O‘zbekiston ilk sivilizatsiya beshigi


Download 23.37 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1534744
Bog'liq
etnog


O‘ZBEKISTON ILK
SIVILIZATSIYA BESHIGI

TESHIKTOSH G`ORI


Teshiktosh gʻori — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Turgandaryoning Zovtalashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 balanda joylashgan. Gʻorning shipi teshik, nomi ham shundan, kirish qismi shimoliy sharq tomonga qaragan boʻlib balandligi 7 m, eni 20 m, uz. 21 m. Uning umumiy maydoni 300 kv m boʻlib, shundan 100 kv. m joyi neandertallar yashaganligidan guvoxlik beruvchi arxeologik materiallarga ega. Teshiktosh gʻori yashash uchun qulayligi tufayli gʻorni vaqtvaqti bilan suv bosib turishiga qaramasdan neandertal odamlar uni butunlay tark etmaganlar. Gʻorni birinchi marta 1938—39 yillarda A. P. Okladnikov oʻrgangan. Teshiktosh gʻori 5 ta madaniy qatlamdan iborat boʻlib, bu manzilgoh bir necha marotaba tark etilganidan dalolat beradi. Gʻorning har bir qatlamida bittadan va baʼzilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib qolgan.

SANGARDAK SHARSHARASI

Sangardak sharsharasi — Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani hududida, Denov shahridan 30 km. va Termiz shahridan 205 km. uzoqlikda joylashgan. Hudud bo‘ylab Hisor tog‘ tizmasi cho‘zilgan bo‘lib, undan Surxondaryo, To‘palangdaryo, Obizarang va boshqa tog‘ daryolari oqib o`tadi Xondizadan atigi 30 km. masofada, sharshara joylashgan. Sharshara tog‘ daryosidan hosil bo‘lmaydi, u g‘orlardan pastga oqib tushayotgan suv, qoyalar va suv o‘simliklari orasidan 60-100- metrlik balandlikdan pog‘onali sharshara singari oqib tushadi Sangardak so`zi fors-tojik tilida "toshlar bilan o`ralgan joy" degan ma'noni anglatadi. Bu nom Sangardak qishlog`i bilan bog`liq. Sharsharadan 100-200 metr uzoqlikda Sangardak qishlog`i joylashgan. Sharsharaning suvi bahor oylarida ko`p miqdorda bo`lsa, yoz oylarida nisbatan kamayadi. Qishda sharshara suvi muzlash holatida bo`ladi.

BOLALIKTEPA YODGORLIGI

Bolaliktepa — termizshohlar qalʼaqasri harobasi (5—6-asrlar). Termiz shahridan 30 km shim.da. Katta va kichik tepaliklardan iborat boʻlgani uchun shunday atalgan. B.ni sanʼatshunosarxeolog L. I. Albaum oʻrgangan (1953— 55). Qaʼla qasr toʻrtburchak shakldagi paxsa poydevor (30×30×6 m) ustiga xom gʻisht (50×30×10 sm) dan qurilgan boʻlib, 16 xonadan iborat (ulardan 11 tasi 5-asrda, 5 tasi 6-asrda bunyod etilgan). Tashqariga qaragan xonalarning devorlari nishon tuynukli. Eng katta xona oʻrtasiga xom gʻishtdan davra tarhli otashkada (diametri 1,2 m, bal. 60 sm) ishlangan. Undagi kul qoldiqlari ichidan kuygan bugʻdoy doni va oʻrik danaklari topilgan. Xonalardan sopol va shisha idishlar, turli musiqiy asbob boʻlaklari, naqshinkor chilim, taqinchoqlar qadalgan ipak kiyimlar parchasi, chordana qurib bola emizayotgan ayol tasviri tushirilgan shisha turunj (medalon), yogʻoch qoshiq va boshqa topilgan. Xonalardan birida devorlarida toʻy marosimi aks ettirilgan devoriy rasmlar topilgan.

Zarautsoy qoyatosh suratlari 

Zarautsoy rasmlari - Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi qoyatosh rasmlari. Hisor tizmasining janubi-gʻarbida. Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy sanʼatnint nodir namunalari. Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100– 110 km shimoli-gʻarbda. 1912-yilda I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog G. Parfyonov (1940—45), keyinchalik A. Roginskaya (rassom), A. Formozov, A. Kabirovlar tomonidan oʻrganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Zarautsoyda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi choʻchqa, burama shoxli echki, jayran, togʻ echkisi, hasharot va b.), turli buyumlar (oʻqyoy, nayza, oʻroqsimon qurollar), niqoblangan odamlar oʻziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan.

SOPOLLITEPA YODGORLIGI


Sopollitepa — Surxondaryo viloyatining (Muzrabod tumani) Sherobod choʻlini kesib oʻtgan Ulanbuloqsoy yoqasiga joylashgan bronza davriga oid arxeologik yodgorlik. U 1968-yil arxeolog L.Albaum tomonidan topilgan. 1969-1974-yillarda A. Asqarov tomonidan oʻganildi. Uning maydoni taxminan 3 ga. bo’lib 1 ga. ga yaqin markaziy qismi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Qalʼa atrofidagi maydonning katta qismi buzilib, paxta dalalariga aylantirilgan. Tepaning ustki qismida sopol siniqlari qalashib yotganligi uchun u mahalliy aholi orasida Sopollitepa deb atalgan. Bu yerda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasiga koʻra, uning markaziy qismi murabba (82×82 m.) shaklida qurilgan qalʼadan iborat. Qalʼaning tomonlari goʻyo 3 qator mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Aslida esa, qalʼani oʻrab olgan devorlar tizimi ichki va tashqi yoʻlaksimon qopqonlardan tashkil topgan boʻlib, qalʼa tashqi mudofaa chizigʻida tomonlarga parallel qilib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Arxeologik qazish jarayonida 150 dan ortiq turar joy majmualari ochildi. Ularni mahalla boʻyicha taqsimlaganda har bir mahalla maydoniga 15—20 tagacha oilaviy turar joy majmualari toʻgʻri keladi.

Zurmala stupasi


Zurmala buddaviylik stupasi-Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (mil. av. 2-asr) Kushonlar davriga oid budda inshooti. A. Strelkov uni stupa deb hisoblagan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida 3. m. harobasining bal. 14,5 m gacha boʻlgan. Asosan toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (22 x 16 m), silindrsimon minora shaklida xom gʻishtdan qurilgan, tepasiga qubba — gumbaz ishlangan, oqish ohaqtosh bilan qoplangan, asosida boʻrtma gorelyef haykallar boʻlgan. Toshtaxtalar hamda taroshlangan boʻlak parchalari koʻplab topilishi 3. m. tashqaridan ham tosh bilan qoplangan deb taxmin qilinadi.

XOLCHAYON 


Xolchayon — YunonBaqtriya va kushonlar davri madaniyatiga oid yodgorliklar majmuasi (mil. av. 4— mil.5-asr). Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida joylashgan. Bir necha tepalik (Xonaqohtepa, Qorabogʻtepa, Maslahattepa va boshqalar)dan iborat. Sanʼatshunoslik institutining G. A. Pugachenkova rahbarligidagi arxeologiyasanʼat ekspeditsiyasi oʻrgangan (1959—63). Xonaqohtepadan mil. av. 2—1-asrlarga oid hukmdor saroyi qoldigʻi topilgan. Bino toʻgʻri toʻrtburchak shaklda, maydoni 35×26 m boʻlib, markaziy fasadi (old tomoni) toʻrt ustunli ochiq ayvon (16,5×7 m)dan iborat. Yogʻoch ustunlar ohaktoshdan ishlangan tagkursiga oʻrnashtirilgan. Ayvondan katta zalga (17,6×6,1 m) oʻtilgan. Zal devorlari osti boʻylab keng supa yasalgan.

JARQO`TON YODGORLIGI

Jarqoʻton — qadimiy shahar xarobasi, mil.avv. 2-ming yillikning ikkinchi yarmi). Sherobod tumani (Sherobod daryo irmogʻi Boʻstonsoy oʻzanining chap sohili)da joylashgan. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi. Jarqo‘ton aholisi sugʻoma dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining A. Asqarov rahbarligidagi ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1973-yildan). Jarqo`ton. (mayd. 100 ga) mudofaa devori bilan oʻralgan markaziy qoʻrgʻon, otashparastlar ibodatxonasi (qarang Jarqoʻton otashkadasi), qabriston (mayd. 20 ga), bir necha dahalardan iborat boʻlgan. J.da turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritiladigan ustaxonalar, 1000 dan ortiq qabrlar ochib oʻrganildi. Turar joy binolari katta bichimli xom gʻishtdan (55x29x9 sm) bir yoki bir necha xonali qilib qurigan. Xonalar sahni va devori somonli loy bilan suvalgan. Koʻchalar tor, daha ibodatxonasiga boruvchi yoʻlga shagʻal yotqizilgan. Erkaklar oʻng yonboshi, ayollar chap yonboshi bilan gʻujanak holda koʻmilgan. Jarqo`tondan toshdan yasalgan omoch tishi, koʻplab sopol idish (xumcha, koʻzacha, togʻora, kosa, piyola, togʻoracha, lagan) lar jez igna, bigiz, xanjar, sopol andava, chaqmoqtoshdan ishlangan paykonlar, jez taqinchoqlar (rangli toshlar qadalgan koʻplab toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, zirak, oyna) qimmatbaho toshlar va suyakdan yasalgan munchoqlar, jez surmadon, qabila muhr tamgʻalari, ip mato qoldigʻi topilgan.

KAMPIRTEPA YODGORLIGI


Kampirtepa — Amudaryoning oʻng sohilida, Surxondaryo viloyatidagi Shoʻrob qishlogʻidan 0,5 km gʻarbda joylashgan. Kampirtepa 2 qism; qalʼa va undan gʻarb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan oʻralmagan qismdan iborat. Gʻarbdan sharqqa tomon umumiy uz. 750 m, shim. dan jan.ga —200-250 m. Qalʼa (mayd. 4 ga) ark va turar joylardan tashkil topgan. Uning atrofi qalinligi 5 m keladigan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan; devorga ichki yoʻlaklar qilingan, burchaklarida minoralar oʻrnatilgan. Devor atrofi kengligi 10 metr kenglikdagi o’lchamdagi xandaq bilan oʻrab olingan.
Kampirtepa — qadimgi shahar xarobasi mil.av. 3—mil. 2-asrlarga oid. Ushbu yodgorlik Aleksandr Makedonskiy tomonidan O’rta Osiyoda qurilgan 12ta harbiy qal’alardan biri, aniqrog’i Oks Aleksandriyasi ekanligi olimlar tomonidan ta’kidlanmoqda.

QORATEPA yodgorligi


Qoratepa — budda gʻor ibodatxonalar majmuasi (milodiy 1—3-asrlar). Eski Termizning shim.-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926—28 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937-yilda M.Ye.Masson va Ye.G.Pchelina tekshirgan. 1960-yillarda arxeolog B.Ya. Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda Oʻzbekiston—Yaponiya qoʻshma arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib bormoqda. Obida 3 ta tabiiy doʻnglikda qurilgan. Umumiy maydoni 8 ga dan ziyod. Janubiy doʻnglikda 15 dan ziyod gʻor majmuasi boʻlgan. Gʻarbiy doʻnglikdagi gʻor maj-muasi 5 dan ortiq boʻlmagan. yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli boʻlmagan ibodatxonalar band qilgan.

AYRITOM 


Ayritom — oʻzbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi koʻhna shahar xa-robasi. Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirgʻogʻida joylashgan. Dast-lab A. yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalari ishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933-yil M. Ye. Masson rahbarligidagi Termiz ar-xeologiya kompleks ekspeditsiyasi A.da qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz boʻlaklari hamda budda ibodatxonasi xa-robasini topgan. Frizlar 1-2-asrlarga oid boʻlib, ularda qoʻshnay, chiltor, ud, nogʻora chalayotgan sozandalar va gulcham-barlar, meva solingan idishlar koʻtarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. ayolning skeletlari chiqqan. 1963-66 yillarda A.da Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turgʻunov) ham qazish ishlari olib borgan.

UZUNDARA


Uzundara – eramizdan avvalgi 3-4-asrlarga oid eng qadimiy qalʼa boʻlib, uning xarobalari Surxondaryo viloyati hududidan (Darband yaqinida) Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti qoʻshma ekspeditsiyasi tomonidan topilgan. Uzundara chegara qal’asi qadimgi Baqtriya dehqonchilik vohalarining shimoliy chegaralarini ko‘chmanchilar bosqinlaridan himoya qilishning keng tizimidagi asosiy strategik markaz edi. Boysun togʻ etaklarida 1700 metrdan ortiq balandlikda joylashgan toshli qalʼa qoʻsh qalʼa devori koʻrinishidagi kuchli istehkomlarga ega boʻlib, 13 ta minora va tashqi devorlarining uzunligi 1 kilometrgacha boʻlgan qismlari bilan mustahkamlangan. Qal’a Uzundara daralari va Qoraqamar trakti o‘rtasida joylashgan bo‘lib, vodiyga tog‘ dovonini to‘sib qo‘ygan. Qal’a qurilishida qo‘llanilgan materiallarning sifati tufayli tosh va loydan yasalgan devorlar 2000 yildan oshiq vaqt o‘tgach, deyarli o‘zining asl qiyofasini saqlab qolgan va bugungi kungacha 5 metr balandlikda qad ko‘tarib turibdi.

DALVARZITEPA YODGORLIGI


Dalvarzintepa — qadimgi shahar xarobasi Kushon podsholaridan biri bo’lmish Kanishka davrida shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-asr oxiri — mil. boshlarida Shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohkoʻchalar boʻlgan. 1972 yilda ekspeditsiya a’zolari xonalarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qadimgi boʻlgan shaxmat donalarini topdi.

FAYOZTEPA YODGORLIGI



Fayoztepa — milodiy I—VII asrlarga oid buddaviylik monastiri Eski Termiz shahar xarobalarining shimoli-gʻarbida, Qoratepa buddaviylik inshootlari majmuidan 1 km shimoli-sharqda joylashgan. Yodgorlik 1968—1976-yillarda arxeolog L. I. Albaum, 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti o’qituvchisi T. Annayev boshchiligida toʻliq qazib ochilgan va ilmiy oʻrganilgan. Bu monastir meʼmoriy jihatdan ikki asosiy qismdan iborat boʻlib, uch qismli markaziy bino va undan shimolda, buddaviylikning muqaddas inshootlaridan biri hisoblangan stupalar joylashgan katta hovlidan iborat boʻlgan. Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri — stupa boʻlib, u boshqa ibodatxonalardan farqli oʻlaroq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chiziqda joylashgan.
Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling