firmalarning mohiyati va mazmuni
Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi.
Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub'ekti
bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab
chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta'kidlangan.
Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro raqobat va
mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning
o’zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkaxokimlik
tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo’jalik jihatdan mustaqil ish ko’rishi va
tashabbus ko’rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning
ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxonaga davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi.
Firma - bu korxonadan farqli o’laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-
tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi, davolash muassasasi
uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun
ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham
nisbatan ishlatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga keladi.
Firmalar turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |