O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


"Kompaniya ishi = mijoz kutadigan natijalar"


Download 0.66 Mb.
bet194/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

"Kompaniya ishi = mijoz kutadigan natijalar"
Umumlashtirishning  pastroq  darajasida  firmaning  aniqroq  miqdoriy  va  sifatiy  maqsadlari
haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, firmaning obro’-e'tiborini oshirishga
yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Mashhurlikni oshirish.
2. Yuqori imijga erishish.
3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish.
4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash.
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
5. Foydaning hajmi.
6. Sotilishlar hajmi.
7. Bozor ulushining oshishi.
8. Barqarorlikni ta'minlash.
9. Xarajatlarni kamaytirish.
10. Mehnat unumdorligi.
Miqdoriy  maqsadlarning  tanlanishi  va  tartibga  solinishini  soddalashtirib,  biznes  sohasida
quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash - bugun yuqori foyda olish yoki ertaga
yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida tanlashdan iborat".
Bu  ifoda  mantiqqa  va  iqtisodiy  ma'noga  ega  bo’lsa  ham,  u  muammoni  haddan  tashqari
osonlashtirib yuboradi.
Shunday  qilib,  firmaning  maqsadi  -  u  pirovard  natijada  nimaga  erishmoqchi,  vazifalari  -
qo’yilgan  maqsadga  erishish  uchun  nima  qilishi  kerak.  Amalda  marketing  quyidagi  asosiy
vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:
1.  Mavjud  yoki  potentsial  talabni  aniqlash  yo’li  bilan  u  yoki  bu  mahsulot  (tovar,  xizmat)ni
ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.
2.  Xaridorlar  talabiga  javob  beruvchi  mahsulot  modellarining  nusxalarini  yaratish  bo’yicha
ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish.
3.  Korxonaning  ishlab  chiqarish,  sotish  va  moliyaviy  faoliyatini  tartiblashtirish  va
rejalashtirish.
4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun
faoliyatini,  shu  jumladan,  transportirovka,  o’rash,  sotish,  reklama,  texnik  va  servis  xizmat
ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo’naltirish.
Marketing  funktsiyalari  uning  amaldagi  mohiyatini  ifodalaydi.  Ular  tovar  siyosati,  narxning
hosil  bo’lishi,  kommunikatsiyalar  va  sotish  orqali  namoyon  bo’ladi.  Bunda  quyidagi  savollarni
echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:
Nimani  ishlab  chiqarish  kerak?  Bozorning  holati  va  korxonaning  kerakli  mahsulotni  ishlab
chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi.

Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari o’rganiladi.


Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortiment, narx,
o’rash, sotish, reklama va hokazo).

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling