O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Boshqarishning iqtisodiy usullari


Download 0.66 Mb.
bet83/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari
Boshqarishning  iqtisodiy  usullari  -  iqtisodiy  manfaatlardan  foydalanishga  asoslanadi.  Zero,
har  qanday  jamiyatning  iqtisodiy  munosabatlari,  eng  avvalo  manfaatlarda  namoyon  bo’ladi.
Manfaatlar uch xil bo’ladi:
• 
 umumjamiyag manfaatlari;
• 
 jamoa manfaatlari;
• 
 shaxsiy manfaatlar.
Bu  manfaatlarni  uyg’un  sur'atda  bog’lab  olib  borish  muammosi  bir  qator  muammolarni  hal
qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi.
Masalan,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  umumjamiyag  manfaatlarini  ro’yobga  chiqarish
maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni:
• 
 korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;
• 
  xo’jaliklarni  pirovard  natijalariga  binoan  moddiy  rag’batlantirish,  soliq

imtiyozlarini berish;


• 
  korxona  va  xo’jaliklar  o’rtasidagi  o’zaro  shartnomalarning  bajarilish  intizomini
mustahkamlash va ularning rolini oshirish;
• 
 moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
• 
  bozor  munosabatlari  mexanizmlari:  baho,  foyda,  soliq,  rentabellik,  raqobat  va
hokazolarga keng e'tibor beriladi.
Iqtisodiy  boshqaruv  usullarining  asosiy  vazifasi  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  (xizmat)
birligiga  sarflanadigan  xarajatni  kamaytirishga  imkon  beruvchi  xo’jalik  mexanizmlarining  yangi
usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu  usulda  kishilarning  shaxsiy  va  guruhiy  manfaatlarini  yuzaga  chiqarish  orqali  ularning
samarali  ishlashi  ta'minlanadi.  Bu  maqsadga  qo’shimcha  ish  xaqi  to’lash,  mukofotlar  berish,  bir
yo’la  katta  pul  bilan  taqdirlash  kabilar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Iqtisodiy  metodlar
boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu
usulning  mazmunini  yaxshi  bilishi  va  ularni  to’gri  qo’llay  olishi  kerak.  Boshqariluvchi  ob'ektga
iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni:
• 
 jiddiy rejalar qabul qilishga:
• 
 mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
• 
 yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
• 
 mehnat unumdorligini oshirishga;
• 
  raqobatbop  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  rag’batlantiruvchi  va  shunga  da'vat
etuvchi bo’lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, bunda jamoalar
va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan
bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
• 
kredit va foiz stavkasi;
• 
soliq va soliq yuki;
• 
boj to’lovlari;
• 
subsidiya va sanktsiya;
• 
litsenziya;
• 
transfert to’lovlari;
• 
narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish chog’ida ham,
uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar  ma'muriy  boshqarish  usullari  o’zini  o’zi  boshqaradigan  bozor  mexanizmlariga  qarshilik
ko’rsatsa,  ularga  to’sqinlik  qilsa,  iqtisodiy  usullar  esa  aksincha,  ulardan  foydalanishga  tayanadi.
Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida
davlat korxonalarga o’z ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi. 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling