O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Maktabgacha yoshdagi02N
XULOSA:
Demak, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida rivojlanishining yoshiga bog’liq xususiyatlar juda ko’p va ahamyatli. Bolaning rivojlanishida qanday rivojlanayotganligi yoshiga yarasha vazni, bo’yi, psixologik xarakteri, qobilyati, tashqaridagi ma’lumotlari qay darajada qabul qilishi, nuqtining o’sishi, so’z boyli bularning hammasi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola tug’ilganidan to maktabgacha ta’lim yoshiga yetguniga qadar har tomonlama me’yor jihatidan rivojlanishi kuzatuv ostida bo’lishi lozim. Chunki , har tomonlama sog’lom bola davlatimiz kelajagi demakdir. Xulosa qilib aytganda, ertaklar orqali bolalar bilimini yanada oshirish mumkin. Ertaklar bolaning rivojlanishida, ayniqsa, ularning aqliy va axloqiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ertaklar bolalarning tafakkur doirasini kengaytirib,xotirasini ham mustahkamlashini inobatga olish va bolalarga ertaklarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda tanlash lozim. Bundan tashqari,tarbiyachi o‘zining pedagogik mahoratini ishlatgan holda ertak qahramonlarini bola qiziqishiga moslab o‘zgartirib ta’lim jarayonida qo‘llasa ta’lim samaradorligi yanada ortadi. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o‘rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o‘z xoliga tashlab qo‘ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi va o‘zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o‘rganadi. Bola nimaga o‘rgatilsa, uni aniq, hayotiy misollar bilan mustaxkamlash zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida uziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 31 Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta’siri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘lik ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin. To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakch o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling