Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi
Download 281 Kb.
|
Ish beruvchi kamida ikki oy oldin Kasaba uyushmasi qoʻmitasiga xodimlar ommaviy ravishda ishdan boʻshatilishi mumkinligi haqida axborot taqdim etadi va ishdan boʻshatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatilish haqidagi qarorini olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega. Ish beruvchi har bir xodimning kelgusida ishdan boʻshatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning kasbi, mutaxassisligi, malakasini va mehnatiga haq toʻlash miqdorini koʻrsatgan holda ikki oydan kechiktirmay “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuasiga kiritish orqali mahalliy mehnat organi eʼtiboriga ham yetkazadi. Jamoa shartnomasini tuzish paytida xodimlar uchun belgilanadigan ijtimoiy kafolatlarni ushbu Kelishuvda belgilanganidan kam boʻlmasligini taʼminlash majburiyati Ish beruvchi zimmasiga yuklanadi. Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor kasaba uyushmasi taqdimnomasini Ish beruvchi bir haftalik muddatda koʻrib chiqib, natijasi haqida unga yozma ravishda xabar beradi. Ish beruvchi kasaba uyushmasining xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan hujjatlar talablarining buzilishi haqidagi bildirgisida bayon etilgan holatlarni bartaraf etishda kasaba uyushmasiga koʻmaklashadi. Xodimlar bilan mehnat shartnomasini kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olmay turib Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi (Mehnat kodeksining 164-moddasi). Mehnat shartnomasi: korxona tugatilishi munosabati bilan; Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan istalgan asoslardan biriga koʻra tashkilot rahbari, alohida tarkibiy boʻlinma rahbari bilan; tashkilot mulkdori oʻzgarganligi munosabati bilan Mehnat kodeksi 489-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilotning alohida boʻlinmasi rahbari bilan bekor qilingan taqdirda Kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligini olish talab etilmaydi. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish haqida kasaba uyushmasi qoʻmitasiga kiritilgan taqdimnoma Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya Qoʻmitasining 2021-yil 19-martdagi 2-37 “s” sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasaba uyushmasi organlarida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini koʻrib chiqish tartibi” asosida 10 kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi. Ish beruvchi oliy, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan muddatli harbiy xizmatdan qaytgan shaxslar, yoshlar, voyaga yetmagan farzandlari bor ayollar, nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining boshqa toifalarini ishga joylashtirilishiga har tomonlama koʻmaklashadi. Shuningdek, tashkilotning tugatilishi va qayta tashkil etilishi natijasida ish joyidan boʻshatilgan xodimlarning qonuniy huquqlariga rioya etish, ularni qayta oʻqitish, malakasini oshirish va ishga joylashtirishga koʻmaklashadi. Ish beruvchi oʻz tizimida oʻquv dasturlariga “Xalqaro va milliy mehnat standartlari” mavzusida taʼlim kurslari kiritilishini taʼminlaydi. Ish beruvchi xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilmaydi. Download 281 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling