O’yin rahbarlariga qo’yiladigan talablar.
O’qituvchining o’yinga tayyorlanishi
O’yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o’yin muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishning
muhim sharti bo’lib hisoblanadi. O’qituvchi o’yinni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan
qiladigan ishlaridan o’yinga qatnashuvchilarning tarkibini, ularning yosh xususiyatlarini,
shuningdek, jismoniy tayyorgarligini hisobga olib, dars oldiga qo’yiladigan asosiy vazifalarni
aniqlab chiqishi zarur. Ba’zan shunday bo’lishi ham mumkinki, yaxshi o’yin tanlanadi-yu, lekin u
yomon o’tkaziladi. Bunday hollar tanlangan o’yinning o’ynovchilarning qiziqish-havaslariga mos
kelmaganligi natijasida ro’y beradi va shuning uchun ham tarbiyaviy vazifalarni hal qila olmaydi.
O’qituvchi o’yinni tanlagan paytda mashg’ulotning qanday shaklda o’tkazilishini (agar
mashg’ulot dars tarzida o’tkazilsa, o’yin darsning birinchi, ikkinchi yoki yakunlovchi qismida,
tanaffus vaqtida va hokazolarda olib borilishini) bilishi kerak. O’yin o’tkaziladigan joy (sport zali
36
yoki maydoncha, koridor va hokazo) hisobga olinishi lozim. O’yinni tanlash paytida ob-havo va
havo harorati hisobga olinishi darkor. Agar o’yin qish paytida o’tkaziladigan bo’lsa, o’quvchilarni
aktivlashtiradigan va jismoniy yuklamani bir tekisda taqsimlaydigan harakatliroq o’yinlarni tanlash
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |