O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari


Download 29.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.11.2020
Hajmi29.26 Kb.
#151578
Bog'liq
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari


 

O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari 

Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari. 

Agar muayyan Tariflarning tavsiflarida boshqasi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilmagan bo'lsa, 

Tarifikatsiyaning quyidagi prinsiplari amal qiladi: 

• 

Tariflar faqat aloqa xizmatlaridan shaxsan foydalanish maqsadida foydalanuvchi 



jismoniy shaxslar uchun amal qiladi 

• 

Barcha Tariflar so'mlarda QQS'ni hisobga olgan holda ko'rsatilgan 



 

• 

Xizmatlar avans to'lovi orqali to'lanadi 



• 

Hisob-kitob davri 30 kalendar kuniga teng va Mijoz Tarifga ulangan vaqtdan boshlanadi. 

• 

Narxlar tarifikatsiya birligida ko'rsatilgan. 



• 

Qo'ng'iroqlarning tarifikatsiya birligi – 1 daqiqa, qo'ng'iroqlarni hisobga olish va tarifikatsiya 

qilish har daqiqasiga hisoblanadi, tarifikatsiyaning to'liq bo'lmagan birligi narxi 

tarifikatsiyaning to'liq birligi narxiga teng. 

• 

Ma'lumotlarni uzatish trafigi hajmi 1 baytgan hisobga olinadi. Mobil ilovada ma'lumotlarni 



uzatish trafigi hajmi 0,1 Gb'gacha yaxlitlangan holda aks etadi. 

• 

SMS/MMS'larning Tarifikatsiyalash birligi – dona 



• 

Provayderning axborot-ma'lumot tizimi raqamlariga qilingan qo'ng'iroqlar va jo'natilgan 

SMS'lar, shuningdek «Humans» ilovasi va «humans.uz» sayti trafigi uchun pul to'lanmaydi. 

 

Provayder Shartnoma tuzilishida to'lov qilinishi kerak bo'lgan, Xizmatlar uchun oldindan 



to'lov (avans) sifatida baholanadigan summalarni belgilashga haqli.  

Avans to'lovining minimal summasi – 10000 so'm. 

 

Aloqa xizmatlari O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. 



 

«Boshlang'ich» tarifi  

Tarif SIM-kartani faollashtirishda ulanadi. 

Provayder raqamlariga hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa operatorlari 

raqamlariga ovozli aloqa xizmatlari (kirish va chiqish qo'ng'iroqlari) va SMS'lar taqdim etiladi. 

Humans aloqasi xizmatlarini ilk bor ulagan Mijozlarga 15.09.2020 dan 18.10.2020 gacha 

bo'lgan davr mobaynida har kuni quyidagi xizmatlar taqdim etiladi: 

• O'zbekiston Respublikasi bo'ylab Provayder raqamlariga cheksiz qo'ng'iroqlar; 

• O'zbekiston Respublikasining boshqa operatorlari raqamlariga 45000 daqiqa 

miqdorida qo'ng'iroqlar; 

• Internet tarmog'idan foydalanish uchun maksimal tezlik va cheklanmagan trafik; 

• O'zbekiston raqamlariga cheksiz SMS'lar 

19.10.2020 sanasidan boshlab «Boshlang'ich» Tarifida aloqa xizmatlari quyidagi shartlar 

asosida taqdim etiladi: 

• 

O'zbekiston Respublikasi hududida kirish qo'ng'iroqlari bepul 



• 

Provayder raqamlariga, O'zbekiston Respublikasining boshqa raqamlariga qo'ng'iroqlar 

daqiqasi - 150 so'm.  

• 

O'zbekiston Respublikasining raqamlariga 1 ta SMS  jo'natish narxi - 150 so'm. 



 

Internetdan foydalanish imkoni taqdim etilmaydi. 

 

Foydalanish bo'yicha cheklovlar 

 

Yuqorida ko'rsatilgan Tarif faqat bitta abonent qurilmasida faqat bitta SIM-kartada 



foydalanish uchun mo'ljallangan. Abonent qurilmasiga joylashtirilgan SIM-kartadan bunday 

Abonent qurilmasiga simli va simsiz kanal bo'yicha ulangan boshqa qurilmalardan 

Provayder aloqa xizmatlaridan qo'shimcha ravishda foydalanish imkonini ta'minlash uchun 

foydalanish mumkin emas.  

Barcha tariflarda piring fayl almashuvi tarmoqlaridan foydalanish imkoniga ega bo'lish uchun 

(jumladan BitTorrent va shunga o'xshash fayllarni taqsimlagan holda tarqatish 

texnologiyalari yordamida) Tarmoq resurslaridan foydalanayotgan servislar uchun tezlik 

soniyasiga 32 kbit'gacha chegaralanadi. 

Mijozlarning manfaatlari yo'lida, tasodifiy qo'ng'iroqlarning salbiy oqibatlaridan saqlanib 

qolish maqsadida Provayder ovozli ulanish davomliligini bir soat bilan chegaralab qo'yishga 

haqli.  

 

«Alohida toifadan raqam tanlash» xizmati  

Mijoz «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatini sotib olishi mumkin. «Alohida 

toifadan raqam tanlash» xizmati Mijozga xizmat ko'rsatish vaqtida band bo'lmagan 



Provayderning raqamlash resursidan ma'lum mezonlarga mos keladigan Abonent 

raqamini tanlash imkonini beradi.

 

Abonent raqami mezonlari va tegishli Xizmat narxi quyidagi havolada ko'rsatilgan: 



https://humans.uz/documents/special-phone-number-attachment.xlsx

  

Xizmat narxi xizmat ko'rsatish paytida Provayder tomonidan shaxsiy hisobvaraqdan 



yechib olinadi. Agar Mijozning Shaxsiy hisobvarag'ida buyurtma berilgan Xizmat narxini 

yechib olish uchun mablag' yetarli bo'lmasa, Xizmat ulanadi va Mijoz 30.09.2020 

sanasigacha buyurtma qilingan Xizmatni to'lash uchun Shaxsiy hisobvaraqni to'ldirishi 

shart bo'ladi. To'lovni qismlab (bo'lib-bo'lib) kiritish ham mumkin. 



Download 29.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling