oqim yuqumli ka- salliklarning rivojlanishini «epidemik konstitutsiya» deb, atmos- fera iqlimining ozgarishi bilan boglaydi. Ikkinchi oqim «kon- tagiozlar» deb atalib, yuqumli kasalliklar rivojlanishida jonli mavjudotlar sabab bolgan holda bemor organizmida rivojlanib, keyin tashqi muhitga tushishi takidlanadi. Ingliz olimi Jenner tomonidan chechakning oldini olish uchun odamlarda otkazgan emlash jarayoni epidemiologiya fanining rivojlanishida muhim tadbir boldi. Jenner tajribalari jahonshumul ahamiyatga ega boldi va u tanlagan yol togri ekani hamda yuqumlilikning boshlanishi asosida nima yotishini isbot qildi. Shunga qaramasdan, yuqumlilikning rivojlanishi, kelib chiqishi XIX asrning ikkinchi yarmida bakteriologiya fani yuzaga kelishi bilan bogliqdir. Bu fanning rivojlanishiga L. Paster, I. I. Mechni- kov, R. Kox, D. I. Ivanovskiylar katta hissa qoshishgan. 18641867-yillarda Odessa va Peterburgda birinchi dezinfek- siya stansiyasi ish boshladi, uning tajribasi boshqa shaharlarda kengaytirildi. I.I. Mechnikov va N.F. Gameley yordamida 1881-yili 10 Odessada antirabik vaksina ishlab chiqaradigan va qollaydigan birinchi laboratoriya tashkil qilindi. Keyinchalik shunga oxshash laboratoriya «Paster stansiyalari» nomi bilan Moskva, Peterburg, Samara va boshqa shaharlarda ish boshladi. 1913-yili Batumida shifokorlar tomonidan toplangan mab- lag asosida bezgak kasalligiga qarshi stansiya ochildi. D.K. Za- bolotniy tashkilotchiligi asosida 1922-yilda birinchi epidemio- logiya kafedrasi ochildi. 1927-yilda «Epidemiologiya boyicha qol- lanma» tayyorlandi. Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatini rivojlantirishda A.N. Susin, N.A. Semashko, Z.P. Solovyov, M.I. Barsukov, A.I. Ba- neskin, O.M. Murtazoyev, M.Q. Usmonov, I.H. Mamatqulovlar katta hissa qoshishgan. 1.1.2. ORTA OSIYODA EPIDEMIOLOGIYA FANINING PAYDO BOLISHI VA RIVOJLANISHI Orta Osiyoda epidemiologiyaning rivojlanishi oziga xos tarixga ega. Qadimgi davrlardan odamlarda kasallikning kelib chiqishi togrisida yetarli tushuncha bolmaganligi sababli u em- pirik holdagi xalq tabobati bolgan. Lekin kopchilik aholida xalq tabobati (tabiblar, doyalar, kinnachilar va h.k.) yordamida davo- lash, asosan, kasallik emas, balki kasallik belgilariga qarshi qa- ratilgan edi. Keyingi davrlarda Orta Osiyoda boshqa fanlar qato- rida tibbiyot fanining rivojlanishi kuzatildi. Buning sababi, bir tomondan, aholi iqtisodiyoti va madaniyatining yuksalishi bolsa, ikkinchi tomondan kop shaharlar orqali savdo karvonlarining Buyuk Iðak yoli orqali otishi bolgan. Bunday malumotlar qadimgi Orta Osiyo xalqlarining tibbiyot haqidagi birinchi yozma manbayi «Avesto» kitobida oz aksini topdi. O.A. Abdullayevning takidlashicha, bu kitobning vatani qadimgi Xorazmdir. «Avesto» zardushtiylarning muqaddas diniy kitobi bolib, unda asosan, diniy aqidalar, odamlarning yashash qoida- lari, falsafiy masalalar hamda tibbiyotga oid fikrlar bayon etilgan. Òibbiyotga oid qismida inson tanasining tuzilishi, tomirlar, bazi kasalliklar va ularning davosi haqida malumot berilgan. Kitobda gigiyena masalalariga ham alohida ahamiyat berilgan. Chunonchi, «Avesto» yer, havo va suvni muqaddas bilib, uni iflos qilishni man etgan. Mazkur kitobda bir qancha kasalliklar- ning hayvonlardan yuqishi togrisida va bunday bemorlarni da- volashda tabiblar ehtiyot bolishlari kerakligi bayon etilgan. Bu 11 davrda bemor bilan muloqotda bolganda, kasallik yuqishi mum- kinligi va xastalik organizmga turli yollar ogiz, burun, quloq, koz va jinsiy organlar orqali kirishi malum bolgan. «Avesto» kitobida kasallikning oldini olishga muhim orin berilib, «Kasallik senga tegmasdan oldin uni uzib tashla», deb takidlangan. Qadimiy davrlardan Xorazmda chechak ota xavfli kasallik hisoblangan. Bemor olmay tirik qolgan taqdirda ham kasallikning asoratlari qolgan. Osha paytdayoq bu kasallikdan qanday saqla- nish kerakligini odamlar bilishgan. Kasallikni boshidan yengil kechirgan kishining koylagini soglom kishiga kiydirishgan va chechak yarasining qobiqlarini bemor kishiga yedirishgan. X asr ortalarida Xorazm shohi Mamun tomonidan «Maskani fazilat» «Akademiya» tuzilgan. Bu akademiyaga osha davrning yetuk olimlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masixiylar bosh- chilik qilishgan. 1002-yilda Xorazmga kelgan yosh Ibn Sino ustozi Abu Sahl Masixiyning qol ostida tibbiyotni organishni davom ettiradi. Bu davr Abu Ali ibn Sinoning ilmiy hayotida eng serqirra va samarali bolgan. Buyuk olimning ilmiy asarlari arab, lotin, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib, XV asrda qariyb, 20 dan ortiq ilmiy qolyozmalari bir qator Yevropa mamlakatlari, jum- ladan, 1472-yilda Italiyada nashr etilgan edi. Ozining dunyoga mashhur «Kitob al-qonun fit-tibb» («Òib qonunlari») asarida Ibn Sino kasalliklarni keltiruvchi asosiy sa- bablar, kasallik qozgatuvchi omillar, xastalik alomatlari va ularning oldini olish haqida oz fikrlarini bildirgan. Jumladan, shu asarda Ibn Sino «vabo isitmasi» infeksion kasalliklarning kozga korinmas qozgatuvchilari haqida dastlabki malumotni bergan. Abu Ali ibn Sino mikrobiologiya fani paydo bolishidan kop asrlar ilgari ozining «Òib qonunlari» kitobida yuqumli kasalliklarning paydo bolishida ifloslangan suv va havoning ahamiyatini tariflab otgan. U kasallikning oldini olish uchun suvni qaynatib yoki filtrlab ichish kerakligini takidlaydi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim ekanligini alohida korsatadi. Ibn Sino nodir asarlar muallifi, buyuk olim bolib qolmasdan, bir qator iqtidorli, dunyoga mashhur olimlarning ustozi ham edi. Uning shogirdlaridan Sharafuddin Abu Abdulla Muhammad ibn Yusuf Ilaqi, Abu Sodiq Muttabbib va Ismoil Jurjoniylar oz zamonasining yetuk olimlari bolib yetishdilar. XVII asr ortalaridan XVIII asrgacha bolgan davr mobaynida Fransiya, Belgiya, Gollandiya va boshqa bir qator Yevropa 12 universitetlarining tibbiyot kafedralarida Ibn Sinoning «Òib qo- nunlari» asari asosida talim berilar edi. Yevropa tibbiyot ilmiga Ibn Sino qoshgan hissa benihoya kattadir. Taniqli amerikalik olim Gilford Xavzerning «Òibbiyot olamining otasi Giðpokrat bolsa, bu olamning quyoshi Ibn Sinodir» iborasi Ibn Sino faoliyatiga berilgan yuksak bahodir. Sharqning etiborga loyiq allomalaridan biri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziydir (865925). U Xuroson shahrida tavallud topib, tabib At-Òabariy va faylasuf al-Balxiylar shogirdi edi. Ar-Roziyning tibbiyot va ayniqsa, jarrohlik sohasiga bagishlangan asarlari («Al-Xavi», «Kitob at-tib al-Mansuri») malum bolib, Yevropa olimlari orasida etibor topgan. Asarlari- dagi ot qopchasi, buyrak toshlari, bavosir va jarrohlik muolajalari haqidagi malumotlar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Olimning «Kitob at-tib al-Mansuri» asari tibbiyotning barcha sohalarini qamragan bolib, anatomiya, mijoz, ovqat va dori-darmonlar, gigiyena, soglom turmush tarzi, jarrohlik, toksikologiya, patolo- giya, isitma turlari va uning kelib chiqishi haqida malumotlar beruvchi bolimlarni oz ichiga olgan. Ar-Roziyning tibbiyot soha- sidagi etiborli ishlari uning chinchechak, kokyotal haqidagi asarlarida oz ifodasini topdi. Bu asarlarda olim birinchi marta chechak kasalligining oldini olish uchun soglom kishilarni bemorlarning chechak pufakchalaridan olingan suyuqlik bilan emlash haqida yozgan. Orta asrlarda yashab otgan koplab olimlarning asarlarida yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida va tarqalishida kontagio- nistik qarashlar aniq korina boshlandi. XI asrda yashab otgan Sharqning buyuk olimi, shoir, matematik Umar Xayyom oz asarlarida kasallik yuqishida tuproq, chang zarrachalarining ahamiyatini korsatib otdi. Uygonish davrida Sharq olimlarining namoyandalaridan Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (873 950) ozining «Nazariy va amaliy tibbiyot» kitobida insoniylik jamiyatida yuzaga keluvchi kasalliklar tabiati va ularning oldini olish borasida qimmatli fikrlarni aytgan edi. Olimning asarlari bilan mukammal tanishgan Leonardo da Vinchi, Koperniklar Abu Nasr ibn Muhammad Forobiyni «Sharq Aflotuni» deb atashgan va uni Aflotundan keyin ikkinchi ustoz, deb bilishgan. XX asrga kelib, bu fikr ilmiy jihatdan asoslandi. Londondagi laboratoriyalardan birida xonadagi chang tarkibi tekshirilganda, bu changning 90 % odam terisining juda mayda zarrachalaridan 13 iborat ekanligi aniqlandi. Keyingi tekshirishlarda soglom kishi- ning teri qoplamlaridan bir kunda bir necha million mayda mikroskopik zarrachalar ajralib turishi aniqlandi. XIX asrda Òurkistonga rus savdogarlari va zavod egalari bilan birga ilgor ziyolilar ham kela boshladi. Ular orasida yirik rus shifokorlaridan P.F. Borovskiy, L.M. Isayev va boshqalar bor edi. Bu olimlar Òurkiston olkasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashga ozlarining ilmiy kashfiyotlari bilan ulkan hissa qosh- dilar. Òoshkent gospitallaridan birida harbiy shifokor bolib ishlagan P.F. Borovskiy teri leyshmaniozining chaqiruvchilarini birinchi bolib olgan askarning talogidan aniqlab topdi va bu kasallik togrisidagi malumotlarni batafsil yoritib berdi. Orta Osi- yoda rishta kasalligining rivojlanishi bosqichlarini birinchi bolib 1868-yilda sayyoh va zoolog olim A.P. Fedchenko bayon etgan. Rishta drakunkuloz deb nomlangan kasallik Eron, Hin- diston, Afrikadagi issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan edi. Mamlakatimizda bunday joylardan biri sifatida Buxoro viloyati Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling