O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Narx  belgilashning  raqobatchilar  narxiga  asoslangan  usuli


Download 0.66 Mb.
bet280/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Narx  belgilashning  raqobatchilar  narxiga  asoslangan  usuli.  Korxonaning  narx  siyosatiga
raqobatchilarning  narxlari  va  bozorda  narx  o’zgarishiga  raqobatchilarning  munosabati  katta  ta'sir
ko’rsatadi.  Demak,  raqobatchilar  narxini  o’rganish  -  narx  shakllanishi  sohasida  muhim
elementlardan biri hisoblanadi. Dastavval korxonaning narx siyosati bozor tipiga bog’liq ekanligini
qayd etishi lozim.
Agar  bozor  sof  raqobatchilar  bozori  bo’lsa,  unda  sotuvchi  bozordagidan  yuqori  narxni  talab
qilishi mumkin emas, chunki xaridorlar ushbu bozor narxi bo’yicha tovarning xohlagan miqdorini
ochiq  sotib  olishlari  mumkin.  Demak,  bu  erda  narxlar  talab  va  taklif  asosida  belgilanadi.  Bunda
narxlar qat'iy va ularga alohida korxona tomonidan ta'sir ko’rsatish deyarlik mumkin emas.
Bozor tiplaridan yana biri monopolistik raqobat bozori hisoblanadi. Bunday bozor ko’p sonli
xaridorlar  va  sotuvchilardan  iborat.  Ular  o’zlarining  bitimlarini  yagona  narx  bo’yicha  emas,
narxlarning  keng  diapazoni  bo’yicha  amalga  oshiradilar.  Bunday  sharoitda  korxona  narxni
o’zgartirishi uchun keng imkoniyatlarga ega.
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuliga korxonaning bozorda mustahkam
o’rin  egallab  turgan  etakchi  korxona  belgilangan  narxiga  qarab  narx  belgilashini  ham  kiritish

mumkin. Bunday holda korxona o’z tovariga bozor etakchisi belgilagan narxdan ko’ra pastroq narx


belgilaydi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling