Oʻzbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya


Download 13.89 Kb.
Sana30.06.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1657830
Bog'liq
7-mart Afg\'oniston MID



2023-yil 7-mart kuni Toshkentda Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda asosiy eʼtibor Afgʻonistonga insonparvarlik yordamini tezkorlik bilan koʻrsatish, Afgʻonistonni mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik jarayonlariga faolroq jalb etish, Kobulning yangi hukumati tomonidan afgʻon ayollariga nisbatan ularning huquqlarini cheklovchi choralarni qayta koʻrib chiqishga qaratildi.


“Afgʻon ayollarining mehnat va taʼlim olish huquqini taʼminlash Afgʻoniston yangi jamiyatining ajralmas qismiga aylanishi, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni yakuniy qaror toptirishga hissa qoʻshishi kerakligi” - taʼkidlandi.
Tomonlar Afgʻonistonda joylashgan barcha terrorchilik guruhlari mintaqaviy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid solishda davom etayotganini taʼkidlab, amaldagi de-fakto afgʻon hukumatidan mamlakatdagi terrorchilik guruhlarini yoʻq qilish boʻyicha yanada samaraliroq choralar koʻrishga qatʼiy chaqirdilar.


Oʻzbekistonning BMT shafeligida tomonlarning oʻz majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarishga qaratilgan algoritmi tayyorlanadi.
Kelgusida Afgʻoniston hukumati bilan kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhi tuziladi.
Tunsin Deklaratsiyasiga muvofiq, Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining 4-yigʻilishi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling