O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti


Download 368.45 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi368.45 Kb.
#1719711
Bog'liq
O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI

O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI

2-bosqich 212-guruh talabasi Eshonov Umarning Musiqa o’qitish metodikasi.Maktab repurtuari fanidan1-sinf dasturi bo’yicha dars ishlanma va taqdimot tayyorlash mavzusida tayyorlagan

TAQDIMOTI.


11

Avvalo,Salomlashuv dars davomida bolalar bilan 5 minut darsga bolalar bilan tanishuv vaqti


-2-

DARSNING MAQSADI:

  • TALIMIY: O’quvchilarimizga O’zbek milliy cholg’u asboblarimiz haqida tushuncha berish.
  • TARBIYAVIY: Milliy cholg’u asboblarimizga qizishini boyitish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
  • KUTILAYOTGAN NATIJA: Musiqa fanidan dunyoqarashini kengaytirishi va musiqaga bo’lgan qiziqishini oshishi, bolani kamolotga yetaklashishi,uni vatanga muhabbatini oshishi.

32

TASHKILIY QISM:

  • SALOMLASHISH VA DAVOMAT OLISH 5 DAQIQA
  • BOLALARDAN UYGA VAZIFANI SO’RASH VA SAVOL-JAVOB 10 DAQIQA
  • YANGI MAVZUNI SLAYD YORDAMIDA TUSHUNTIRISH 20 DAQIQA
  • HOZIR UTILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL JAVOB 5 DAQIQA
  • O’QUVCHILARNI BAHOLASH 3 DAQIQA
  • UYGA VAZIFA BERISH 2 DAQIQA.

46

DARSNI BOSHLASH:

  • 1.Assalomu aleykum hurmatli bolajonlar! Bilimga chanqoq o’quvchilar! Mana bugungi darsimiz musiqa darsi. Hozir birinchi darsni boshlashdan oldin davomatni olamiz va darsni boshlaymiz!
  • 2. Xo’sh,bolajonlar o’zi musiqa nima ekan?
  • Musiqa deganda nimani tushansizlar?
  • Kelinglar darsni boshlashimizdan oldin musiqa haqida ozgina sizlarga tushuncha berib o’tsam!
  • Musiqa-bu insonning kayfiyatlarini masalan, xursandchiligini, shodligini, g’amginligini o’zida mujassamlashtiradi, ya’ni, insonlar musiqa bilan o’zining qanday vaziyatda bo’lganligini bildiradi. Ko’pincha ko’rgan bo’lsangiz bolajonlar odamlar xursand vaqtlarida quvnoq sho’x qo’shiqlar eshitib yuradi, xafa g’amgin vaqtlarida esa sokin og’ir qo’shiqlar eshitadi.

55

DARSNING BORISHI:

  • Musiqa nafaqat insonlar orasida balki go’zal tabiatda atrof muhitning ham o’z musiqasi bor?
  • Qani kim biladi tabiatning qanaqa musiqasi bor ?
  • Xa, to’g’ri bolajonlar! Qushlarning sayrashidan boshlab to daraxtlarning shivirlashigacha musiqa mujassamdir. Xo’sh, bolajonlar musiqa haqida biroz tushunchaga ega bo’lgan bo’lsangiz bugungi darsga ham o’tishimiz mumkin!
  •  
  • Demak, bugungi darsimimz o’zbek milliy cholg’u asboblarining guruhlari ekan. Xo’sh bolajonlar o’zi o’zbek cholg’u asboblaridan birorta cholg’u asboblarini bilasizlarmi?

DARSNING BORISHI:

  • Hamma davlatning o’z urf-odati qadriyati bo’lgani kabi, bizning ham o’z milliy an’analarimimz, qadriyatlarimiz bor. To’grimi, bolajonlar? Shu o’rinda, o’zbek milliy cholg’u asboblarimiz ham bizning madaniy boyligimiz hisoblanib, madaniy tariximizni anglashda muhim o’rin tutadi.
  • Milliy cholg’u asboblarning 5 ta guruhlari bor. Bular:
  • 1.Puflama cholg’ular guruhi;
  • 2.Torli-urma cholg’ular guruhi;
  • 3.torli chertma cholg’ular guruhi;
  • 4.torli kamonchali cholg’ular guruhi;
  • 5.zarbli cholg’ular guruhi.
  • (Slayd bilan ishlagan holda) Demak, bolajonlar qaraymiz
  • 1.Puflama cholg’ular- bu puflab chalinadigan cholg’ulardir. Bularga: Nay, Karnay, Fleyta va boshqalar kiradi. Nay cholg’u
  • asbobi- qamish va bambukdan yasalgan. Nimadan yasalgan ekan?

DARSNING BORISHI: 1.Puflama cholg’ular- bu puflab chalinadigan cholg’ulardir. Bularga: Nay, Karnay, Fleyta va boshqalar kiradi. Nay cholg’u asbobi- qamish va bambukdan yasalgan. Nimadan yasalgan ekan?

DARSNING BORISHI:

  • 3.Torli chertma cholg’ular guruhiga Dutor, Rubob va boshqalar kiradi. Dutor- tojikcha so’z bo’lib ikki tor degan manoni bildiradi va u ikkita tordan iborat bo’lib, shu ikkita tor bilan chalinadi.

DARSNING BORISHI:

  • 4.Torli-kamonchali cholg’ular guruhiga G’ijjak cholg’u asbobi kiradi. Bu asbobni kamonchasi bilan ijro etilgani uchun torli kamonchali deyiladi bolajonlar! Gijjak 4 ta tordan iborat bo’ladi va uni o’tirib ijro etiladi.

DARSNING BORISHI:

  • 5.Zarbli cholg’ular guruhiga Doira, Nog’ora va boshqalar kiradi. Doira- o’zbek,tojik xalqlarining cholg’u asbobi. Uni o’rik yong’oq yog’ochidan yasashadi.

Xo’sh, bolajonlar! mavzu tushunarli bo’ldimi?

DARSNING BORISHI:

  • MUSTAHKAMLASH:
  • Tushunarli bo’lgan bo’lsa savollarimga javob beringlar qani:
  • Puflama cholg’ularga nimalar kirar ekan? Nay Fleyta
  • Zarbli cholg’ularga nimalar kirar ekan? Doira Nog’ora
  • Chang cholg’u asbobi qaysi guruhga kiradi?
  •  
  • UY ISHI:
  • Aytib o’tilgan cholg’u asboblaridan qaysi birini bilgan, ko’rgan yoki eshitgan bo’lsangiz shu cholg’u asbobini chizib kelinglar bolajonlar!
  •  
  • KEYINGI DARSDA KO’RISHGUNCHA XAYR BOLAJONLAR!
  •  

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 368.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling