O`zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti
Download 0.64 Mb.
|
Pardayev U. Psixologiya MT №8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar
Emotsiya turlari
Emotsiya-hissiyot, affekt, kayfiyat, kuchlihayajonlanish (stressholati) kiradi. Emotsiyalar – ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma’noni anglatadi (qurquvdantitrashvax,.k.), kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tib ketadigan jarayonlar affektlar (hissiyportlashlar) deb ataladi. Ularongning anchagina darajada o‘zgarganligi, hatti-harakatlarni nazorat qilishning bo‘zilganligi, odamning o‘z-o‘zini idrok qila olmasligi bilan ajralib turadi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, uholda affekt burondir. Kuchli zuriqish (ko‘z yosh to`kish, kulish) natijasida mayda sa’i-xarakatlar barbod bo‘ladi. Induktiv tormozlanish yarimsharlar qobig‘I ni tobora ko‘prok, darajada egallay boshlaydi, 6utafakkurning izdan chiqishiga olib keladi, qobiq osti yo‘llarida qo‘zg‘alish kuchaya boshlaydi. Hissiyot yoki tuyg‘u – emotsiya shaxs ruhiy hayotining shunday tomoniki, bunda tashqi ta’sirotning xarakteri va shaxsning unga bo‘lgan munosabatlari ifodalanadi. Hissiyot so‘zilotin tilidan kiritilgan bo‘lib, “hayajonlantiriaman”, degan ma’noni anglatadi. “Hissiyot” ko‘p hollarda emotsiya so‘zi bilan bir ma’noda ishlatiladi. Hissiyot shaxsning voqiylika bo‘lgan munosabati va unihisqilishdan kelib chiqadigan, uning ehtiyoji va qiziqishlari bilan bog‘liq yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardir. Biror narsadan huzurlanish ba’zan behuzur bo‘lish, suyunish, qayg‘urish, muhabbat, qahrug‘azab, g‘ayratvashijoat, qo‘rqish, iztirobchekish, tashvish, xotirjamlik kabi holatlarning harqaysisi hissiyot yoki emotsiyaga misol bo‘la oladi. Bu tuyg‘ular kishida harqanday ijtimoiy sharoitda ham bo‘ladi. Biz his bilan sezgi o‘rtasidagi farqni o‘quvchilarga aniq tushuntirishimiz zarur. Ko‘pincha “Hidini his qildim”, “Ko‘nglim alla nechuk xavotirni sezayapti” deyishadi. Ammo haqiqatda hid bilishs ezishdir, xavotirlanish- hissiyotning mahsulidir. Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko‘ra, uning holatihaqida fikr yuritish mumkin. His-tuyg‘ular - kishiningo‘zhayotidanimalaryuzberayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bulayotganiga nisbatan o‘zichaturli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuy g‘ularning kechishi sub’ekt alohida his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-birnarsani idrok etish va tushunib etish, biror narsa tug‘risida bilib olish idrok etilayotgan, ushuni bolinayotgan, ma’lum yoki noma’lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro‘yberadi. Shuhollarning barchasida histuyg‘ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so‘z yuritiladi. His-tuyg‘uniboshdan kechirishning turli shakllari: 2. KAYFIYAT - haqida tushuncha. Kayfiyatlar – ancha vaqt- davomida kishining butun hatti- harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifodalaydi. U shodlik, qayg‘u, jizzakilik yoki muloyimlik tarzida bo‘ladi. Kayfiyatlar odatda o‘ziga-o‘zi hisob bermasligi va sust namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Asosiy hissiyotlar stress holati – inglizcha stress – tazyiq ko‘rsatish, zuriqish degan so‘zdan olingan qiziqish (emotsiyatarzida) – malakava kunikmalarning rivojlanishiga, ta’lim olishiga moyillik tug‘diradigan bilimlarni egallashga yordam beradigan hissiy holatdir. Quvonch - qiziqish, g‘ayratlanish, iztirobchekish, g‘azablanish, nafratlanish, jirkanish, qurquv, uyalish -bular hissiyotning asosiy belgiva ko‘rinishlaridir. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo‘nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchlihis-tuyg‘u ehtiros deb ataladi. Muhabbat - ko‘rsatadigan, hamda uni sub’ektining barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo‘yadigan yuksak daraja sidir. Ta’lim berish jarayonida talabalarda intellektual tuyg‘ularni shakllantirish, bilishga qiziqish va ishtiyoq uyg‘otish masalasi hamisha dolzarb hisoblangan. Ma’lumki, agar talaba ta’limolishida bilimga ishtiyoq ustunlik qilmasa, agar u doimo yangi narsani bilib olayotganidan shodlik va baxtiyorlikni his etib turmasa, u xolda talaba o‘qishda va mehnatda yuksak natijaga erisha olmaydi. Ba’zi predmetlar, voqealar, xarakatlar shaxsni quvontiradi, huzur bag‘ishlaydi, xursand qiladi. Ba’zi predmetlar esa shaxsni xafa qiladi, qaxr-g‘azabini qo‘zg‘aydi, behuzur qiladi. Tashqi ta’sirotning xarakteriga (ijobiy yoki salbiyligiga) qarab shaxs unga nisbatan o‘zining munosabatini bildiradi. Tashqi ta’sirotning yoqimli tomonlari shaxsda ijobiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Mazakilish, qoyilqilish, huzur-halovat, sevinch, quvonch, xursandchilik kabi holatlari jobiy munosabatning ko‘rinishlaridir. Tashqi ta’sirotning noxush, yoqimsiz tomonlari shaxsda salbiy munosabatlarni paydo qiladi g‘azablanish, ranjish, xafalik, qo‘rqish, behuzur bo‘lish kabilar salbiy munosabatning ko‘rinishidir. Shaxs o‘zining kundalik faoliyatida turli-tuman hissiy xolatlarni boshdan kechiradi. Agar u xavf ostida bo‘lsa. qo‘rquvni his qiladi, muvaffaqiyatga erishsa, zavqlanadi, intilish va xarakatlari to‘g‘ri, unumli ro‘yobga chiqsa, quvonadi, ruhiko‘tariladi. Demak, shaxsda turli his-tuyg‘ularning vujudga kelish manbai uning ehtiyojlari, natijalari va istaklaridir. Shaxsning o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘lidagi xarakatlarning muvaffaqiyati ijobiyhislarni, uning qiyinchiliklarga duch kelishi, mag‘lubiyatga uchrashi esa salbiy tuyg‘ularni uyg‘otadi. Turli emotsiyalar shaxsning xulq-atvoriga o‘ziga xos hissiy ohang beradi, barqaror kechinma larni vujudga keltiradi. Ba’zan esa, emotsiyalar to‘satdan va shiddatli paydo bo‘lib, tez o‘tadi. Shuni xam ta’kidlash lozimki emotsional xolatlar odamlarda turlicha kechadi. Ba’zi odamlarda bu xilatlar barqaror, ta’sirchan, chuqur kechsa, ayrim odamlarda engi lo‘tadi. Shaxslar his-tuyg‘ularining chuqurligi. kuchi, barqaror yoki beqaror emasligi bilan bir birlaridan farq qiladilar. Har bir shaxsdagi hissiy xolatlar uning boy ichki dunyosi, g‘oyaviy yo‘nalishi, e’tiqod va ideallari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijobiy his-tuyg‘ular shaxsning butun vujudini qamrab oladi, uning hayotini yanada mazmunli to‘liq va baxtiyor qiladi. Bunday hislar shaxsga qanot bag‘ishlaydi. His-tuyg‘ular shaxs to‘g‘risida, uning psixik xolatlari va individual xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Hissiyotlarning bir maqsadni ko‘zlashi, prinsipialligi shaxsni so‘zi bilan ishi bir bo‘lgan barkamol odamga aylantiradi. Hissiyotlarda sub’ektivlik va sotsiallik mohiyati mavjuddir. Hissiyotlarga sub’ektiv ikmoxiyati nuqtai nazaridan beriladigan baho hamma vaqt ham uning sotsial mohiyatiga to‘g‘ri kelavermaydi. Sub’ektiv ravishda nohush, shaxsni ranjitadigan kechinmalar sotsial etibori bilan ijobiy hissiyot hisoblanadi. Masalan, uyalish shaxs uchun yoqimsiz hissiyot bo‘lib, azob hissi bilan kechiriladi. Ammo sotsial moxiyati nuqtainazaridan uyalish yuksak. Ijobiy axloqiy hisdir. Agar intizomni buzgan student o‘qituvchi tomonidan tartibga chaqirilganda, uyalib qizarmasa, u eng yuqori insoniy fazilatdan maxrum bo‘lgan bo‘ladi. G‘azab yoki nafrat sub’ekt uchun salbiy noxush xolatdir. Lekin, g‘azab, nafrat dushmanga, axloqqa xilof xarakatga, intizomsizlik, qonun buzarlikka qaratilgan bo‘lsa, yuksak axloqiy xis sifatida ijobiy mohiyat kasb etadi. Shuning uchun ham hissiyotlarga sotsial nuqtai nazardan yondashganda yuksak g‘oyaviylik, xalqchilik, va prinsipiallikka asoslanish zarur. Bu jixatdan Bahouddin Naqshbandning quyidagi fikri alohida ahamiyat kasb etadi: "Hazrati Bahouddin, qahr bilan tolibga ta’sir etish to‘g‘rimi» deb so‘radilar. U kishi shunday javob berdi: "Qahr, ya’ni g‘azab ikki xil ma’noga ega bo‘ladi. Haqiqiy qahr g‘azab kamolat sifatidir. Bunda tarbiyalanuvchining loqaydligi uchun uni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiriladi. Sabab siz qahr- g‘azablanish zararlidir"... Emotsional xarakatlar barqaror yoki beqarorligi nuqtai nazaridan quyidagi uch guruxga ajratiladi: 1. Bir necha oy yoki yillab davom etadigan uzoq muddatli xolatlar. 2. Kunlab, xaftalab, oylab davom etadigan xolatlar. 3. Sekundlab, minutlab, soatlab davom etadigan xolatlar. Emotsional xolatlarning bu tarzda uch guruxga bo‘lininshi ularning ta’sir xarakteri va shaxsning individual sifatlariga bog‘liqligidir. Bir ta’sirning o‘zi har qaysi shaxsga turlicha kuch bilan etadi va turli darajada xissiy xolatlarni vujudga keltiradi. Turli hissiy xarakatlarni vujudga keltiruvchi sabablar stimullar yoki manbalar deyiladi. Ijobiy hissiy holatlar ham shaxsning xarakatlarida ifodalanadi. Ba’zi emotsional holatlar kuchli intilish, faol xarakatni yuzaga keltiradi, ba’zilari esa sekinlik bilan o‘tadi. Bu xildagi passiv hissiyotlar sintementallik deb ataladi. Sintementallik harakatsiz xissiy holat bo‘lib, bunda shaxs so‘z bilan cheklanadi, afsus, ohvoh, ko‘z yoshidan nari o‘tmaydi. Shaxsda qo‘zg‘alishlarning yuzaga kelishiga qarab hissiyotlar stenik va estenik kabilarga bo‘linadi. Stenik xolatlar g‘ayrat uyg‘otadi, shijoatga sabab bo‘ladi. Masalan, kuchli quvonch, katta g‘azab, jangovar ruh, mardlik, g‘alaba va x.k. Shaxsning hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g‘ayratini susaytiradigan xolatlar estenik hissiyotlardir. Qayg‘u-hasrat, umidsizlik, loqaydlik, g‘am, afsus, ajablanish kabilar estenik xolatlardir. Turli emotsional xolatlarning paydo bo‘lishi asosida miya pustlog‘I ostida ro‘y beradigan protsesslar – shartsiz reflekslar yotadi. Ruhiy kechkimalar organizmdagi fiziologak o‘zgarishlar bilan doimo bog‘likdir. Odam turli ruhiy holatlarni boshidan kechirayotganida qon aylanishi o‘zgaradi, yurak urishi susayadi yoki" tezlashadi, nafas olish o‘zgaradi, ovqat hazm qilish va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham o‘zgaradi. Bu holatlarning tashqi ifodasi ham reflektorlik xarakteriga ega bo‘ladi. Odam kuchli quvnoqdik, qattiq qo‘rquv, g‘azab kabi xolatlarni boshidan kechirayotganida uning tashqi qiyofasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi, chehrasi oqaradi, qizarishii, nutqi buziladi yoki vaqtincha yo‘qoladi. Keyingi vaqtlarda jiddiylik vaziyati yoki stress deb ataluvchi keskin vaziyat tufayli yuzaga keladigan emotsional xolatlarni o‘rganishga katta e’tibor berishyapti. Jiddiylik kishining jismoniy yoki aqliy mehnat qilayotgan vaqtida birdaniga vaziyatning haddan oshib ketishi va xavfli vaziyat bo‘lib qolgan vaqtda ham tez zaruriy chora topish kerak bo‘lib qolganda vujudga keladigan xarakatdir. Jiddiylik holatida yurak ishida, qon tomirlari va nafas olish sistemasida ancha o‘zgarishlar yuz beradi. Lekin ichki organlarning qay darajada o‘zgarishiga qaramasdan, emotsiyaning mazmunini anglab bo‘lmaydi. Masalan. Tomir urishining tezlashishi kishining biror narsadan qo‘rqanidan ham, yoki shodlanishidan ham bo‘lishi mumkin. Yanada kuchlirok stress xolatida kishining xatti xarakatlarida tartibsizlik bo‘lishi, so‘zlaganda yondashishi, duduqlanib qolishi, fikrlar mantiqiy bog‘lanmaga bo‘lishi mumkin. Odatda, stress xolatining juda kuchli bo‘lishi teskari reaksiya ham berishi mumkin, ya’ni bosh miya po‘stlog‘ida umumiy tormozlanish protsessini vujudga keltirishi, kishini passivlashtirib, faoliyatini tamomila susaytiradi, Lekin jiddiylik (stress) xolatining normal ko‘chishida kishining hayotiy tajribasi, kuchli irodasi. g‘oyaviy jixatdan chiniqqanligi katta rol o‘ynaydi. Odamda hissiy xolatlar yuzaga kelish tezligi, kuchi, davomiyligi jixatidan xilma-xil bo‘ladi. Emotsional xolatlar odamlarda turlicha tezlik bilan paydo bo‘ladi, sekin yoki tez almashishadi. Har bir shaxsning individual xususiyatlari bilan bog‘lik xolda qo‘zg‘aladi va yana asliga qaytadi. Kuchi jixatidan bo‘lgan yasingari barqarorligi jixatidan ham emotsional kechinmalar bir biridan farq kiladi. Uzoq davom etuvchi kechinmalar barqaror, qisqa muddat davom etuvchi kechinmalar esa betakror tuyg‘ular deb yuritiladi. Odam intilishlarining xilma-xilligi tufayli uning dunyoqarashi, e’tiqodi va mayllari bilan bog‘liq holda chuqur mazmunli tuyg‘ular bo‘ladi. Chuqur tuyg‘ularning izi xotirada uzoq vaqt saqlanadi. Odatda, tasodifiy tuyg‘ular beqaror bo‘ladi va xotirada uzoq saqlanmaydi. Umuman, shaxsda yuzaga keluvchi tuyg‘ularning kuchi, barqaror va beqarorligi va chuqurligi nerv sistemasi tipiga, ehtiyojlariga, ta’sirotlarning sub’ektiv va ijtimoiy moxiyatga hamda uning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Kayfiyat uzoq, muddatli, o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan ruhiy holatdir, odamdagi xursandlik yoki g‘amginlik kayfiyati ma’lum sabablar asosida vujudga keladi, Shaxsning o‘z faoliyatida yutuqlarga erishishi unda yaxshi, tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi, muvaffaqiyatsizligi esa ma’yuslik, ruhiy tushkunlik g‘amginlik kayfiyatini tug‘diradi. Odam o‘zining barcha psixik holatlarini idora qilish imkoniyatiga ega. Kuchli iroda egasi bo‘lgan odamlar o‘z kayfiyatlarini boshqara oladilar, hamma vaqt ularning ruhi tetik, dimog‘i choq, bo‘lib yuradi, ular o‘z kayfiyatlarining quli bo‘lib qolmaydilar. Irodasi mustahkam bo‘lmagan shaxslarda kayfiyat tez buziladi, ular kayfiyatnning ko‘rinishlarini azob bu qiynoq bilan o‘tkazadilar. Tez paydo bo‘ladigan va qisqa muddat davom etadigan kuchli emotsional xolat affektdir. Odam affekt xolatida o‘zini xatti-xarakatlarini nazorat qilaolmaydi. To‘satdan yuz beradigan kuchli tarzdagi qo‘rquv, g‘azab, achchiqlanish, quvonch kabilar affekt xolatidir. Bu xolat odamda to‘satdan bo‘lib, ba’zan hatto bir necha minut davom etadi. Odamda bu xolat baqirish, chaqirish, hayqirish tarzida nomoyon bo‘ladi. Bu paytda tafakkur faoliyati susayadi, nutq keskin ravishda buziladi. Ba’zi xollarda affekt xolati natijasida organizmda kuchli fiziologik jarayonlar yuz beradi., organizm bo‘shashadi, odam o‘zini tuta olmaydi. Mustaxkam irodali odamlar affekt holatida ham o‘zlarini utabiladilar. Kuchli xafalik va quvonch xolatlarini osonlik bilan o‘tkazadilar. Ular affekt xolatiga kam beriluvchan bo‘ladilar. Turli affekt xolatlariga beriluvchanlik yoki berilmaslik nervsistemasining xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Qizg‘in temperamentli odamlar ayniqsa affekt xolatiga beriluvchan bo‘ladi. Ehtiyojlar ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘ladilar. Aniq narsaga yoki voqeaga qaratilgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslardir. Bilimga, san’atga, hunarga, mehnatga bo‘lgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslar jumlasiga kiradi. Ichkilikbozlikka, qimrga, kartabozlikka, molparastlik va pulparastlikka bo‘lgan ehtiroslar salbiy ehtiroslardir. Salbiy ehtiroslar jamiyatga zarar keltiradi, shaxsni beburd va pastkash kimsaga aylantiradi. Faqat ijobiy mohiyatga ega bo‘lgan, aniq maqsadga katta kuch va istak bilan intilishdan iborat emotsional holat ruhlanishdir. Odam faoliyatining muvoffaqiyatli mahsuli uni ruhlantiradi. Mehnatga berilgan baho uni rag‘batlantirish ham odamning ruhini ko‘taradi, tetiklashtiradi. Xulosa Shaxslarining emotsional holatlari bilan bog‘liq fikr mulohazalar chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi. Ayniqsa, shaxslarining hayoti davomida yuzaga keladigan salbiy emotsional holatlarini oldini olmasak, bu holatlar shaxslarining o‘quv va ish faoliyatlariga salbiy ta’sir qilishiga amin bo`ldik. Shuningdek, aqliy salohiyatga ega bo‘lgan o‘smir shaxsini tarbiyalashda ham ma’lum kechinmalar hisobga olinishi lozim. Jumladan, intellektual kechinmalar asosida o‘smir bilish jarayonida katta qiyinchiliklarni yengish, uning azoblari va quvonchlarini boshdan kechirish, chinakam baxtiyor bo‘lish, kashfiyot qilish imkonini beradigan haqiqatga nisbatan umumlashgan ishtiyoq tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Haqiqatni qidirish, unga bo‘lgan ishtiyoq pirovard natijada olamda yuz berayotgan barcha narsalarga chuqur hissiy munosabat tug‘dirgan holda uning e’tiqodlari bilan qo‘shilib ketadi, inson aql-idrokining chinakam qudratini qaror toptiradi. Shaxslarining o‘quv va ish faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi emotsional zo‘riqish holatlarini bartaraf qilishni, psixologlar nazorat qilib borsalar yaxshi bo`lardi to`g`ri barchani birday nazorat qilib bo`lmaydi. Lekin ta’lim berish jarayonida intellektual tuyg‘ularni shakllantirish, bilishga qiziqish va ishtiyoq uyg‘otish masalasini murabbiylarimiz hamisha dolzarb hisoblashlari darkor. Tadqiqodning natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlardagi emotsional zo‘riqish, shu holatni boshqara olishlariga qarab ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib keladi. Shaxslarda emotsional holatlarini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini tahlil qilish jarayonida emotsional zo`riqishlarning quyidagi zararli oqibatlarga olib kelishini bilib oldik: Psixologik zo‘riqishlar organizmning turli funksional tizimlaridagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘lsa, uning jadalligi yoki kuchi kayfiyatning buzilishidan tortib, oshqozon yarasi yoki yurak infarktigacha olib kelishi mumkin. O‘quv faoliyati bilan bog‘liq stresslarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, kelajakda bo‘ladigan holatlar – qo‘rqish, stressning yuqori darajadagi tajovuzkorlik, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, depressiv (tushkun) kayfiyat, tinchlik bermaydigan fikrlar, o‘zini ojiz his qilish kabi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkinligi kuzatildi.
1. I.Ivanov, M. Zufarova “Umumiy psixologiya”. Toshkent- 2008. Sahifalar:201-207 2. F.I.Xaydarov, N.Xalilova “Umumiy psixologiya”. Toshkent-2009. Sahifalar:199-203 3. Sh.A.Dustmuhammedova “Yosh va pedagogik psixologiya” Toshkent- 2013. Sahifalar:188-191 4. С.Л. Рубинштейн “Основы общей психологии”. СПб: Питер-2007. Страницы:341-344 Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling