O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet192/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Marketing  ob'ektlariga  moddiy  tovar,  xizmatlar,  g’oyalar,  tashkilotlar,  hududlar  va  shaxslar
kiradi. Marketing ob'ektlarini, odatda, "tovarlar" tushunchasiga birlashtiradilar.
Moddiy tovarlar shaxsiy iste'mol tovarlariga, ishlab chiqarishga va davlat ijtimoiy maqsadlari
uchun mo’ljallangan tovarlarga bo’linadi.
Xizmatlar (uy-ro’zg’or, ishlab chiqarish, moliyaviy, transport va aloqa, ijtimoiy, intellektual) -
marketing  faoliyatining  eng  yaxshi  rivojlanayotgan  sektori.  Ularning  sifati  o’zgaruvchan,  chunki
aniq bajaruvchiga bog’liq va ularni standartlash qiyin.
G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari, loyihalar, texnologiyalar, patentlar, nou-xaular,
ijtimoiy  me'yorlar  va  an'analar,  ehtiyojlar  va  ularning  ierarxiyasini  o’z  ichiga  oladi.  g’oyalar
marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy ta'minotining rivojlanishiga uzviy bog’liqdir.
Tashkilot  marketingning  ob'ekti  sifatida  tashkiliy  struktura  va  modellar  jihatidan  ham,
huquqlar,  imtiyozlar  va  hokazo  jihatidan  ham  qaralishi  mumkin.  Biznes  muhitida  va  umuman
jamiyat nazarida tashkilotning obro’izzati haqida alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda,
firmaning, tovarning belgisi yoki firmaning xizmat ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi.
Hududlarga  marketing  ob'ektlari  sifatida  uyjoy,  dam  olish  joylari,  xo’jalik  qurilishlari,
investitsiya  ob'ekti  sifatida  er  ham  kiradi.  Ancha  kengroq  ma'noda  hududlar  marketingi  haqida
gapirganda  ko’chmanchilar,  turistlar,  biznesmenlar  kategoriyasini  umumiy  holda  belgilash,
moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni tushunish mumkin.
Shaxs  haqida  gapirganda,  avvalo,  mehnat  resurslari  va  ish  joylari  bozorini,  shuningdek,
madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot, sport va boshqa sohalardagi buyuk shaxslar bozorini
nazarda tutadilar.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling