Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma'lum davr ichida oldindan ko’rish va uning
asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga ta'sir o’tkazuvchi
omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e'tibor qaratiladi.
Shuni e'tiborga olish lozimki konyunktura tahlili va prognozida uning o’ziga emas, balki
konyunkturaga ta'sir qiluvchi omillarga ko’proq ahamiyat beriladi. Shu sababli, bozor
konьyunkturasiga ta'sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. har qanday bozor
konьyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
•
makroiqtisodiy omillar;
•
mikroiqtisodiy omillar, ya'ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va
raqobat omillari.
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda rivojlana olmaydi.
Shu sababli, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar
qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga javob topish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |