O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya
borilib, ularning ish, oqish joyiga, bolalar muassasasiga xabar
beriladi. Uyda qoldirilgan infeksion bemorlar davolanib, kasalla- nib otgan kishilar dispanserda kuzatiladi. Degelmintizatsiya (gij- jalarni tushirish) va profilaktik emlash otkaziladi, ixtisoslashgan sanitariya aktivini tayyorlab, aholi ortasida sanitariya maorifi ishini olib borilgan holda hovlilarni aylanib chiqiladi. Otkazilgan tadbirlarni hisobga olib borish uchun har bir kasallik ochogi uchun alohida varaqa tutib, unga bemorlar haqi- dagi malumotlar, ularning qachondan buyon kasalligi, tibbiy yordamga murojaat qilgani va gospitalizatsiyasi bilan birga kasallik ochogidagi sanitariya holati turmush sharoitlari, bemorlar bilan aloqada bolgan shaxslar haqidagi malumotlar, ularni klinik va laboratoriyada tekshirish natijalari, immunizatsiya yoki kimyo- viy profilaktika, muloqotda bolishni toxtatish, shuningdek, ochoqda sanitariya maorifi ishini olib borish haqidagi malumot- larni yozib borish maqsadga muvofiqdir. Ochoqda ish tugallan- 257 gandan song bu varaqni ambulatoriya kartasiga (25-shakl) yopishtirib qoyiladi. Rangli qogoz qiyqimi yoki shifr bilan bel- gilangan bu kartani kasal bolgan odam dispanser hisobidan chi- qarilguncha alohida saqlanadi. Katta tibbiyot hamshirasi: epidemik ochoqda uchastka ham- shiralarining infeksion bemorlarni davolashiga boshchilik qiladi. 4.8. Brutselloz Etiologiyasi. Brutselloz infeksion kasallik bolib, asosan, qo- ramol, qoy, echkilar hamda chochqalar infeksiya manbayi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu kasallik ozining epidemio- logik xususiyatlari bilan uy hayvonlarida boladigan epizootiya- larga chambarchas bogliqdir. Brutselloz chaqiruvchilari bir qancha mikroblar guruhidan iborat bolib, uch turga bolinadi: bricella melitenisis; bricella abortis bovis, bricella suis. Epidemiologik xususiyatlari jihatdan bir-biri- dan tubdan farq qilinadi. Brutsella guruhining bu uch xili tashqi muhitga turgunligi bilan ajralib turadi: ular quritilganda nobud bolmaydi hamda hay- von yoki odam organizmidan tashqarida uzoq vaqt tirik qoladi. Kasal hayvonlarning axlatlari bilan ifloslangan yer va suv hayvonla- ridan olingan ovqat mahsulotlarida (goshtda, sut, pishloq, sariyog va boshq.) brutsellalar bir necha hafta va hatto oylab tirik qoladi. Mikroblar organizmdan, asosan, siydik orqali va jinsiy or- ganlarning suyuqliklari orqali tashqariga chiqib turadi. Shu bilan birga brutsella mikroblari axlat bilan va nafas yollari orqali ham tashqariga chiqishi mumkin. Brutselloz kasalligi xilma-xil shakl- lari klinik simptomlarsiz, bilinar-bilinmas, abortiv, kuchli klinik manzaralarni namoyon qilib otadi. Epidemiologiyasi. Brutselloz tiðik zoonoz kasalliklardan bi- ridir, chunki bu kasallikda uy hayvonlari infeksiyaning asosiy manbayi rolini oynaydi. Qoy va echkilar kopincha odam uchun infeksiya manbayi hisoblanadi. Brutselloz hayvonlarda xronik kasallik sifatida davom etadi. Hayvonlar brutselloz bilan ogriganda ularda bola tashlash hol- lari boladi va jinsiy organlarida metrit, vulvovaginit, sut bezlarida mastit kasalliklari yuz beradi. Òarqalish yollari. Sharoitlarning turlicha bolishiga qarab, infeksiyaning tarqalish yollari ham har xil. Hayvonlar bilan 258 bevosita muomalada bolganda togridan togri kontakt yoli bilan ham, shuningdek, bilvosita hayvon axlatlari bilan ifloslangan narsalar orqali ham infeksiyani yuqtirib olish mumkin. Infek- siyaning bu xilda yuqishi hayvonlarni parvarish qiluvchi ishchilar, choponlar, sut soguvchilar, shuningdek, zootexniklar va vete- rinariya xodimlari uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir. Ikkinchi yoli ovqat orqali otishi. Bu yol bilan kasallik tarqalganda infeksiya manbayi juda uzoq bolishi ham mumkin. Xom sut va sut mahsulotlari pishloq, sariyog, suzma xom sutdan tayyorlangan bolsa hamda brutselloz bilan kasal hayvon goshti istemol qilinsa, brutsellalar ovqat orqali yuqib qoladi. Uchinchi yoli havo-tomchi yoli orqali yuqishi. Infeksiya bu yol bilan kamdan kam tarqaladi. Brutsellozning havo-tomchi yoli orqali yuqishi, asosan, brutselloz bilan kasallangan hayvonlar xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarda boladi. Òortinchi yoli. Brutselloz infeksiyalari suv orqali soglom organizmga otishi mumkin, chunki kasal hayvonlarning axlatlari orqali suvga tushgan brutsellalar uzoq saqlanib qolishi mumkin. 12-rasm. Brutselloz kasalligining tarqalishi. Qozgatuvchi Qozgatuvchi Odam Qo- ramol Gosht mahsuloti Yem- xashak Najas Qol 259 Epidemik zanjirning uzviy zvenosi. Odam, qoy va echkilar brutsellozga juda moyil bolib, uni tez yuqtirib oladi, chochqa brutsellozi va ayniqsa, qoramol brutsellozi unchalik kop yuq- maydi. Odam brutselloz bilan ogrigandan keyin immunitet qoladi. Biroq, bu immunitet mustahkam va uzoq muddat saqlanmaydi. Bu kasallik bilan katta yoshdagi erkaklar koproq kasallanadi. Epidemik ochoqda hamma bir xil kasallanishi mumkin. Sanitariya-turmush omillari brutsellozda katta rol oynaydi. Bu kasallik kasbga bogliq ekanligi haqida yuqorida soz yuritgan edik. Chorvachilik rivojlangan qishloq joylarda zarur tadbirlar korilmasa, brutselloz epidemik manbalarni hosil qiladi. Òabiiy omillar chorvachilik rivojlanishi uchun qulay bol- gan yaylovlar brutsellozning tarqalishi hamda hayvonlar orasida paydo bolsa, odamga ham yuqishi mumkin. Chorvachilik va, ay- niqsa, qoy, echkilarni kopaytirish rivojlangan joylarda ana shun- day sharoit mavjuddir. Bahor va yozning dastlabki vaqtida bru- tselloz kasalligi kopayadi. Brutsellozning umumiy epidemiologik xarakteristikasi. Brutsel- loz hayvonlar epizootiyasi bilan chambarchas bogliq bolgan infeksiyadir. Shuning uchun bu kasallik malum joylarda boladi, chorvachilik va ayniqsa, qoy-echkilarni kopaytirish rivojlangan joylarda, hatto epidemik manbalar hosil qiladi. Brutselloz profilaktikasi. Profilaktik tadbirlar hayvonlar epi- zootiyasiga qarshi qaratilishi lozim. Shuning uchun brutsellozga qarshi kurash sogliqni saqlash organlari bilan veterinariya xo- dimlarining hamkorligida olib borilgan infeksiya manbayiga qarshi kurashining asosiy tadbirlari mezonidir. Veterinariya-sanitariya tadbirlari: • kasal bolgan hayvonlarni oz vaqtida topish va soglom hayvonlardan ajratib, maxsus brutselloz xojaliklariga qoyish; • brutselloz xojaliklarining ichida ham profilaktik tadbirlarni amalga oshirish; • tashqaridan infeksiya kirib qolmasligi uchun karantin cho- ralarini korish lozim. Òarqalish yollarining oldini olish. Shaxsiy profilaktika chora- tadbirlari otkazish va nazorat qilib borish. Brutsellozning maxsus profilaktikasi uchun emlash ishlarini tashkil qilish. Oz kasb-ko- riga kora, brutselloz yuqishi mumkin bolganlarga, Rayt reak- siyasi va Byurnening allergik sinamasi manfiy bolsa, teri ostiga 1 ml dozada bir marta vaksina kiritilib emlanadi. 260 1. Brutselloz qozgatuvchisining qanday turlarini bilasiz, ularning odam uchun patogenligi qanday? 2. Brutsellalarning atrof-muhitga, xususan, oziq-ovqat mahsulotlarida chi- damliligi qanday? 3. Brutsellalar migratsiyasi nima? Uning epidemiologik ahamiyati qanday? 4. Brutsellozli hayvonlar infeksiya manbayi sifatida qaysi davrlarda eng xavfli boladi? Nima uchun? Brutsellalar hayvonlar organizmidan qanday ajraladi? 5. Chorvachilikda va goshtni qayta ishlash sanoatida koproq qanday holatlarda brutselloz yuqadi? 6. Brutselloz jihatidan notinch xojaliklarda oziq-ovqat mahsulotlari qanday zararsizlantiriladi? 7. Brutsellozga qarshi immunlash uchun qollaniladigan preparatga tarif bering. Brutsellozga qarshi emlashga korsatmalar qanday? 8. Brutsellozning laboratoriya diagnostikasida qanday usullar qollaniladi? 4.9. Olat Etiologiyasi. Olat juda xavfli yuqumli kasallik bolib, kuchli intoksikatsiya boshlanishi va limfa tugunlari, teri, opka va boshqa organlar yalliglanishi bilan tariflanadi. 1820-yilda olat pandemiya holida bolib otgani malum. Oshandan beri olat pandemiyasi uch marta takrorlanib, son- sanoqsiz kishilar olimiga sabab bolgan. Olat xavfli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. Kaspiy yaqi- nidagi chollar, Qizilqum, Orol, Ural va Baykal orqasidagi chol- larda uning tabiiy ochoqlari bor. Òabiiy ochoqlarda yashovchi kemiruvchi hayvonlar olatning manbayi hisoblanadi. Olat ana shu hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin. Bazan kemiruvchilardan olat tuyalarga ham yuqadi. 1990-yil- ning sentabr oyida Orol cholida bir tuyani soygan uch kishi olat bilan kasallandi va ulardan biri oldi. Yaqin va Orta Sharq mamlakatlarida ham olatning ochoqlari bor. Demak, bu kasallik shu mamlakatlardan ham otishi mumkin. Olat kasalligining epidemiologik xususiyatlarini organishda rus olimlari D. Samoylovich, L.K. Zabolotniy, N.N. Klodniskiylar katta hissa qoshishdi. Olat kasalligining mikrobi juda ham yuqumli bolib, tashqi muhitga ancha chidamsiz va oz virulentligini ozgartira oladi. Olat mikrobi tomchilar orqali tarqaladi, yani opka olati kasalligi kopayganida, deyarli 100 % yuqumli boladi. Odam infeksiya bilan juda qisqa muddat kontaktda bolganida ham darrov ogriydi. ? NAZORAT SAVOLLARI 261 Olat mikroblari tashqi muhitda uncha turgun emas, ular qu- yosh nurlari tasirida quritilganda, oddiy dezinfeksiya moddalarining tasirida tezda halok boladi. Odatda, olat mikroblari tashqi mu- hitda bir necha kundan ortiq saqlanmaydi. Biroq, past haroratda (muzlatilgan jasadlarda) bir necha oygacha saqlanib qolishi mum- kin. Olat mikroblarining virulentligi bir qancha omillar tasirida ozgaraveradi. Mikroblar qulay bolmagan sharoitlarda ostirilsa, bakteriofag tasirida, bazan esa, oz-ozidan virulentligini yoqo- tish xossasidan tirik avirulent vaksinalar tayyorlashda foydalaniladi. Olat patogenezi kasallik shakliga: bubonli yoki opka olati shaklli ekanligiga qarab har xil boladi. Olatning bubonli shaklida infeksiya teri orqali kiradi. Bunday infeksiya uni tarqatuvchi burgalar chaqqan joydan organizmga kirib qoladi. Keyin infeksiya regionar limfatik tugunlarda toplanadi, kasallikning songgi bosqichlarida qonga otadi. Mikroblar yorilgan bubondan chiqadigan suyuqlik bilan tashqariga chiqib turadi, septisemiya holatida esa, organizm- ning boshqa chiqindi axlatlari bilan ham tashqariga chiqib turadi. Olatning opka shaklida, yani opka olatida infeksiya nafas yollarining shilliq pardalaridan organizmga kiradi va balgam bilan tashqariga chiqadi. Epidemik zanjir olatda turlicha bolishi mumkin, bu kasallikning kechish shakliga bogliq boladi. Epidemiologiyasi. Olat kasalligining tabiiy sharoitdagi man- bayi yovvoyi kemiruvchi hayvonlardir. Olat mikrobining bir- lamchi rezervuari va saqlovchisi yovvoyi chol kemiruvchilari yumronqoziqlar, tarabaganlar, sugurlar, qum sichqonlari, kala- mushlar bolishi mumkin. Infeksiyaning tarqalishi. Infeksiya manbayi har xil bolishiga qarab, olatning tarqalishi ham turlichadir. Bubonli olatning ke- miruvchilardan yuqib qolish mexanizmi turli burgalarning va aso- san, kalamush burgalarining chaqishidir. Infeksiya yuqishining ikkinchi yoli ov vaqtida yoki kemiruvchilar terisini shilayotganda, ular bilan kontaktda bolishda yuqib qolishidir. Bemor va uning buyumlari bilan kontaktda bolganda ham infeksiya yuqib qoladi. Infeksiya yuqishining uchinchi yoli tomchilar orqali bolib, bu yolning opka olati uchun ahamiyati kattadir. Kasallik mikroblari bemor yotalganida shilliq tomchilar bilan chiqib, kop miqdorda atrofga tarqaladi. Nihoyat, olat bilan ogrigan hayvon (tuya) goshti istemol qilinganda, kasallik alimentar yol bilan ham yuqadi. Olat yuqqan odamlarning deyarli hammasi bu kasallik bilan ogriydi. Olat kasalligining tarqalishida sanitariya-turmush 262 sharoitlari juda muhim rol oynaydi. Infeksiyaning yuqib qolishi turarjoy, ularning qanday ekanligi va aholining madaniy saviyasi, kasal kemiruvchilar bilan qay darajada kontaktda bolishiga bogliq. Òabiiy sharoitlar tasiri. Olat kasalligining tarqalishi va uning epidemik ochoqlari hosil bolishi tabiiy sharoitlarga bogliq. Olat kasallik viruslarini saqlovchi kemiruvchilar yashashi uchun qulay bolgan cholli joylarda tarqaladigan epidemik kasallik. Òabiiy sharoit olat kasalligining geografik tarqalishi bilan birga mavsumiy kasallik bolishiga ham tasir qiladi. Olatning bubonli shakli bahor-yozda boladigan infeksiya, chunki bahorda kemiruv- chilarning qishki uyqudan uygonishi bilan ular organizmidagi qishda sust bolayotgan infeksiya zorayadi, kemiruvchilarning yosh avlodlari infeksiyani yuqtiria oladi va shunday qilib ular in- feksiyaning faol tarqatuvchilari bolib qoladi. Olatga qarshi kurash. Mamlakatimizda olatga ekzotik infek- siya deb qaraladi, chunki kasallik hozirgi kunda deyarli uchra- maydi. Kemiruvchi hayvonlar kasallik mikroblarining asosiy rezervuari ekanligini aytib otgan edik. Shuning uchun kemi- ruvchi hayvonlar kopayib ketishiga qarshi tegishli choralar amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, olatning malum epidemik ochoqlarida olat epizootiyasi paydo bolishiga yol qoymaslik choralari koriladi. Olatning tabiiy ochoqlarini yoqotish uchun kemiruvchilarning inlariga zaharli moddalar sepiladi. Olat tashxisi aniqlangach, bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi. Bemor yashagan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya otkaziladi va 6 kun muddatda karantin elon qilinadi. Bemorga yaqin yurgan odamlar 6 kun davomida shifokor nazoratida bolib, 5-kunida 3 marta termometriya otkaziladi, ehtiyot yuzasidan streptomitsin tayinlanadi. Olat ochogida ishlaydigan tibbiy xodimlar shaxsiy profilaktika qoidalariga rioya qilishlari kerak, ular albatta, olatga qarshi max- sus kiyim-boshlar kiyib ishlashlari zarur. Biror kishi olat bilan kasallansa yoki olat epizootiyasi boshlanib qolgudek bolsa, osha joyda yashaydigan aholining hammasi (2 yoshdan boshlab) olatga qarshi emlanadi. Vaksina yuborilgandan bir hafta otgach, immunitet hosil boladi. Immunitet bir yilgacha saqlanadi. Sust immunlashda bemor bilan kontaktda bolganlarga emlangan hayvonlardan olin- gan zardoblar yuboriladi. Olatning bubonli shakli ochoqlarida yashovchi kishilarga 1020 ml zardob kiritilsa, u bir qadar pro- filaktik tasir korsatadi. Opka olatida zardob yordam bermaydi. 263 4.10. Legionelloz Legionelloz (legionerlar kasalligi) otkir bakterial tabiatli bolib, zotiljam va tez-tez infeksion-toksik shok bilan otadigan yuqumli kasallik. Bu kasallik birinchi marta 1976-yil 20-iyulda aniqlangan. 1976-yil 2124-mayda «Amerika legioni» tashkiloti- ning 58-syezdi delegatlari ortasida zotiljam epidemiyasi kuzatil- gan. Jami 182 kishi kasallangan, shundan 29 tasi halok bolgan. Jami bemorlarda tana haroratining kotarilishi va zotiljam aniq- langan. Atlanta shahridagi kasalliklarni nazorat qilish markazi xodimlari keng epidemiologik tekshirishlar otkazganlaridan ke- yin yangi kasallik yuzaga keldi deb xulosa qilishgan va unga «legionerlar kasalligi» deb nom berilgan. 19761977-yillar MACDAÒE va hammualliflar ushbu ka- sallikdan olganlarning opka toqimasini organib, oldin fanda malum bolmagan bakterial mikroorganizmlarni ajratib olishdi va Legionella pneumophila nomi bilan mustaqil mikrob turi ajratildi. Kasallikning avj olish vaqtida bemordan olingan qon zardobi va otkir respirator kasalliklarning epidemik avj olish vaqtida ret- rospektiv tekshirishlar amerikalik olimlar tomonidan legionel- lozning aniq shakliy belgilarini ajratib olishga imkon berdi. Oxirgi yillarda 20 dan ortiq epidemik avj olishlar Amerika, Angliya, Ispaniya, Avstraliya, Kanada, JAR, Fransiya, Gollan- diya, Shvetsiya, Germaniyada kuzatildi. Etiologiyasi. Legionelloz kasalligining chaqiruvchisi Legionella pneumophila bolib, Legionella turkumi, Legionellaceal oilasiga mansubdir. Ushbu turkumga yana quyidagi turlar kiradi: Legionella pneumophila ularning ichida eng keng tarqalgan va 7 guruhga bo- linadi. Bu mikroorganizm saprofit bolib, organizmdan tashqa- rida, yani tashqi muhitda rivojlanish xususiyatiga ega, ayniqsa, suv havzalarida issiq joylarda mavjud bolgan ochiq suv havza- lari Legionella pneumophila uchun ekologik nuqtayi nazardan yashash joyi hisoblanadi. Legionellalar grammanfiy ionnobatsilla bolib, hajmi uzunasiga 23, bazida 820, hattoki 50 mkm, diametri 0,50,7 mkm bolishi mumkin. Uning ikki qavat qobigi va xivchinlari bolib, ribosomalar, DNK saqlaydi. Kasallik chaqiruvchisi kislotaga chidamsiz mikroorganizm- lardir. Òoqimalar va toqimadan tashqarida rivojlanish xususiyatiga 264 ega. Suyuq muhitlarda 25°C da 112 kun, 4°C da 150 kungacha saqlanadi. Distillangan suv 24 oydan, ichimlik suvi 1 yildan keyin tekshirilib, unumi olingan. 1 % li formalin, 70° li etil spirti, 0,002 % li fenol tasirida 1 daqiqada nobud boladi. 3 % li xlora- min tasirida 10 daqiqada nobud boladi. Epidemiologiyasi. Kasallanganlardan soglomlarga xastalik- ning otishi royxatga olinmagan. Hozirgi kungacha kasallik manbayi aniqlanmagan. Qushlar, kemiruvchilar va bogimoyoq- lilardan kasallik chaqiruvchisi ajratib olinmagan. Legionelloz yoz- kuz fasllarida epidemik avj olishi, qolgan oylarda sðoradik ho- latda uchrab turishi aniqlangan. Har ikki holatda ham legio- nellozning zotiljam va otkir respirat zotiljamsiz pantiak isit- masi shakli kuzatilgan. Legionellozning zotiljamli shakli 5 % kasallarda, zotiljamsiz shakli 95 %, yoshidan qati nazar, kasallanganlarda uchraydi. Bu kasallik bilan yoshlar, orta yoshdagilar, hattoki, chaqaloqlar ham kasallanadi. Kasallik kopincha qurilish ishlari bilan shugullana- digan erkaklarda uchraydi. Hozirgi kunda birdan bir otish yoli havo-tomchi, yani aerogen yol hisoblanadi. Otkazish omillariga quyidagilar kiradi: • endemik tumanlardagi tuproq; • havo kondensati tizimidagi suv; • dush jomragining bosh qismi. Òuproqda, kondensatda, dush jomragida yigilgan kasallik qozgatuvchisi suv aerozoli korinishida kishi organizimiga kirib, kasallikni keltirib chiqaradi. Legionellalarni konditsionerda, suv bochkalarida, vannalarda, dush jomragida ajratish ishi ularni shu joylarda toplanishi, rivojlanishi, yashashidan darak beradi. Sporadik holatlarda kasallik omillari aniq emas. Kopincha kasallik umumiy kondensatlangan, havo oqimi bilan taminlana- digan xonalarda tez avj olishi kuzatiladi. Amerika Qoshma Shtat- laridagi kopgina shifoxonalar bemorlari organilganda, 6 haftalik davolanish vaqtida 1500 bemordan 72 tasida legionelloz kasalligi aniqlanib, ulardan 5 tasi olgan. Avj olgan kasalliklar tahlil qilinganda, legionelloz nozokomial infeksiya ekanligi, ayniqsa, sporadik kasallik ekanligidan dalolat bermoqda. Immunitet kasallik jarayoni vaqtida paydo boladi. Maxsus antitelalarni rekonvalessent davrida tashxis testlarida aniqlash mumkin, keyin ular kamayadi. Gumoral immunitet aniq emas. Kasallik qaytalanishlari kuzatilmagan. 265 Profilaktika. Legionellozning maxsus profilaktikasi uchun vak- sina ishlab chiqilgan bolib, sinovdan otkazilmoqda. Kasallikni bemordan soglom kishilarga otishi aniq bolmaganligi uchun karantin tadbirlar otkazilmaydi. Asosiy muhim bolgan holat suv havzalarida kasallik chaqiruvchilarini aniqlash va unga qarshi zararsizlantirish tadbirlarini otkazish. Bizga malum dezinfeksiya eritmalaridan foydalanganda, uning samaradorligi uncha bolmagan. Faqat suv 60°C da qizdirilsa, uning samarasi yaxshi boladi. 1. Toshmali terlamaning tarqalishiga asosiy sabablar nimalardan iborat? 2. B, C, D gepatitlarning epidemiologik korinishlariga tarif bering. 3. Gemorragik isitmaning yuqish mexanizmini bayon eting. 4. Ku-isitmada epidemik jarayonning rivojlanishi qanday otadi? 5. «XXI asr vabosi» togrisida malumot bering va epidemik rivojlanishini izohlang. 6. Olat kasalligi epidemiologiyasiga tarif bering. 7. Legionelloz kasalligining otish mexanizmlari qanday? ? NAZORAT SAVOLLARI 270 Asosiy tadbir umumiy ehtiyot emlashlar, quturgan va daydib yurgan itlarni yoqotish, itlarga tumshuqbog taqish kabilar aso- sida hayvonlar ortasida quturishga qarshi muntazam ravishda rejali kurash olib borishdan iborat. Hayvon odamlarni tishlaganda, tirnaganda va solagi tush- ganda jarohatni kop miqdorda olingan sovunli eritma, yod erit- masi bilan tezda yuvish, shikastlangan odamni esa, zudlik bilan travmatologiya punktiga yuborish kerak. Bu yerda unga emlash tayinlanadi va emlanadi. Quturishga qarshi birinchi emlash 1885-yilda Lui Paster tomonidan ozi tayyorlagan vaksina bilan otkazilgan. Paster vaksina olish uchun quyonlar miyasiga qu- turgan hayvonlar miyasidan olingan eritmani yuborgan. Kasal- likni bir quyondan ikkinchisiga birin-ketin yuqtirib, Paster 90 passajdan keyin quyonda quturish kasalligining inkubatsion davri 21 kundan 7 kungacha qisqarganligini aniqlagan. Kasal quyon orqa miyasi oyuvchi kaliy ustida 14 kun mobaynida qu- ritilganda, virus kasallik qozgatish qobiliyatini yoqotadi. Fik- satsiyalangan virusning bu xossalari uni profilaktik vaksina ko- rinishida qollanishga imkon berdi. Paster laboratoriyasidan keyin emlash Paster stansiyalari nomini olib, boshqa muassa- salarda ham otkazila boshlandi. Jahonda birinchi bolib, Paster stansiyalaridan biri 1886-yili Odessada ochilgan edi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling