O’zbеkistоn dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#256717
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Bog'liq
milliy va harakatli oyinlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

IV. SPORT SEKSIYALARIGA BOLALARNI TANLASHDA  


 

28 


XALQ HARAKATLI O’YINLARINING O’RNI 

 

Harakatli o’yinlar, estafeta o’yinlari  maktab sport  seksiyasida  yetakchi o’rinlardan  birini 

egallaydi. 

Harakatli o’yinlar  basketbol, voleyvol,  futbol, qo’l to’pi  va  boshqa  seksiyalarda ko’proq 

qo’llaniladi.  Shuningdek,  gimnastika,  yengil  atletika  va  suzish  seksiyalarida  ham  harakatli 

o’yinlardan foydalaniladi. 

Seksiyalarda  har  xil  o’yinlardan  muntazam  ravishda  o’rinli  foydalanish  o’quvchilarning 

jismoniy jihatdan o’sishlariga, orttirgan malakalarining takomillashuviga anchagina yordam beradi. 

O’quvchilarda zaruriy jismoniy xislatlarni taraqqiy ettirish uchun jismoniy tarbiya darslarida ilgari 

o’tilgan  o’yinlarni  qaytarib  turish  mumkin.  Bunda  ilgari  o’tilgan  o’yinni  yangi  qoidalar  asosida 

yangi variantlarda o’tish lozim. 

Seksiyalar  ishida  harakatli  o’yinlardan  foydalanish  bolalarning  yosh  xususiyatlariga, 

shuningdek,  mahalliy  va  mavsumiy  sharoitlarga  bog’liq  bo’ladi.  Uncha  tayyorgarlik  ko’rmagan 

kichik yoshdagi o’quvchilarga juda ko’p va xilma-xil o’yinlar o’rgatiladi. 

Ko’proq  tayyorgarlik  ko’rgan  guruhlarda  o’yinlar  kamroq  o’tkaziladi.  O’zbekistonda 

bahor,  yoz  va  kuz  paytlarida  ayniqsa  basketbol,  voleybol,  qo’l  to’pi,  tennis  va  yengil  atletika 

seksiyalari  ishlab  turishi  lozim.  Bunday  vaqtlarda  “Dasta  chikaldak”  (chillak  o’yini),  “Qoziq 

o’yini”, “Kamalak”, “Oq tosh” singari milliy va rus xalq o’yinlaridan foydalanish lozim. 

Turli  harakatli  o’yinlar  va  sport  xarakteridagi  o’yinlardan,  shuningdek,  har  xil  yengil 

atletika  mashqlaridan  foydalanish  paytida  o’quvchilarda  musobaqalarga  qiziqish  uyg’otish  lozim. 

Bu eng yaxshi yutuqlarga erishishga yordam beradi. 

O’quvchilar ko’pincha o’yinga berilib ketib, uni o’zgartiradilar, eski qoidalarni yig’ishtirib 

qo’yib,  yangilarini  o’ylab  chiqaradilar,  maqsadga  erishish  yo’lini  qiyinlashtiradilar  va  shu  tariqa 

yangi  o’yinni  vujudga  keltiradilar.  Ana  shuning  uchun  ham  o’yinni  qaytarishdan  (ayniqsa  bu 

qaytarish bolalarning istagi bilan bog’liq bo’lgan hollarda) sira qo’rqmaslik kerak.    


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling