O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti
-chizma. Jamoatchilik bilan bo’ladigan aloqalarning asosiy yo’nalishlari
Download 0.66 Mb.
|
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org
37-chizma. Jamoatchilik bilan bo’ladigan aloqalarning asosiy yo’nalishlari
Balki, bu borada iste'molchilarni shu tovarlarning iste'mol xossalari haqida har tomonlama xabardor qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, birinchi navbatda, korxonalar reklama vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil dekabr oyida qabul qilingan "Reklama to’g’risida"gi qonunida qayd etilishicha "Reklama - haqiqiy va jismoniy shaxslar yoki mahsulot haqidagi bevosita yoki bilvosita foyda olish maqsadida tarqatiladigan maxsus axborotdir". Bu qonunda ko’rsatilganidek, reklama aniq, haqiqiy va qonunlarga zid bo’lmasligi kerak. Shuningdek, foydalanilayotgan reklama shakl va vositalari iste'molchilarga ma'naviy va moddiy zarar keltirmasligi talab etiladi. Demak, "Reklama to’g’risida"gi qonun reklamani ishlab chiqish va tarqatish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarning huquqiy asosini yaratib berdi. Uning asosiy maqsadi tovarlarning sifati, iste'mol xususiyatlari va boshqa tavsiflari haqida noaniq, haqiqiy bo’lmagan ma'lumotlarni tarqatishning oldini olish asosida huquqiy va jismoniy shaxslarning, shuningdek iste'molchilarning haq-huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. Halqaro savdo palatasi tomonidan 1987 yilda qabul qilingan halqaro reklama Kodeksida ham har qanday reklama murojaati odob-axloq normalariga mos, haqqoniy va ishonchli bo’lishi ko’rsatib o’tilgan. Ko’pincha reklama tovarni sotadi degan uncha to’g’ri bo’lmagan xulosaga kelinadi. Chunki, reklama tovarni sotmaydi, balki potentsial xaridorlarni topib, talabni rag’batlantiradi. Masalan, xaridor magazinga kirib axtargan tovarni topdi, lekin tovarning sifati, assortimenti yoki bahosi uni qoniqtirmaganligi sababli tovarni sotib olmasdan magazindan chiqib ketdi. Bu erda xaridorga reklama ta'sir ko’rsatadimi? - degan savol tug’iladi. Bu savolga ha, - deb ijobiy javob berish mumkin. Reklama uchun eng asosiy vazifa - bu potentsial xaridorni tovar sotilayotgan joyga keltirishdan iboratdir. Xaridorning magazinga kelib, tovar sotib olmasdan chiqib ketmasligi uchun reklama tovar siljitishning boshqa uslublari bilan birga qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Eng asosiysi esa tovar sifati va estetik xususiyatlari bo’yicha xaridor didiga mos bo’lishi kerak. Shu sababli reklamaning samaradorligini sotilgan tovarlar hajmi bilan emas, balki potentsial xaridorlarning necha marta tashrifi va necha marta telefon orqali murojaat qilganligi kabi ko’rsatkichlar asosida baholash to’g’ri hisoblanadi. Reklamaning vazifasi - xabar berish, ishontirish va eslatishdan iboratdir. Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan dalolatdir. Reklamani ishlab chiqish va tashkil etish korxona butun faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Shu sababli reklama ishlarini tashkil etish ma'lum tartib va qoidaga bo’ysunadi. Quyidagi 38-chizmada reklamani ishlab chiqish tartibi keltirildi. Maqsadli auditoriyani aniqlash va tahlil qilish Reklamaning maqsadini aniqlash Reklama byudjetini ishlab chiqish Reklama tarqatish vositalarini tanlash Reklama murojaatining g’oyasini aniqlash Reklama matnini tayyorlash Reklama kompaniyasi parametrlarini tanlash Reklamaning samaradorligini baholash Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling