O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati
Xufyona iqtisodiyot miqyoslari
Download 161.59 Kb.
|
4. Xufyona iqtisodiyot miqyoslari
Xufyona iqtisodiyotning miqyosi ko‘pincha iqtisodiy tizim turiga bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik bir xil xarakterga ega emas19. Shu narsa ayonki, to‘liq davlatlashtirilgan (davlat tasarrufiga o‘tgan) va mutlaq davlat tasarrufidan chiqarilgan iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyot bo‘lmaydi: birinchi holatda davlat har qanday yashirin faoliyatni taqiqlaydi, ikkinchi holatda esa hech qanday nazorat bo‘lmaydi va “soyada yashirinish”ga ehtiyoj ham qolmaydi. Xufyona faoliyat markazlashtirilgan va demarkazlashtirilgan xo‘jaliklar orasidagi “chegara hududlari”da kengayib boradi: bir tomondan, kuchsizlanib borayotgan markazdan boshqariladigan iqtisodiyotda nazorat qilish imkoniyatlari kamayib boradi; ikkinchi tomondan, davlatlashtirilayotgan bozor xo‘jaligida doimo ham samarali bo‘lmagan nazorat choralari ko‘payib boradi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha (2.3.1-jadval), rivojlangan mamlakatlar orasida yashirin iqtisodiyot G‘arbiy Yevropaning ba’zi mamlakatlarida eng katta, AQShda nisbatan o‘rta, Yaponiya, Shveysariya kabi mamlakatlarda minimal hajmga ega. Ushbu farqni Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlaridagi aralash iqtisodiyotning yuqori darajada “davlatlashtirilganligi”, amerikacha individualizmning salbiy sarf-xarajatlari va Yaponiyadagi “jamiyat rizoligi” muhiti bilan tushuntiriladi. Yaponiyada hatto gangsterlar ham narkobiznes, reket va fohishabozlikdan olgan daromadlaridan soliq to‘lashadi. Jahonda har yili yashirin sektorda kamida 8 trln. AQSh dollari miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratiladi, bular korxonalarning buxgalteriya hisobotlarida va alohida mamlakatlar , hamda xalqaro tashkilotlar rasmiy statistikasida o‘z aksini topmaydi. Shunday qilib, ko‘lam jihatidan global yashirin iqtisodiyotni dunyodagi eng katta YaIMga ega bo‘lgan AQSh iqtisodiyoti bilan taqqoslash mumkin. 1990- yillarning ikkinchi yarmida yashirin iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda YaIMning o‘rtacha 12 foiziga, o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida – 23 foiziga, rivojlanayotgan mamlakatlarda – 39 foiziga teng edi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan mamlakatlarda yashirin sektorning miqyoslari doimo o‘sib bormoqda. 1998 yilda yashirin sektor eng katta ulushga ega bo‘lgan mamlakat Gretsiya (rasmiy YaIMning 29.0 foizi) hisoblangan edi. Eng katta yashirin sektorga ega mamlakatlar qatoriga Italiya (27.8%), Ispaniya (23.4%) va Belgiya (23.4%) ham kiradi. O‘rtacha ko‘rsatkichlarga Irlandiya, Kanada, Fransiya va Germaniya (14,9 dan 16,3 foizgacha) kabi mamlakatlar egadir. Yashirin sektorning miqyosi eng kam mamlakatlar – Avstriya (9,1%), AQSh (8,9%) va Shveysariyada (8,0%). Shunday qilib, nisbatan farovon mamlakatlarda ham yashirin iqtisodiyotning mutlaq hajmi katta ko‘rsatkichlarga ega: AQSh – 700 mlrd. AQSh doll., Italiya – 310 mlrd. AQSh doll., Buyuk Britaniya – 190 mlrd. AQSh doll. Download 161.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling