O‘zbekiston ekosistemalari va ularni haritada aks ettirish


Ekosistemalar mahsuldorligi


Download 142.5 Kb.
bet2/7
Sana16.01.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1094706
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI 2

2. Ekosistemalar mahsuldorligi.

Ekosistemada o‘simliklar tomonidan vaqt birligi ichida yaratiladigan organiq modda miqdori ekosistemaning birlamchi mahsuldorligi deyiladi. Umumiy va sof birlamchi mahsuldorlik farq qilinadi. O‘simlik tomonidan vaqt birligi ichida yaratilgan organiq moddaning umumiy miqdori umumiy birlamchi mahsuldorlikni tashkil qiladi. Bu mahsuldorlikning bir qismi o‘simlikning xayot faoliyatini ushlab turishga sarflanadi va tanada to‘planadi. Bu o‘sishiga sarflangan qism sof birlamchi mahsuldorlikni hosil qiladi. Sof birlamchi mahsuldorlik konsumentlar uchun energiya zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Vaqt birligi ichida konsumentlar massasining o‘sishi ekosistemaning ikkilamchi mahsuldorligini hosil qiladi. Ikkilamchi mahsuldorlik har bir oziq darajasi uchun aloxida hisoblab topiladi.


Ekosistemadagi barcha orgpnizmlarning massasi biomassa deb ataladi.
Sof birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikning yaratilishi va sarflanish tezligi jihatidan ekosistemalar turli tuman bo‘ladi. Lekin barcha ekosistemalar uchun birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikning aniq miqdoriy nisbatlari xos. Har doim vaqt birligi ichida yaratilgan birlamchi biomassa miqdori oziq darajalarning ketma ketligi buylab kamayib boradi. Bu qonuniyat ekologik piramida koidasi deyladi.
Organiq moddaning yaratilish tezligi har bir trofik darajadagi organizmlarning biomassasini belgilamaydi. Produtsentlar va konsumentlarning aniq biomassasi shu trofik darajada yaratilgan organiq modda va uning keyingi darajaga berilgan miqdorlarining nisbatiga bog‘liq. Bundan tashkari biomassa miqdoriga organizmlardagi avlodlar almashinish tezligi ham ta’sir kursatadi.
Quruqlik ekosistemalarida biomassalar piramidasi qonuni amal qiladi, ya’ni o‘simliklar biomassasi har doim o‘simlikxur hayvonlar biomassasidan, o‘simlikxur hayvonlar biomassasi esa yirtqichlar biomassasidan yukori bo‘ladi.
Turli ekosistemalarda biomassaning o‘sish tezligi turlicha bo‘ladi. Urmonlarda biomassa sekinrok usadi va yiliga 2-6% ni tashkil qiladi. Utchil o‘simliklar xukumron biotsenozlarda yillik mahsuldorlik 40% dan 76% gacha bo‘lishi mumkin. Utloqlarda o‘simliklar tomonidan bir yilda yaratilgan biomassaning 70%i gacha hayvonlar tsmonidan istexmol qilinsa, urmonlarda bu kursatkich o‘rtacha 10% ni tashkil qiladi.
Okeanlarda asosiy produtsentlar bir xujayrali suvo‘tlar bo‘lib, ularda avlodlar almashinishi juda tez. SHuning uchun bir yilda ular uz biomassalariga nisbatan bir necha yuz martagacha ko‘p mahsulot yaratadi. Lekin sof birlamchi mahsulot tezda oziq zanjiriga tushadi va suvutlar biomassasi juda kam usadi. Tez ko‘payish hisobiga organiq modda zahirasi doimo etarli bo‘lib turadi. Okeanlarda biomassalar piramidasi qonuni amal qilmaydi. YUkori trofik darajalarda biomassa ko‘prok to‘planadi. O‘simliklar biomassasi hayvonlar biomassasidan kamrok bo‘ladi.



Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling