Oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti
O’quvchi va Amaliy kasbiy ta'lim o'qituvchisining ish o'mi
Download 269.81 Kb.
|
Kurs ishi - Texnologiya va Dizayn - Jalilova Bibisora
2.2 O’quvchi va Amaliy kasbiy ta'lim o'qituvchisining ish o'mi
O'quvchining ish o'rnining asosiy tarkibiy qismlari: O'quv ustaxonalarida mehnat qurollaridan foydalanish va joylashtirish uchun zarur bo'lgan muayyan maydon. O'quv - ishlab chiqarish jihozlari. Materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va chiqindilarni saqlash va joylashtirish uchun moslamalar. Moslamalar, asbob-uskunalar, o'quv va texnik hujjatlarni saqlash va joylashtirish uchun moslamalar. Ish o'rinlariga biriktirilgan ko'tarma transport vositalari (aravachalar, tallar, ko'targichlar va h.k.).. O'quvchilarni ish o'rinlariga nisbatan umumiy talablardan quyidagilarni ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiqdir: uskunalarning texnik jihatdan soz bo'lishi, to'sigiar, yerga ulash o'z-o'zidan to'xtatib qo'yuvchi moslama, himoya qurilmalari, saqlagichlar, ko'larma uskunalai va o'quvchilar ishini xavfsizligini ta'minlovchi boshqa vositalarning mavjudligi; ish vaqtida asboblar, moslamalar asosiy va yordamchi materiallar; tayyor mahsulotni, o'quv-texnika hujjatlarini qulay, ishonchli tarzda saqlash hamda joylashtirish uchun qurilmalar bilan ta'minlash; ish o'rnining yaxshi yoritilgan bo'lishi, o'quvchilaming ish paytida o'zlarini erkin his qilishlari va eng -unumli harakat qilishlari uchun sharoitning yaratilishi; zarur hollarda o'tirib ishlash uchun qulaylik yaratilishi va ergonomika talablariga javob berishi; zarur hollarda avariya signalini berish uchun moslama yoki ustoz bilan masofadan aloqa o'matish vositalari bilan jihozlanishi; uskunalarga joriy xizmat ko'rsatish, ularni tozalash va yig'ishtirish uchun qulaylik bo'lishi lozim. O'quvchilarning ish o'rinlari yakka tartibda foydalanadigan asbob-uskunalar bilan ham jihozlanadi. Asboblar turkumini belgilashda uning universalligi, foydalanish muddati, qiymati hisobga olinadi. Odatda, o'quvchilarning ish o'rinlari eng ko'p ishlatiladigan asboblar bilan jihozlanadi, O'quvchilarga ishda kerak bo'ladigan asboblar ustozdan yoki asboblar omboridan olinadi. Eng ommaviy o'quv ustaxonasi - umumiy slesarlik ustaxonasi bo'lganligi uchun slesar ish o'rnini yakka tartibda foydalaniladigan doimiy asboblar bilan jihozlashning taxminiy ro'yxatini keltirib o'tamiz: iskanjani o'quvchi bo'yiga moslash uchun kalit dasta - I; metalldan yasalgan o'lchov lineykasi-1; chizg'ich-1; belgi qo'yadigan sirkul-l; keraer-1; tekshirishda foydalaniladigan shakldor lineyka-1; slesarlar tekshirishda foydalanadigan yassi uchburchak lineyka-1; shtangensirkul-ShC 1-1; slesarlik iskanasi-1; slesarlik kreysmeyseli-1; vazni 400-500 gramm bo'lgan slesarlik po'lat bolg'asi-1; № va №2-4-5 tishli xilma-xil egovlar; shchetka-supurgi-1. Bunda eng muhimi-hamma narsa o'zining aniq o'rniga ega bo'lishi, doimo qo'l yetadigan joyda turishi, ta'limning turli tegishli vositalarining yaxshi saqlanishidir. O'quv ustaxonasida o'quvchilar ish o'rnini rejalashtirish va joylashtirish ularning uskunalar bilan jihozlanishiga, o'quv ustaxonasining tipik mahsulotiga, derazalar qanday o'ratilganligiga, binoning hajmi va shakliga bog'liq. Ish o'rinlari uskunalarini joylashtirish normativlari turli kasblar uchun bo'lib, ular vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan. Ishlab chiqarish sexlari va uchastkalari normativlariga muvofiqlashtirilgan. Shu bilan birga, mo'ljal uchun dastgoh va boshqa yirik uskunalarni o'quv ustaxonasida joylashtirishning o'rtacha quyidagi me'yorlaridan foydalanish mumkin: devor va ustundan dastgoh, qurilma, agregatning yon yoki orqa tomoni o'rtasidagi masofa kamida 0,5 m; uskunalarning qatorlari orasidagi yo'lning kengligi kamida 1,5 m; bir qatordagi dastgohlar, qurilmalar, agregatlarning yon tomonlari o'rtasidagi masofa kamida 0,5 m; markaziy yo'lak kengligi kamida 2m, Uskunalar deraza yasayotgan o'quvchining chap yoki old tomonida bo'ladi. O'quvchilarning ish o'rinlariga o'rnatiladigan uskunalardan, ya'ni yakka tartibda foydalanadigan uskunalardan tashqari hamma foydalanadigan uskunalar bilan ham jihozlanadi. Bunday uskunalarning turlari va miqdori kasb xususiyatiga, o'quv ustaxonasining mahsulotiga, o'quv yurtida o'rganilayotgan kasblarga, o'quv yurtida yordamchi xizmat xonalarining mavjudligiga hamda boshqa bir qator omillarga bog'liq. Bunday ishlarrning asosiy vazifasi ishlab chiqarish ta'limi dasturining to'la va sifatli bajarilishini ta'minlashdir. Misol tariqasida umumiy slesarlik o'quv ustaxonasi uchun hamma foydalanadigan uskunalar ro'yxati quyidagilardan iborat bo’'lishi mumkin: iskanja va parmalash dastgohi-3; dastaki burma press (yoki gidravlik)-!; iskanja dastgohini ko'ndalang randalovchi dastgoh-1; ikki yoqlama charx dastgohi-1-2; pishangli qaychi-1; belgi qo'yadigan plitali stol-1; metallni tekislash uchun plita-1; truba qisqichli stol-1; qirindi uchun quti-1. Ko’p o’rinli dastgohlarda o’quvchilar bir vaqtning o’zida turli prosesslarni bajarish vaqtida bir-birilariga xalal beradilar. Bir o’rinli dastgohlarda esa bu hol ro’y bermaydi. Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, ustaxona maydoni yetarli bo’lgan taqdirda bir o’rinli dastgohlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Maydoni kichik bo’lgan o’quv ustaxonalarida ish o’rinlarining yetarli bo’lishini ta’minlash uchun ko’p o’rinli dastgohlardan foydalanish yoki bir o’rinli dastgohlarni 3 rasmda ko’rsatilganidek joylashtirish mumkin. Ish o’rinlarining yetarli bo’lishini ta’minlash bilan bir qatorda ularning balandligini o’quvchilarning bo’yiga moslash ham alohida ahamiyatga ega. Bu maqsadda balandligi o’zgaradigan yoki har xil balandlikdagi dastgohlar o’rnatilib, o’quvchilar bo’ylariga qaoab tegishli joylarga taqsimlanadi. Agar o’quv ustaxonasida bir xil o’lchamdagi dastgohlar mavjud bo’lsa, ish o’rinlarining balandligini o’quvchilarning bo’yiga moslash uchun ularning oyoqlari ostiga har xil balandlik taglik taxtalar qo’yib beriladi. 6-rasm. Ish o’rnining balandligini tekshirish. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida taglik taxtalarning uzunligi dastgoh uzunligiga teng bo’lib, eni 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak. O’quvchilarii bo’ybo’ylariga qarab ish joylariga birkitishda ular brasm, a da ko’rsatilganidek dastgoh oldida tik turganlarida tirsaklari tiski ustiga tiralib, panjalarining uchi jag’’lariga tegadigan bo’lsa yoki qo’lini 90° ga bukkanda tirsagi tiski jag’’lari sathiga to’g’ri kelsa (6-rasm, b), dastgohning balandligi normal hisoblanadi. Ish o’rinlarining balandligi o’quvchilarning bo’ylariga mos bo’lmasa, ular tez charchaydilar, ish sifati, gigiyena qoidalari buziladi. Ayniqsa egovlash ishlarini bajarishda o’quvchining bo’yi ish o’rniga moye kelmasa, egovlanayotgan sirtlar tekis va to’g’ri burchakli bo’lib chiqmaydi. Chilangarlik dastgohlari har xil konstruksiyada bo’lib, yog’ochdan yoki metalldan tayyorlanadi. Ular doim tortma yashikli qilib tayyorlanadi. Ularga asbobuskuna va materiallar joylashtiriladi. Ustaxona binosi maydonining keng-torligiga qarab dastgodlar turli variantlarda joylashtirilishi mumkin. Agar dastgohlar xona o’rtasiga ketma-ket yoki qarama-qarshi qilib yoki yoqlama joylashtirilsa, ularga albatta ixota turi o’rnatilishi shart Ixota to’ri ish vaqtida metall parchasining uchib ketib karshisidagi o’quvchilarni jarohatlanishdan saqlaydi. Bunday hollarda zubilo yordamida qirqish, parchinlash, bolg’alash ishlarini bajarish vaqtida ro’y beradi, boshqa turdagi ishlarda, sodir bo’lmaydi. Shuning uchun bunda ihota to’ri o’rnatilmasa xam bo’ladi. Ixota to’ri o’qituvchining o’z ish urnida turib tushuntirish ishlarini olib borishida, doskadagi yozuvlarni, chizmalarni o’quvchilarning ko’rishiga, shuningdek, o’qituvchining o’quvchilar ishini nazorat qilishiga xalal beradi. Shuning uchun ixota to’rini keraksiz hollarda olib qo’yish, kerak bo’lganda kayta o’rnatish imkonini beradigan qilib moslash kerak. Uquvchilar ustaxonada hamma vaqt amaliy mashg’ulotlarni bajarish bilan shug’ullanmasdan darsning tashkiliy qismida, nazariy materiallarni o’rganishda, ish yuzasidan instruktaj o’tkazayotganda, yezish, chizish ishlarini bajarishda o’tirishga to’g’ri keladi. Shuning uchun har bir ish o’rniga bittadan kursi yoki dastgohning o’ziga moslashtirilgan aylanuvchi o’rindiq o’rnatiladi yozish chizish ishlari dastgohning ish taxtasi ustida olib borilsa o’quv qurollari, kiyim-boshlar (maxsus kiyim kiyilishidan qat’iy-nazar) ifloslanadi. Shuni e’tiborga olib, ustaxona maychoni keng bo’lgan hollarda, yozuv stoli yoki parta quyilsa juada yaxshi bo’ladi, buning imkoni bulmagan taqdirda dastgohning tortma yashigiga o’rnatiladigan maxsus sharnirli yozuv taxtasidan foydalanish mumkin (7-rasm). Uchtexprom tomonidan ishlab chiqarilgan standart o’lchamdagi chilangarlik dastgohlar yetishmagan yoki bo’lmagan taqdirda ish o’rinlari sonining yetarli bo’lishini ta’minlash maqsadida duradgorlik o’quv ustaxonasida tayyorlash mumkin bo’lgan yasama dastgohlar joylashtirish mumkin. Bularni tayyorlash uchui qalin va pishiq yog’och taxta material bo’lsa kifoya. Dastgohlarniig ustki qismi va tiskilar qora lak, qolgan qismlari biron boshqa tusdagi bo’yoqlar bilan bo’yaladi va ma’lum muddatlarda qarov berib turiladi. Download 269.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling