Ichki kommunikatsiya deganda korxona ichidagi bo’limlar o’rtasidagi, korxona ichki
faoliyatini yurgizish uchun zarur bo’lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu erda boshqaruv
bo’g’inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo’limlararo (gorizonlatl kommunikatsiya) axborot
almashuvi amalga oshiriladi.
Rahbar va bo’ysinuvchi o’rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotlarda eng ko’p uchraydigan
axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshlig’i yoki masterning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli
aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada rahbar faqat o’z qarorini billdiribgina qolmay,
bo’ysinuvchilarga ta'sir ko’rsatishi, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish
uyg’otishi mumkin. qo’pollik bilan baqirish, "so’kinish"ga va hokazolarga aslo yo’l qo’ymaslik
kerak. Rahbarning shaxsiy obro’si ko’p jihatdan u o’z fikrini qay tarzda bildirishiga, qanday
so’zlashiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |