O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet322/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Muomala  xarajatlari  -  mollarni  sotish  bilan  vujudga  keladigan  savdo  tashkilotlarining
chiqimlari. Sof muomala xarajatlari (sotuvchilar, kassirlar, buxgalterhisobchilar, reklama xarajatlari)
va yangi qiymat hosil qiluvchi qo’shimcha muommala xarajatlari (tashish, ishlash, saqlash, tortish,
joylash).
Mo’'tadil (optimal) talab - qondirish imkoniyatlariga mos, ma'qul talab.
Muhtojlik  -  kishining  o’z  hayoti  va  faoliyatida  biror  narsa  etishmayotgani,  zarur
bo’layotganini his qilish; biror narsaga zaruriyat.
Mo’ljallangan  bozor  -  biror  korxona  tanlab  olgan  aniq  iste'molchilar  guruhi,  korxonaning
mavjud va bo’lajak iste'molchilar majmui.
Mujassamlashtirilgan  marketing  strategiyasi  -  korxona  butun  marketing  kuchg’ayratini
bozorning  bir  yoki  bir  necha  bo’g’iniga  mujassamlashtirishdan  iborat  marketing  turi  yoki
strategiyasi.
Murojaat tarqatish - ma'lumotlarni, murojaatni iste'molchilarga etkazish yo’llari.
Narx diapazoni - aniq tovar narxining eng yuqori va eng quyi chegaralari oralig’i.
Narx kafolati - ishlab chiqarish va savdo korxonasi omborida saqlanib, jo’natiladigan tovarlar
qiymatini  yo’qotmasligi  uchun  xaridor  olib  ketadigan  paytda  hozir  amal  qilayotgan  eng  quyi
narxdan past narx.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling