O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim maktabida ishlaydigan o`qituvchi


Download 46.61 Kb.
bet1/3
Sana12.02.2023
Hajmi46.61 Kb.
#1191974
  1   2   3
Bog'liq
ped


Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega?
O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim maktabida ishlaydigan o`qituvchi:
-pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon;
-milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma`naviy barkamol;
-O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etilishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to`g’ri anglagan, e`tiqodli fuqaro;
-ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahorati, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan;
-o`qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi ulg’ayib yaxshi odam bo`lishiga chin ko`ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan;
-erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo`lmog’i darkor.
Pedagog imiji bu-?
Imidj - aniq bir insonga bо’lgan munosabatda insonlar tafakkurida yuzaga 
keladigan tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyekt qiyofasidir. 
Pedagogik imidj - pedagogning ma‘naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi 
kо’rinishi о’rtasidagi о’zaro uyg’unlik va mutanosiblikdir.
Pedagogik faoliyat deganda qanday jarayon tushuniladi?
Pedagogik faoliyat oʼz mohiyatiga koʼra ijodiy xarakterga ega. Maʼlumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tugʼiladi. Oʼqituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati, pedagogik faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bogʼliq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyo qarashini, eʼtiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga boʼysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalar yechish jarayonidir. Oʼqituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yoʼllarini qidirib topa bilishlarida ifodalanadi.
Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati nima?
Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) - akkreditatsiyadan o’tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning ta’lim dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat.
Pedagogik jarayonning vazifasi nimalardan iborat?
Ilgʼor pedagogik tajribani oʼrganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish, oʼquv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli oʼzgarishlar kiritish, oʼquvchilarning bilim faoliyatini boshqarish, yangi koʼrinishdagi oʼquv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab boʼladi.

O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati qaysi javobda to‘g’ri ko‘rsatilgan?


Kommunikativ malakalar:
1. O`quvchilar, ota-onalar, o`qituvchilar, jamoatchilik
vakillari bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq keladigan munosabat va aloqalar o`rnata bilish.
2. O`quvchilar jamoasining qiziqishlarini, ichki munosabatlarini idora qila bilish.
3. O`quvchilar fikrini tushunish va o`z fikrini tushuntira bilish.
4. O`quvchilar bilan yaqindan munosabatda bo`lish va
ularda o`ziga nisbatan mehr, ishonch, hurmat uyg’ota bilish.
Muloqot nima?
Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir

Nutq texnikasiga nimalar kiradi?


Nutq qobiliyati — nutq yordamida, shuningdek imo ishora vositasida oʼz fikr va tuygʼularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu oʼqituvchilik kasbi uchun juda muhimdir.Oʼqituvchining nutqi darsda hamisha oʼquvchilarga qaratilgan boʼladi. Oʼqituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, oʼquvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan boʼlsa ham uning nutqi xamisha oʼzining ichki kuchi, ishonchi, oʼzi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrining ifodasi oʼquvchilar uchun aniq, sodda tushunarli boʼladi.
2020-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan nechanchi son bilan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning yangi tahriri imzolandi?

Download 46.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling