O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus
Kitobxonlarning axborot madaniyatini tarbiyalash shakllari
Download 371.04 Kb.
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kitobxonlar madaniyatini shakllantirish
- MUNDARIJA
- BIBLIOGRAFIYA
Kitobxonlarning axborot madaniyatini tarbiyalash shakllariMatbuotda axborot va kompyuter madaniyati haqida fikrlar ko‘plab uchraydi. Avvaldan kutubxonachilik ishida kitobxon madaniyati, o‘qish madaniyati tushunchalari ishlatilgan. Zamonaviy xususiyatlar ta’sirida axborot va kitobxon madaniyati tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin ma’noda qo‘llanilishi ko‘zga tashlanyapti. Bu tushunchalar shunisi bilan dolzarbki, zamon axborotlashib bormoqda, axborot olami kengayib ketdi. Endi har bir kishi vaqtidan unumli foydalangan holda o‘zi uchun zarur axborotni o‘z vaqtida olishga ulgurishi kerak. Axborot olamidan o‘zi uchun kerak axborotni tanlab olish, uni qayta ishlab chiqish dengiz tubidan gavhar qidirish bilan teng. Hozirgi kun ta’lim va tarbiya tizimida kishilarni, ayniqsa, bolalarni kelgusida axborotlashgan jamiyat hayotida faol yashashga tayyorlash muammosi turibdi. Buning uchun maktab o‘qituvchilarini va kutubxonachilarni axborot madaniyatiga o‘qitish zaruriyati tug‘iladi. Axborot madaniyati—axborotni qidirish, axborot resurslari (matbuot nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish, axborotni qidirish, topish, u bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish, shaxsiy hayotida va mehnat faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi darajasi. Har bir kishi buni bajarish jarayonida quyidagi savollarga javob bera olishi zarur: —Men nima qilishim kerak? —Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak? —Axborotni qanday yo‘l bilan olishim kerak? (Axborotni qidirish uchun aniq resurslarni tanlash) —Qaysi resurslardan foydalanishim zarur? —Resurslardan qanday foydalanishim kerak? (Tanqidiy tahlil qila bilish) —Undan nimani yozib olishim kerak? (Axborotni saralash va tanlash) —Zarur axborotni ola bildimmi? (Tahlil, sintez, baho berish) —Uni qanday va qay yo‘l bilan taqdim etish kerak? (Natijaga baho berish) Axborot madaniyatini tarbiyalash maktab va bolalar kutubxonasi xodimlarining asosiy vazifasi. Chunki kitobxon kitobxonlik umrining asosiy vaqtini shu kutubxonalarda o‘tkazadi. Shuning uchun kutubxonachi-pedagog kasbini tayyorlash vazifasi muhim vazifalardan biri. Masalan, Rossiya maktablarida kutubxonachilar kichik sinf o‘qituvchilariga kitobxonlik va axborot madaniyatini shakllantirishda yordam berish bo‘yicha maxsus dasturlar yaratilgan. Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida o‘rta sinflarda kutubxonachilik-bibliografik bilimlar targ‘ib qilinadi, o‘rgatiladi. Yuqori sinflarda esa axborot madaniyati asoslaridan darslar o‘tiladi. Bizning xalqimiz avvaldan kitobxon xalq. Ammo kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish lozim. O‘zbekcha maktab o‘quvchilariga o‘zbek adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti haqida ko‘proq tasavvur va tushuncha hosil qildirishimiz kerak. Shuningdek, adabiyotni davrlar bo‘yicha, mamlakatlar bo‘yicha, janrlar bo‘yicha ham ajrata olishlari zarur. Bunday tushunchani, bilimni shakllantirish, avvalo, adabiyot fani o‘qituvchilarining ishi bo‘lsa, ikkinchidan, kutubxonachining ham vazifasidir. Kutubxonachilar axborot madaniyatini tarbiyalashda quyidagilarga e’tiborni qaratishlari kerak: — tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish — davlat qonunlarini, rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash; —estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati ko‘nikmalarini tarbiyalash; —bibliografik madaniyat; —zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini va madaniyatini tarbiyalash; —muloqot madaniyatini shakllantirish. Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan ish olib borishda quyidagi prinsiðlarga amal qilinadi: rejalilik; ketma-ketlik; bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi, darajasini hisobga olgan holda yondashish). Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar, turli bibliografik, uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim berishga oid turli xil qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar, savol-javob o‘yinlari, turli videonamoyishlardan foydalaniladi.
Kitob o‘qish madaniyati, axborotni qidirish, to‘plash, tahlil qilish, tanlash, undan to‘g‘ri foydalana olish qoidalarini ko‘pchilik kitobxonlar tushunib yetmaydilar. Estetik madaniyat ko‘nikmasi har bir fuqaroga zarur. Chunki estetik tarbiya olgan kishigina yaxshilikka intiladi, ezgulik ko‘rsata oladi, yaxshilikdan, go‘zallikdan bahra olishni va boshqalar bilan uni baham ko‘rishni biladi. Go‘zallikni tushuna olmagan, his qila olmagan kishidan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha adabiyot va san’at asarlaridan, ular asosida yaratilgan audio va video hamda elektron manbalardan unumli foydalanish burchimizdir. O‘qish madaniyati—bu o‘qish, mutolaa uchun hujjatni to‘g‘ri tanlay bilish, eng zarurini ajrata olish, undan o‘z vaqtida to‘g‘ri foydalana olish, amaliyotda unumli foydalanish ko‘nikmasi. O‘qish madaniyati, asosan, yosh kitobxonlar bilan ishlovchi maktab, kollej va litsey qoshida tashkil etilgan axborot-resurs markazlarining vazifasi. Uni tarbiyalashda o‘qituvchilar, ota-onalar va kutubxona xodimlarining hamkorligi zarur. Bibliografik madaniyat. Ko‘p hollarda kutubxona kataloglari, shuningdek, elektron kataloglar, adabiyotlar ro‘yxati, tavsiya qo‘llanmalari, bibliografik ko‘rsatkichlar, sharhlar, yirik bibliografik manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Har qanday ilmiy izlanishlar, tadqiqot ishlari ularning yordamisiz amalga oshmaydi. Ayniqsa, faqatgina bir kutubxonada yaratilgan elektron katalogdan emas, balki boshqa mamlakat kutubxonalarining elektron katalogidan foydalanishda bibliografik elementlarni bilish bibilografik yozuvlarning qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar katta ahamiyatga ega. Bibliografik manbalardagi yordamchi apparatlar —ismlar, predmet, alifbo ko‘rsatkichi, mundarija, kirish so‘zi va boshqa turli ma’lumotlardan unumli foydalanish ko‘nikmasi kitobxon uchun zarur. Bunday ko‘nikmani shakllantirib borish ham kutubxona xodimining vazifasidir. Axborot texnologiyalari asrida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi va madaniyatiga ehtiyoj katta. Har bir kutubxona, axborot markazi, o‘quv xonalari, sinfxonalar va auditoriyalar kompyuterlashtirilmoqda. Ana shunday sharoitda kompyuterdan foydalanishning texnik va gigiyenik qoidalarini anglab yetish, texnika xavfsizligiga amal qilish, kompyuterni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan unumli foydalanish talab etiladi. AKM va ARMlarda tashkil etilgan axborot texnologiyalari bo‘limlarining asosiy vazifasi ana shu ko‘nikmani va madaniyatni tarbiyalashdan iborat. Buning uchun har bir foydalanuvchi bilan ishlash, turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, ommaviy tadbirlarning, yakka tartibda olib boriladigan ishlarning sifatini oshirish, maxsus o‘quv kurslari tashkil etishni nazorat qilib borish, maslahatlar uyushtirish kutubxonalar tajribasiga kirib keldi. Muloqot madaniyatini shakllantirish. Alisher Navoiy: „So‘z aytish va so‘z tinglash odobiga alohida e’tiborni qaratish, uni ota-ona tarbiyasining nishonasidur“, deydi. Muloqot—ikki va undan ortiq kishi o‘rtasidagi suhbat. Suhbatlashish, muloqotga kirishish odobi har bir inson uchun zarur. Muloqot davomida o‘zaro fikr almashinadi, bir-biridan o‘rganiladi, tarbiyaviy jarayon amalga oshadi, bilim olish, ma’lumot olish, o‘zida mavjud fikr va mulohazadagi xatoni to‘g‘rilash, kamchilikni to‘ldirish, boyitib borish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun o‘zaro muloqotda odobni saqlash, o‘zaro hurmat, e’tibor, diqqat talab etiladi. Ammo uni kitob vositasida, kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlar ta’sirida amalga oshirish ko‘proq samara beradi. Hatto kitobxon oilada olmagan bilimini kutubxonadan topadi, oilada berilmagan yaxshi fazilatni boshqalar ta’sirida o‘ziga singdiradi. Bunda kutubxona xodimidan, har bir tarbiya va ta’lim maskani xodimidan shaxsiy namuna talab etiladi. Savol va topshiriqlarAxborot madaniyati nima? Kompyuter madaniyati deganda nimani tushunasiz? O‘qish madaniyati va bibliografik madaniyatning ahamiyatini ayting. Muloqot madaniyati haqida tushuncha bering. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Karimov I. A. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. —Ò.,1997. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot— pirovard maqsadimiz. Asarlar.—Ò.: „O‘zbekiston“, 2000. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak.— 10- jild. —Ò.: „O‘zbekiston“, 2000. Milliy istiqlol g‘oyasi. —Ò.: „O‘zbekiston“, 2001. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi // Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. —Ò.,1987. Axborotlashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: 1993- yil 7-mayda qabul qilingan // „Xalq so‘zi“, 1993. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 12apreldagi 123- sonli „Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarori //„Xalq so‘zi“. 2002. Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkiletish to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidenti qarori // „Xalq so‘zi“, 2006. Mamatraimova H. Bibliografiya // O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2-jild. —Ò., 2001. Mamatraimova H. Bibliografiyashunoslik//o‘sha joyda. Mamatraimova H. Davlat bibliografiyasi//o‘sha joyda.—3- jild.— Ò., 2002. Òuropov M. M., Mamatraimova H., Lyapustina N. O‘zbekiston retrospektiv bibliografiyasi: o‘quv qo‘llanma.— Ò., 1995. Çåìñêîâ À. È., Øðàéáåðã Þ. Ë. Ýëåêòðîííûå áèáëèîòåêè: Ó÷åáíîå ïîñîáèå —M., 2001. Rahmatullayev M. A. va boshq. Avtomatlashtirilgan kutubxona: o‘quv qo‘ll./ M. Rahmatullayev, A. O. Umarov, U. F. Karimov, A. Sh. Muhammadiyev.—Ò., 2003. Ðàõìàòóëëàåâ Ì. Ä. Èíôîðìàöèîííûå òåõíîëîãèè â áèáëèîòåêàõ: ìåòîä. ïîñîáèå. —Ò., 2003. Ñïðàâî÷íèê áèáëèîãðàôà. 2-îå èçä. ïåðåðàá.è äîï.— ÑàíêòÏåòåðáóðã, 2003. Òóðîïîâ Ì. Ì. Ðàçâèòèå áèáëèîãðàôè÷åñêîãî äåëà â Óçáåêèñòàíå (1852 —1970 ãã). —Ò.: „Fan“, 1983. UNIMARC: Ââîäíûé êóðñ / Ïåð. ñ àíãë. —M.,1995. MUNDARIJAKirish............................................................................................. 3 bob. Bibliografiyaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati ....................................................... 6 bob. Bibliografik axborotning asosiy shakllari, axborotni yig‘ish va uzatish .......................................13 III bob. Bibliografiyaning obyektlari.......................................26 IV bob. Axborot — bibliografiya resurslari ..............................52 V bob. O‘rta Osiyoda bibliografiya..........................................59 VI bob. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Òurkistonda bibliografiya ishi ......................73 VII bob. O‘zbekistonda Milliy va davlat bibliografiyasi.............94 VIII bob. Retrospektiv bibliografik qo‘llanmalar....................101 IX bob. Maxsus bibliografik qo‘llanmalar .............................113
bob. Nashriyot va kitob savdosida bibliografik qo‘llanmalar ............................................................118 bob. O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar...................122 XII bob. Kutubxonalarning bibliografik faoliyati....................153 bob. Kutubxonalarning ma’lumot — bibliografiya apparati (MBA) .......................................................161 bob. Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish .......169 XV bob. Òavsiya ko‘rsatkichlarining kichik shakllarini tuzish ...177 bob. Og‘zaki bibliografik obzorlarni tayyorlash va o‘tkazish ..................................................................179 bob. Iste’molchilarga ma’lumot-bibliografiya xizmati (MBX) ko‘rsatish....................................................184 XVIII bob. Kutubxonani bibliografik axborotlashtirish ..............190 XIX bob. Xalqaro bibliografik formatlar .................................194 XX bob. Kitobxonlarning axborot va kompyuter madaniyatini tarbiyalash va shakllantirishda kutubxonalar faoliyati.............................................200 Foydalanilgan adabiyotlar ..........................................................205 Zuhra Berdiyeva, Hamroxon Mamatraimova, Tursunoy Zokirova BIBLIOGRAFIYA(Umumiy bibliografiya) Madaniyat, san’at va pedagogika kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 4- nashri „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent —2017 Muharrir S. Xo‘jaahmedov Badiiy muharrir Sh. Xo‘jayev Òexnik muharrir S. Nabiyeva Kompyuterda sahifalovchi N. Ahmedova Musahhih Z. G‘ulomova Nashriyot litsenziyasi AI ¹291.04.11.2016. Original-maketdan bosishga ruxsat etildi 13.11.2017. Bichimi 60½90 1/16. Kegli 11 shponli. Tayms garniturasi. Ofset bosma usulida bosildi. Ofset qog‘ozi. Shartli b. t. 13,0 Hisob-nashriyot t. 12,09. Adadi 568 nusxa. Buyurtma ¹667. Original-maket O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida tayyorlandi. Toshkent—206, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 1- uy. «NISO POLIGRAF» MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, «Oq-Ota» QFY, Mash’al mahallasi Markaziy ko‘cha, 1-uy.
I. Berdiyeva Z. va boshq. ISBN 978-9943-22-160-4 UO‘K: 011/019 KBK 78.5ya 721 Download 371.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling