O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti Dalerjon G‘anijon o‘g‘li Mirzayevga tavsiyanoma


Download 5.43 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi5.43 Kb.
#1639059
Bog'liq
Daler Mirzayev Tavsiyanoma


O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti Dalerjon G‘anijon o‘g‘li Mirzayevga
TAVSIYANOMA
Dalerjon Mirzayev Tarix institutiga stajyor tadqiqotchi sifatida ishga qabul qilingan paytdan (2021-yil) boshlab tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi va ishiga mas’uliyatli xodim sifatida tanildi. 2023-yildan buyon Tarix institutining tayanch doktoranti sifatida jadid.uz va manba.uz loyihalari, shuningdek, Turkiston tarixidagi dastlabki matbuot tarixiga oid tadqiqotlar olib bormoqda. Uning izlanishlarida, asosan, “Turkiston viloyatining gazeti” Turkiston siyosiy tarixi bo‘yicha manba sifatida tadqiq qilmoqda.
D. Mirzayev yosh tadqiqotchi sifatida Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligining bosib olinishi, Qo‘qon xonligining tugatilishi, jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, undan tashqari Turkiston muxtoriyati tarixining matbuotda yoritilishi yo‘nalishlariga oid ishlar olib bormoqda. Uning tadqiqotlari natijalari turli ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda nashr ettirib, Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy yig‘inlarda maqola va ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Hozir u O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo rahbarligida (“Turkiston viloyatining gazeti” Turkiston siyosiy tarixi bo‘yicha manba) mavzusida Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya ishi ustida ishlamoqda. O`tgan qisqa davr ichida D. Mirzayev ilmiy kuzatishlar, tadqiqotlar olib borishga layoqatli ekanligini ko`rsatdi.
D. Mirzayev institut rahbariyati, bo‘lim boshlig‘i, tajribali ustozlar, ilmiy rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarib keladi. Men yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, tayanch doktorant Dalerjon Mirzayevning mavzusi bo‘yicha muvaffaqiyatli ish olib borishiga ishonch bildiraman hamda uning nomzodini qardosh mamlakatlar olimlari bilan tajriba almashish uchun “Yosh turkologlarning yozgi o‘qishlari”da ishtirok etishga tavsiya qilaman.
O‘zR FA Tarix instituti direktori,
tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo
24.05.2023
Download 5.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling