Talab ko’rsatkichlari - talabni miqdor va sifat jihatidan ifoda etadigan belgalar, vositalar.
Talabni baholash - umuman yoki aniq tovar bo’yicha talab hajmi, darajasi, o’zgarishini uning
ko’rsatkichlari yordamida aks ettirish, taqqoslash va xulosa qilish jarayoni.
Talabning darajasi - talab hajmining biror ko’rsatkich, belgi, mo’ljalga nisbatan qiyosiy
ifodasi.
Talabning tarkibi - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar ro’yxati.
Talabning strukturasi - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar va ularning hissalari.
Talabning rivojlanish qonuniyatlari - talabning zaruriy ob'ektiv o’zgarishlarini aks ettiruvchi
jarayonlar.
Talabni prognoz qilish - talabning kelgusida bo’lajak holati va o’zgarishlarini ilmiy asosda
oldindan aniqlash jarayoni.
Talabning hajmi - ma'lum tovarga bo’lgan talabning natural birlik yoki so’mda ifodalangan
umumiy miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |