O’zbеkistоn dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy va harakatli oyinlar
Nomeri bilan chaqirish
51
O’yin tasviri. Onaboshi qilib tayinlangan o’ynovchidan boshqa hamma o’yinchilar katta davra hosil qiladilar va oldindan chizib qo’yilgan kichik doirachalarga turadilar. Rahbar o’ynovchilarni beshtadan qilib ajratadi va ularga nomerlar berib har kim o’z nomerini unutmasligini uqtiradi. Onaboshi o’yinchilar saflangan katta doira o’rtasiga borib turadi. Shundan keyin rahbar istagan tertibida birdan beshgacha bo’lgan nomerlarni chaqiradi. Nomerlari aytilgan o’yinchilar bir- birlari bilan joylarini almashtirishga majburdirlar. Onaboshi bo’sh qolgan o’rinni egallashga intiladi. Agar u bunga muvaffaq bo’lsa, doirachadan chiqib ketgan o’yinchining nomerini oladi. Joysiz qolgan o’yinchi esa onaboshi bo’ladi. O’yin maydonida bir marta ham onabosh bo’lmagan yoki boshqa qatnashchilarga qaraganda kamroq onaboshi bo’lgan o’yinchilar yutib chiqadi. O’yin natijalarini hisoblab chiqishda birinchi onaboshining roli hisobga olinmaydi. O’yin qoidalari. 1. Joy almashinish vaqtida doirachaga boshqa o’yinchidan oldin oyoq qo’ygan (hatto bitta oyog’ini qo’ygan bo’lsa ham) o’yinchi doirachani egallagan hisoblanadi. 2. Egallangan doirachadan o’yinchini itarib chiqarish, o’yinchilarni bir doirachadan ikkinchi doirachaga yugurib o’tish paytida ushlab qolish taqiqlanadi. Eslatma. Birdaniga ikkitadan nomerni chaqirish, o’yin oxirida esa joylarni almashtirish uchun o’yinchilarning hammasini yoki yarmini “Juft nomerliklar!”, “Toq nomerliklar!” deb chaqirish mumkin. O’yinchilar turadigan doirachalar boshqa bironta belgilar bilan almashtirilishi ham mumkin.
O’yinning o’ziga xos harakatlari. Tez va qisqa-qisqa yugurishlar.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling