O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya
ajratilgan.
Kasallanish aholi kop, zich joylashgan qishloq joylariga togri kelishi va yerga ishlov berish jarayoni bilan uzviy bogliq. Bemor- lardan soglom odamlarga virus yuqish hollari qayd qilinmagan. Hozirgi davrda oldini olish maxsus choralariga qaratilgan izla- nishlar katta muvaffaqiyat bilan olib borilmoqda. 4.6. Ku-isitma Ku-isitma xavfli yuqumli kasallik bolib, noaniq klinik belgilar bilan otadi. Ku-isitmaning qisqacha tarixi. Kasallik birinchi marta 1935- yili Avstraliyada Derris tomonidan «Ku-isitma» nomi bilan tav- siflab berilgan. Qozgatuvchisi birinchi marta 1937-yili Bernet va Friment tomonidan bemorlar qoni va peshobidan ajratib olin- gan. Bu kasallik jahonning turli mamlakatlarida keng tarqalgan. Sobiq Ittifoqda 1948-yildan beri malum. Ku-istma bilan kasalla- nishning ayrim hollari butun hudud boylab, asosan, Orta Osiyoda royxatga olingan. 1949-yilda P.I. Shukov Chirchiq shahrida nomalum isitma kasalliklari mavjudligi togrisida malumot bergan edi. 19481949-yillarda Òermiz tumanida qan- daydir nomalum isitma kasalligi kuzatilib, «Orta Osiyo isitmasi» yoki «Òermiz isitmasi» deb nomlangan, shuningdek, Buxoro, Òoshkent, Samarqand viloyatida ham bu kasallik mavjudligi aniqlangan. Amaliy shifokorlar respublikada qandaydir yangi kasallik mavjudligi togrisida fikr yuritganlar va bu fikrlar 1953-yilda N.I. Xodukin, V.A. Lisunkin va Ò.H. Najmiddinov tomonidan tasdiqlandi. Olimlar bir necha epidemiyalarni kuzatib, ularning qozgatuvchisi Bernet rikketsiyasi ekanligi aniqlandi. 249 Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi. Kasallik qozga- tuvchisi Bernet koksiyellasi hisoblanadi. 1939-yilda Y. H. Derris taklifiga asosan, koksiyella birinchi marta bemorlardan ajratib olingan va olimning nomi bilan Bernet rikketsiyasi deb atalgan. Koksiyellalar mayda bakteriyalarga kiradi. Kokksimon yoki tayoqchasimon bolib, kattaligi 0,25 0,5 dan to 0,2616 mkm.ga teng, xivchin va kapsulalarga ega emas. Bernet koksiyellasi tashqi muhitga chidamli bolib, turli fizikaviy va kimyoviy tasirlarga turgun hamda quruq holda uzoq muddat oz xususiyatini yo- qotmaydi. Ultrabinafsha nurida 1 m masofada koksiyellalar no- bud bolmaydi. V.N. Pautov va D.N. Polozov (1961) dalillariga kora, Bernet koksiyellasi quruq kultura holida 810 yil mobay- nida virulentli holatini saqlab qoladi. R.A. Kashimato (1979) dalillariga kora, koksiyella kulturasi soglom kishilar oshqozoni shirasida ikki soat mobaynida, pe- shobda, qonda bir necha oy, kanalar axlatida 586 kun, hay- vonlar najasida ikki yilgacha hayot faoliyatini saqlay oladi. Bernet koksiyellasi 46 kun mobaynida 0,5 % li formalin eritmasida, 1 % li fenolda 7 kungacha, 5 % li xloraminda 30 da- qiqagacha, 1 % li formalinda, 5 % li sirka kislotasida, 5 % li oyuvchi natriyda, 5 % li vodorod peroksidida 5 daqiqadan song halok boladi. 70° spirtda koksiyellalar 5 daqiqada, 2 % li xlor eritmasida 15 daqiqadan song yoq boladi. Bernet koksiyellasi uchun 50 % li glitserin yaxshi konservant bolib hisoblanadi. Ku-isitma kasalligida epidemik jarayonning namoyon bolishi. Respublikamizda har yili aholi orasida Ku-isitma kasalligi kop uchrab turadi, bazi yillarda epidemiya va guruhli kasallanishlar holida uchraydi. Kasallik hamma viloyatlarda bir miqdorda tar- qalmaydi. Kuzatishlar boyicha respublikamizda Ku-isitmaning epidemik jarayoni namoyon bolishi Òoshkent shahri va Òoshkent viloyatida koproq ahamiyat kasb etadi. Òoshkent shahri respublikamizning boshqa hududlari orasida Ku-isitma kasalligining yaqqol ifodalangan korsatkichlari bilan tavsiflanib, kasallikning sporadikligi, avj olib tarqaluvchanligi bilan ajralib turadi. Òoshkent shahrida Ku-isitmaning epidemik jarayoni tahlil qili- nib, kop yillik ozgarishlar kuzatilar edi. Kasallanishning kop yillik korsatkichlarida pasayishga ortacha moyillik 100000 kishi uchun 2,1 ta, ishga layoqatli katta yoshdagilar (2049) hisobiga shakllanuvchi «xavfli guruhlar» orasida kasallanish korsat- 250 kichlarining yuqoriligi; kasallikning mavsumiy kotarilish davridan qati nazar, epidemik jarayonni saqlab turuvchi kishilar guruhi (birinchi navbatda shahar xojaliklaridagi qoramollarni boqish bilan bogliq 1519 va undan katta yoshdagilar); ayrim kasb kishilari (ishchi-quruvchilar va transport vositalari ishchilari) orasida Ku rikketsiozi bilan kasallanish 1,52 marta yuqori bolgani aniqlandi. Ku-isitma kasalligining yil fasllari boyicha taqsimlanishi. Kasallikning yil davomida fasllar boyicha taqsimlanishida ka- sallik bahor va yoz oylariga togri keladi. Aholi yoshi nuqtayi nazaridan tahlil qilinganda esa, 714 va 1519 yoshdagi bolalar orasida kasallanish bahor fasliga togri keladi, katta yoshdagi kishilarda kasallik bahor va yoz fasllarida kuzatiladi. Kasallikning yuqori darajada uchrashi tahlil qilinganda aksariyat kasallanish 20 yoshgacha va undan yuqori yoshgacha togri keladi. Ku- isitmaning kasbga aloqador ekanligi ham aniqlangan, shahar sharoitida turli kasbdagi shaxslarda koproq uchraydi. Kasallikning 19741990-yillardagi tahliliga kora, qurilish tashkilotlarida, transport xodimlari va xizmatchilari orasida yuqori darajada bolgan. Respublikamizda Ku-isitmaning qanchalik keng uchrashini aniq- lash maqsadida, 19871990-yillar mobaynida aholi orasida kasal- likka nisbatan immunologik tekshirishlar olib borildi. Jami 15507 soglom kishidan qon zardobi olinib, RSK usuli boyicha tekshiril- ganda, tekshirilganlardan 4,2 % da Ku-isitmaga musbat natija olindi. 14-jadval 19871990-yillarda Ku-isitmaga tekshirilganlar soni r / T r a lt a y o li V - i h c v u li r i h s k e T y i m u m u g n i n r a l i n o s t e n r e B n e g it n A n a li b i s a y i s t e k k i r t a b s u m g n i n K S R i r o d q i m i s a ji t a n . 1 . 2 . 3 . 4 . 5 . 6 . 7 . 8 . 9 i r h a h s t n e k h s o T it a y o li v t n e k h s o T i s a k il b u p s e R n o t s i g o p l a q a r o Q it a y o li v o y r a d n o x r u S it a y o li v n a g n a m a N it a y o li v o r o x u B it a y o li v x a z z i J it a y o li v a n o g r a F it a y o li v o y r a d a q h s a Q i m a J 2 2 7 9 9 0 6 7 0 5 3 2 5 5 0 9 9 0 0 7 1 5 3 6 1 0 1 4 1 7 7 0 5 5 1 % 7 , 1 2 1 % 8 , 5 2 5 3 9 , 4 1 7 1 % % 8 , 1 0 1 % 8 , 0 8 % 7 , 6 7 4 % 4 , 1 5 % 6 , 1 7 1 % 9 , 1 4 1 % 2 , 4 4 4 6 Jadvaldagi malumotlardan korinib turibdiki, aholining im- munologik holati, Ku-isitma kasalligi Buxoro viloyati va Qora- 251 qalpogiston Respublikasida yuqori darajada bolib, Òoshkent, Sur- xondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatida respublika kor- satkichidan ikki barobar past, qolgan viloyatlarda esa, bu kor- satkich 3,55 barobar past ekan. Keltirilgan dalillar respublika boyicha har yili hisobga olinadigan bemorlarning barchasi hisobga kirmaganligi tufayli korsatkichlarning pastligi, shuningdek, bu viloyatlarda Ku-isitma boyicha epidemiologik holatning noxush ekanligidan dalolat beradi. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va epidemiologik nazorat. Ku-isitmaga qarshi chora-tadbirlar har tomonlama olib bo- riladi, bunga veterinariya-sanitariya choralari, tibbiy va aholining kasallikka chidamliligini kuchaytirish tadbirlari kiradi. Veteri- nariya-sanitariya tadbirlaridan kasallik manbayi hisoblangan qishloq xojaligi va uy hayvonlari orasida profilaktik choralarni korish maqsadga muvofiqdir. Har bir bemor uchun toliq epidemiologik tekshirish olib boriladi. Shuningdek, bemorning oila azolari, birga ishlaydigan xodimlar Ku-isitmaga nisbatan serologik tekshirishdan otkaziladi. Aniqlangan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. Epizootik va epi- demiologik holatga kora, keng aholi orasida Ku-isitmaga qarshi vaksinatsiya va revaksinatsiya rejalashtiriladi. Vaksinatsiya 14 dan 50 yoshgacha bolgan kishilarga, chorvachilik va gosht mahsu- lotlarini qayta ishlash, teri va jun bilan aloqador korxona ishchilari, veterinarlar, laboratoriya xodimlari va boshqalar orasida otkaziladi. Sanitariya-epidemiologik stansiyalari Ku-isitma kasalligining muayyan mintaqa boyicha uchrashi va tarqalishi, kasallik man- bayi va yuqish yollari, aholining qaysi kasbga taalluqli ekanligi, qaysi yoshdagi shaxslar kasallanganligi va faslga bogliqligini tahlil qiladi. Mukammal REA va OEA organib chiqiladi va oldini olish tadbirlari rejalashtiriladi. Qrim gemorragik isitmasi Qrim gemorragik isitmasi kanalar bilan ekologik bogliq bol- gan viruslar qozgatadigan, ikki bosqichdan iborat isitma chi- qishi, kuchli intoksikatsiya va rivojlangan gemorragik diatez alo- matlari bilan kechadigan otkir xastalikdir. Qozgatuvchisi Afrikada kop tarqalgan Kongo virusiga oxshash antigen xususiyatiga ega. Virusning asosiy tashuvchilari va saqlovchilari Hyalomma, ambulomma avlodlariga mansub iksod kanalardir. 252 Kasallik birinchi marta M. P. Chumakov va boshqa mualliflar tomonidan 19441945-yillarda, avval Qrimda, keyinchalik Orta Osiyo respublikalarida organilgan. 19561969-yillarda esa, shunga oxshash kasallik ochoqlari Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya, Sharqiy va Garbiy Afrika, Pokiston va Hindistonda aniqlangan. Sobiq Ittifoqda bu kasallik Qrimda, Krasnodar va Stavropol olkalarida, Astraxan va Rostov, Donesk va Xerson viloyatlarida, Qozogiston, Ozbekiston, Òurk- maniston va Ozarbayjonda tarqalgan edi. Qozgatuvchisi Kagolagiz turiga mansub virusdir. Yovvoyi (quyon, Afrika tiðratikonlari va boshq.) va uy hayvonlari (sigirlar, qoylar, echkilar) hamda 20 dan ortiq xildagi 8 turga mansub kanalar virus manbalari hisoblanadi. Kasallik, asosan, transmissiv yol bilan, kasallangan Hyalomma plumbeum (Qrimda), Hyalomma anatolicum (Orta Osiyo va Afri- kada) kanalari orqali yuqadi. Uning havo orqali laboratoriya sharoitida va kasallangan bemor qoni orqali (shifoxona ichi ka- salligi) yuqishi ehtimoldan xoli emas. Epidemik ochoqlarda ka- sallik mavsumiy korinishga ega bolib, qishloq xojaligi ishlari qi- zigan palla (masalan, iyun-avgust oylari)ga togri keladi va ko- pincha kasbga aloqador bolib qoladi. Emlanmagan shaxslarda kasallik ogir kechadi va kopincha olimga sabab boladi. Kasallikdan keyin esa, barqaror immunitet hosil boladi. Kasallikning oldini olishga qaratilgan tadbirlardan eng mu- himi odamlarga kanalar hujum qilishining oldini olish. Òib- biyot xodimlari va bemorlarni parvarish qiladiganlarning kasal- lanishiga yol qoymaslik ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular doka niqob va rezina qolqop kiyib ishlashlari kerak. Kasallik ochoqlarida uy hayvonlari akaritsidlar yordamida kanadan xa- los qilinadi. Zarurat bolganida, kana chaqqan odamlarga max- sus immunoglobulin yuboriladi. Omsk gemorragik isitmasi Omsk gemorragik isitmasi kanalar bilan ekologik bogliq bol- gan, vegetativ asab sistemasiga, kapillarlarga va buyrak usti beziga shikast yetkazadigan viruslar qozgatadigan kasallik. Qoz- gatuvchi virus ozining biologik va antigen xususiyatlari bilan kanali ensefalit virusiga birmuncha yaqin turadi. 253 Omsk gemorragik isitmasi birinchi marta 19451948-yillarda Omsk va Novosibirsk viloyatlarida paydo bolgan epidemiya vaq- tida qayd qilingan. 1958-yildan boshlab kasallik onda-sonda uch- rab turadigan bolib qoldi. Bu, oz navbatida, virus tashuvchi hayvonlarning ommaviy ravishda ov qilinishi oqibati bolsa kerak. Flavivirus turga va Òogaviridaye oilasiga mansub viruslar Omsk gemorragik isitmasi qozgatuvchilari. Omsk gemorragik isitmasi tabiiy ochoqlik xastaliklaridan biridir. Ondatra, suv kalamushlari va boshqa kemiruvchilar virus manbalari hisob- lanadi. Dermacentor pictus, D.marginus kanalari, bazi hollarda osha turga mansub boshqa kanalar ham, gamaz kanalari va bur- galar virus tashuvchilar, otkazuvchilardir. Odamlarda xastalik yuqishi kasallangan ondatra bilan aloqada bolganda, kanalar chaqqanda, laboratoriya sharoitida havo-chang orqali yuzaga keladi. Kasallikning eng kop qayd qilinishi, asosan, yoz oylariga togri keladi. Bu davrda kanalar faol bolib, ularning virus ta- shishdagi ahamiyati ortadi. Kopchilik hollarda kasallik yaxshi na- tija, yani bemorning sogayib ketishi bilan yakunlanadi. Bazi hollarda (0,53 %) olimga olib kelishi mumkin. Kasallikning oldini olish choralari, asosan, kanalarni yoq qilishga qaratilishi kerak. 4.7. Qaytalama kana terlamasi 1. Qaytalovchi kana terlamasi kasalligining oldini olish uchun asosiy ishlar xojalikda boz yerlarni ozlashtirishda mayda ochoq- larni spiroxetaga tekshirish, kartogrammalar tuzishdan iboratdir. 2. Enzootik zonalarda yangi zamonaviy uylar qurish. 3. Sinantrop sichqonlariga qarshi kurashish ishlarini olib borish. 4. Kanalarni yoqotish (dezinseksiya) yoki qirish ishlarini tash- kil qilish kozda tutiladi. Shaxsiy profilaktika uchun yotoqxonalarni, gorlarni, buzil- gan joylarni kozdan kechirish tavsiya etiladi. Kanalardan otadigan qaytalama terlama. Kanalardan ota- digan qaytalama terlama otkir transmissiv yuqumli kasallik bolib, kasallik chaqiruvchisi ozining genetik, biologik yaqinligi bilan spi- roxetalar turiga kiradi. Qisqacha tarixiy malumot. Birinchi marta qaytalama kana terlamasini ingliz olimi Livingston (1857) Afrikada kuzatgan va yozib qoldirgan. 1883-yili Naborro qaytalama kana terlamasining kasallik chaqiruvchisini spiroxeta deb nomlagan. Keyinchalik Af- 254 rika qitasining ayrim mamlakatlarida qaytalama kana terlamasi- ning kasallik tarqatuvchisi bir xil shaklga ega nazariyasini ilgari suradi. Kasallik chaqiruvchisi Spirochayeta (Borrelia) bolib, Orta Osiyoda esa, chaqiruvchisi Borrelia sogdiana, kasallik tashuvchisi Ornithodoros kanasi, deb topildi. 1877-yili Karter birinchi bolib bemor qonida spiroxeta borligini aniqlagan. Qaytalama kana terlamasida tabiiy sharoitda kasallik manbayi va tashuvchisi bolib kalamush, sichqonlar hisoblanadi. Keyingi yillarda bu kasallik togrisida ilmiy malumotlarni Y.N. Pavlovskiy va uning hamkasblari, shogirdlari (19341939) tolaroq bayon etdilar. Y. N. Pavlovskiyning malumotiga kora, Orta Osiyoda bu kasallikni organish tadbirlari 1992-yilda harbiy shifokor V. I. Magnitskiy tomonidan tashkil qilingan va 1926-yili izlanish va tajriba asosida bu kasallikning uchrashi tasdiqlan- gan. Ozbekistonning Guzor tumanida kasallik ochogida Or- nithodorgs papilliðes kanasidan namuna olinib, Òoshkent shah- rida tekshirildi. N.I. Latishev beshta kanani tajriba asosida oziga chaqtiradi va kasallanadi. Keyinchalik Y.N. Pavlovskiy va uning shogirdlari qaytalovchi kana terlama kasalligi biologiyasini, ta- shuvchisining keng arealda tarqalishini, klinikasini, epidemio- logiyasini va ularga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqishdi. Etiologiyasi. Qaytalama kana terlamasi qozgatuvchisi Spirocha- etalis oilasining Borrelia nasliga mansubdir. Morfologiyasi va tinkttorial belgilari bilan epidemik qaytalovchi terlamadan ajratish mumkin. Ajratish uchun hayvonlarga laboratoriya usulida yuqtirish va kanalarda tajriba qilish mumkin. Uzunligi 1520 mkm spiralsi- mon mikroorganizm bolib, yogonligi 0,5 mkm.gacha, burmalari son jihatidan 5 dan 10 tagacha yetadi. Ular kondalang bolinish bilan kopayadi. Yaxshi harakatchanligi bilan ajralib turadi. Sezuvchanlik maymun, oq kalamush va sichqonlarda kuch- liroqdir. Dengiz chochqalarida kasallik chaqiruvchi spiroxetalar yuborilganda, qisqa isitma holati yuzaga kelishi mumkin. Keyin- chalik xuruj boshlangan davrda dengiz chochqalarining qonida spiroxetalarni korish mumkin. Kasallikning yuqish mexanizmi va klinikasi. Qaytalovchi kana terlamasi kanalar qonni sorishi natijasida spiroxetalar kananing solagi va koksial suyuqliklari orqali yuqadi. Kanalarning xusu- siyatlari bolmish metamorfoz bolinish natijasida spiroxetalar kanadan kanaga yuqishi mumkin. Kanalar uzoq vaqtgacha och- likda yashashga chidamlidir, ular ichidagi kasallik chaqiruvchi 255 spiroxetalar ham olmaydi. Yashirin davri 78 kun, birinchi xu- ruji 35 kun, keyingilari esa, 23 kun va oxirida bir necha soat davom etadi. Odatda, 810 xuruj kuzatiladi. Epidemik jarayonning namoyon bolishi. Qaytalama kana terlamasi kasalligining tabiiy ochogida kasallik yuqtiruvchisi spiroxeta bolib, u yovvoyi umurtqalilarda tabiiy biotsenoz hi- soblanadi. Spiroxetalar, asosan, kalamush va sichqonlarda, qush- larda, tiðratikanlarda uchraydi. Qaytalama kana terlamasi, asosan, kana oilasiga mansub Ornithodoros turi orqali tarqaladi. Orta Osiyo va Qozogistonda asosiy kasallik tashuvchisi bolib Borrelia sogdiana va Ornit. Papilliðes hisoblanadi. Kananing bu turi, asosan, devor tirqishlarida, eski imoratlarda, uy hayvonlari yashaydigan hayvon qoralarida yashaydi. Uzoq muddat 10 yil va undan ortiq ochlikda yashashga Arges kanalari moslashgan, shuning uchun kanalar spiroxetaning asosiy rezervuari bolib hisoblanadi. Yotish oldidan kana kirmasligi uchun choyshablar ikki qavat konvert shaklida buklanadi. Òabiiy ochogidan ushlangan ka- nalarda spiroxeta borligini tekshirish uchun dengiz chochqalariga oziqa bilan birga beriladi, songra 45 kundan keyin dengiz chochqalari qonini quloq suprasidan olib, qalin tomchi tomizib uni Romanovskiy-Gimza boyogida boyaladi, songra mikros- kop ostida koriladi. Epidemiologik nazorat. Mamlakatimizda turarjoylarni sanita- riya qoidalariga muvofiq qurish, aholining moddiy sharoitini va manaviy saviyasini kotarish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar juda katta ahamiyatga ega. Epidemiologik nazorat epi- demik jarayonni va kasallikning yuqishi, tarqalishi va kerakli ax- borotlarni yigish, ularni tahlil qilishga asoslangan hamda shu ka- salliklar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish uchun chora-tadbirlar belgilanadi. Buni amalga oshirish uchun retrospektiv va tezkor tahlillardan foydalaniladi. Poliklinikaning epidemiyaga qarshi ishi poliklinikaning bosh shifokori tasdiqlagan va tuman sanitariya-epidemiologiya stan- siyasi bilan kelishilgan reja asosida otkaziladi. Ishning asosiy bolimlari quyidagilar: a) infeksion bemorlarni erta va toliq aniqlash; ularni gospi- talizatsiya qilish yoki uyda ajratish; b) bemorlar bilan muloqotda bolgan shaxslarni aniqlash va ular ustidan tibbiy kuzatuv olib borish; 256 d) bu shaxslarni laboratoriya tekshiruvidan otkazish; e) ayrim hollarda ularni immunizatsiya qilish va profilaktik davo olib borish; f) agar bemorlar uyda ajratiladigan bolsa, ochoqlarda joriy dezinfeksiya tashkil qilish va uni nazorat qilib borish; g) bemorlar bilan muloqotdagi shaxslarning aloqasini uzish, xronik bemorlar, kasallanib otgan va infeksiya tashuvchilar ustidan dispanser kuzatuvi olib borish, profilaktik emlashlar otkazish, ixtisoslashgan sanitariya faollarini tayyorlash va aholining sanita- riya madaniyati saviyasini oshirish, bemor va kasallik tashuvchi- larni qayd qilish, hisobga olish va infeksion kasalliklar hamda epi- demiyaga qarshi tadbirlar togrisida hisobot berib turishdan iborat. Bu tadbirlarni tashkil qilish va ularni bajarish boyicha va- zifalarni taqsimlash xususiyatlari shu poliklinika tarkibida in- feksion kasalliklar xonasi (IKX) bor-yoqligiga malum darajada bogliq, chunki bu xona poliklinikaning epidemiyaga qarshi barcha ishlari boyicha konsultativ, uslubiy va nazorat qiladigan markazi vazifasini ado qiladi. Epidemiyaga qarshi ishlar boyicha vazifalarni quyidagicha taqsimlash mumkin. Uchastka shifokori va uchastka hamshirasi: infeksion bemorlarni aniqlaydi va epidemiolog bilan hamkorlikda ularni gospitalizatsiya qilish zarurligi haqidagi masalani hal qilib, DSENMga shoshilinch xabarnoma (58-shakl) yuboriladi, be- morlar bilan aloqada bolgan shaxslar ustidan tibbiy nazorat olib Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling