O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet74/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

6.  Seleng  firmalari  -    ular  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  mulklarini  jalb  etish  va  bu
mulklardan  o’z  ehtiyojlari  bo’yicha  erkin  foydalanish  masalalari  bilan  shug’ullanadilar.  Bu
mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul, qimmatli qog’ozlar kiradi.
7.  Trast  firmalari  -  bu  xususiy  shaxslar  va  tashkilotlar  uchun  sir  saqlanadigan  (ishonchli)
xizmatlarni  bajaradi  Ular  ishonchli  vakil  sifatida  faoliyat  ko’rsatadi.  Trast  firmalar  shartnoma
shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida quyidagi xizmatlarni bajaradi:
- korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;
- nomli aktsiyalardan foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish; 
-  moliyaviy  mablag’lar,  xususiylashtirish  cheklari,  qimmatli  qog’ozlar  va  hokazolardan
foydalanish.
Qisqa xulosalar
Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi
o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni
tashkil  etishning  dastlabki  va  belgilovchi  omili  ishlab  chiqarish  jarayoni  bo’lib  hisoblanadi.  U
o’zaro  bog’langan  asosiy,  yordamchi  va  xizmat  ko’rsatuvchi  jarayonlardan  iborat  bo’lib,  bu
jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.
Boshqarish  strukturasi  boshqarish  apparatining  operativ  ishlashini  ta'minlashi  lozim.  Bu
faoliyat  joriy  vazifalarni  o’z  vaqtida  va  mohirlik  bilan  tez  hal  etishda  namoyon  bo’ladi.  Bunga
ishlab  chiqarishning  miqyosi,  murakkabligi,  boshqarish  ob'ektlarining  joylashuvi  ham  ta'sir
ko’rsatadi.  Shunday  qilib,  boshqarish  strukturasi  qanchalik  mukammal  bo’lsa,  ishlab  chiqarish
jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling