O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi Kengashi yig‘ilishining bayonnomasidan tashqari ko‘chirma
Download 21.39 Kb.
|
Кафедра баённома 2023 июнь ярим йиллик
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI: 9.3 HAR XIL MASALALAR
- ESHITILDI: Tayanch doktorant D.I.Toshpulatova
- Kafedra mudiri f.f.b.f.d. (PhD) J.R.Abduganiyeva
- KAFEDRA KENGASH YIG‘ILISHI QAROR QILADI: 1.
- Kafedra mudiri p.f.f.d. (PhD) J.R.Abduganiyeva
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi Kengashi yig‘ilishining bayonnomasidan tashqari KO‘CHIRMA 9-iyun 2023-yil Toshkent shahri Qatnashdilar: Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri, majlis raisi, p.f.f.d. (PhD) J.R.Abduganiyeva, majlis kotibi o’qituvchi A.A.Kenjayeva, f.f.f.d. (PhD) Sh.N.Abdullayeva, f.f.d., f.f.d., prof. H.B.Samigova, f.f.d., prof. G.I.Ergasheva, kafedra dotsenti B.A.Xolbekova; katta o‘qituvchilar A.Xamidov, Sh.M.Kalimbetov, L.K.Zuparova, D.U.Mirsagatova, A.N.Axmedova; o‘qituvchilar K.Alimova, D.Sobirova, N.Qurbonova, A.To’rayev, G.Saidova, stajor o’qituvchilar P.Najimova, N.Tursunovna, X.Botirova va kafedraga biriktirilgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda dissertant Toshpulatova Dildora Ikromjon qizi. KUN TARTIBI: 9.3 HAR XIL MASALALAR 2-kurs tayanch doktoranti Toshpulatova Dildora Ikromjon qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha «Qutadg’u bilig» dostonidagi maqollarni ingliz tiliga tarjima qilish xususiyatlari (U.Mey va R.Denkofning ingliz tilidagi tarjimalari asosida) » mavzusidagi (PhD) ilmiy-tadqiqot ishining bajarilishi borasidagi 2023 yilning 6 oylik hisoboti muhokamasi: ESHITILDI: Tayanch doktorant D.I.Toshpulatova: I lmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va uning doirasida chop etilgan monografiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishib chiqish maqsadida A. Navoiy nomidagi milliy ARM, O’zbekiston FA fundamental kutubxonasi va O‘zDJTU ARMlarida faoliyat olib borildi va quyidagi nashrlar chop etishga taqdim etildi: 1. To‘plangan ilmiy ma’lumotlar asosida “O’zbek va ingliz folklorshunosligida maqol janri talqini” nomli maqola O’zbek tili, adabiyoti va folklori institutining OAK tasarrufiga kiruvchi O’zbek tili va adabiyoti jurnaliga taqdim etildi. Maqolaning taxminiy nashr sanasi – 4-son, 2023 yil (iyul-avgust) 2. To‘plangan ilmiy ma’lumotlar asosida “O’zbek va ingliz folklorshunosligida maqolning poetik xususiyatlari haqidagi qarashlar” nomli maqola Namangan davlat universitetining OAK tasarrufiga kiruvchi Ilmiy axborotnomasiga taqdim etildi. Maqolaning taxminiy nashr sanasi 9-son, 2023) Hozirgi kunda to‘plangan ilmiy ma’lumotlar asosida quyidagi ilmiy maqolalar ustida ishlanmoqda: 3. “Qutadg’u bilig”dagi maqollarning mavzu ko’lami” nomli maqola; 4. “Qutadg’u bilig”dagi maqollar tarjimalarining vazn muammolari” nomli maqola; 5. “Qutadg’u bilig” tarjimalarida so’z tanlash muammosi (maqollar misolida) nomli maqola; 6. “Qutadg’u bilig”dagi maqollarda bir va ko’p deskriptivlilik” nomli maqola; 7. “Tarjimada badiiy tasvir vositalarini qayta yaratish muammolari” nomli maqola; nomli maqolalar ustida ishlanmoqda, ular yakunlangach xalqaro jurnal (2), respublika OAK (2), respublika konferensiya (2), halqaro (1) konferensiyalarga topshirish mo‘ljallanmoqda. Kafedra mudiri f.f.b.f.d. (PhD) J.R.Abduganiyeva: Tayanch doktorant tomonidan tadqiqot ishlari reja asosida olib borganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Tayanch doktorant o‘z ilmiy ishi ustida muntazam ish olib bormoqda. Xususan, dissertatsiya mavzusi yuzasidan ilmiy maqolalar chop ettirgan, ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalari bilan faol qatnashgan. Dissertatsiya bajarilishining 2023 yilning 6 oylik rejasi bajarilgan. Doktorant D.I.Toshpulatova o‘z mavzusiga doir dissertatsiya, avtoreferat, monografiya va boshqa yangi manbalar bilan tanishgani, mavzuning 2 bobi to‘liq yozib tugatgani, mavzu doirasida maqola va tezislar chop etilganligi aynan uning 2023 yilning yarim yillik rejasi bajarilganligidan dalolat beradi. KAFEDRA KENGASH YIG‘ILISHI QAROR QILADI: 1. 2-kurs tayanch doktoranti Toshpulatova Dildora Ikromjon qizi ning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha «Qutadg’u bilig» dostonidagi maqollarni ingliz tiliga tarjima qilish xususiyatlari (U.Mey va R.Denkofning ingliz tilidagi tarjimalari asosida) » mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishining bajarilishi borasidagi 2023-yilning yarim yillik hisoboti qoniqarli deb topilsin (Rasmiy hujjatlar ilova qilinadi). 2. Muhokama jarayonida bildirilgan ayrim taklif va mulohazalarni inobatga olish dissertant D.I.Toshpulatova e’tiboriga havola etilsin.
Download 21.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling