Etuklik bosqichi. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda takomillashgan texnologiyalar
bo’yicha yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi. Bu bosqichda ko’pgina ishlab chiqaruvchilarda
sotilmay qolgan tovarlarning zahiralari to’planib qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi kamayadi.
Natijada raqobat keskinlashadi. Raqobatchilar ko’proq past narxlarda sotishga harakat qiladi.
Reklama kuchaytirilib, tovarlarning yaxshilangan variantlarini ishlab chiqarishga mablag’lar
sarflanadi. Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradi. Eng kuchsiz raqobatchilar
kurashdan chetga chiqa boshlaydilar. Tarmoqda faqat mustahkam o’rin egallagan raqobatchilargina
qoladi.
Marketing xizmati tovarning hayotiy davrini uzaytirish, sotish hamda foydaning kamayishiga
yo’l qo’ymaslik uchun tovar, bozor va marketing kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi
kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |