O‘zbekiston iqtisodiy salohiyati hamkorlik aloqalarida namoyon bo‘lmoqda
Download 14.83 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gyunter Overfeld, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
- Szyan Yan xonim, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
- Yan Bori, Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
- Eduard Shapira, Isroil Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
- Irfon Yusuf Shomiy, Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
- Olive Shav, Shveytsariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
- Mixails Popkovs, Latviya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi
O‘ZBEKISTON IQTISODIY SALOHIYATI HAMKORLIK ALOQALARIDA NAMOYON BO‘LMOQDA Bugun mamlakatimiz kuchli fuqarolik jamiyati va jadal rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan, erkin va demokratik davlat qurish bo‘yicha yangi tarixiy bosqichga qadam qo‘ymoqda. Bunda dunyoning barcha davlatlari bilan do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni qator xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Tantanali marosim doirasida elchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Gyunter Overfeld, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: – Mamlakatingizga kelganimga besh oy bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida bo‘ldim. Chet ellik investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, ularning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi meni hayratga soldi. O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida azaldan do‘stlik va hamkorlik aloqalari mavjud. Bundan keyin ham mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, yangi tarmoqlarni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Ayni paytda to‘qimachilik va qurilish materiallari sohasida aloqalar jadal rivojlanmoqda. O‘zbekistondagi faoliyatim davomida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratmoqchiman. Ayni paytda Germaniyada o‘qish istagida bo‘lgan talabalarni tanlab olish jarayoni davom etmoqda. Ular Germaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘i topshirish men uchun katta sharafdir. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik keng miqyos kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qurilish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohalarida keng ko‘lamli hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar Buyuk ipak yo‘li tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Milliy qadriyat va an’analarimiz jahon madaniyati rivojida alohida o‘rin tutadi. Davlat rahbarlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlar mamlakatlarimizning ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligiga ham yangi ruh bag‘ishlamoqda. Yan Bori, Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: – O‘zbekiston so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirdi. Dunyoning barcha davlatlari qatori Slovakiya bilan ham aloqalar yuksak bosqichga ko‘tarilmoqda. Iqtisodiy sohada yangi yo‘nalishlar yaratish bo‘yicha oldimizda katta vazifalar turibdi. Barcha sohalar qatori madaniy aloqalarni rivojlantirishga ham e’tiborni kuchaytirmoqchimiz. Yurtingizda sayyohlik salohiyati yuksalgani hamda madaniy meros yodgorliklarini asrab-avaylash, ularni tiklash va ta’mirlash ishlariga davlat tomonidan qaratilayotgan e’tibor alohida tahsinga loyiq.
– Isroil bilan O‘zbekiston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda bu fikr yana bir bor ta’kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil O‘zbekistonda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yili, deb e’lon qilingani islohotlarga yangi sur’at, mamlakatlarimizning ushbu yo‘nalishdagi aloqalariga yanada rivoj bag‘ishlaydi, deb o‘ylayman.
– Mamlakatlarimizni nafaqat savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, balki ko‘p asrlik tarixiy aloqalar birlashtirib turadi. Pokistonda O‘zbekistonni qadimiy sivilizatsiya beshiklaridan biri, Imom Buxoriy, Amir Temur, Zahiriddin Bobur kabi shavkatli farzandlari insoniyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan yurt sifatida bilishadi. Bugungi kunda mamlakatlarimiz BMT, ShHT kabi xalqaro tashkilotlar doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlar xalqlarimizning tub manfaatlariga xizmat qilmoqda.
– Avvalo, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. 25 yil davomida Shveytsariya bilan O‘zbekistonning ikki tomonlama hamkorligi samarali rivojlanib keldi. O‘zbekistonda diplomatik missiyamni boshlaganimga 8 oy bo‘ldi. Shu vaqt oralig‘ida mamlakatingiz hayotida yangi davr boshlanganiga guvoh bo‘ldim. Shveytsariyaning O‘zbekistondagi vakili sifatida mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, jumladan, yurtingizga shveytsariyalik sayyohlar oqimini ko‘paytirish niyatidaman. Mixails Popkovs, Latviya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi: – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimizning ikki tomonlama hamkorligiga yuksak baho berganidan g‘oyat quvonchdaman. Darhaqiqat, Latviya – O‘zbekiston muloqoti tarixan qisqa davrda davlatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikka, o‘zaro anglashuv va ishonchga asoslangan sheriklikka aylandi. Bugun hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha munosabatlar jadal rivojlanib bormoqda, turli sohalarga oid shartnoma va bitimlar hayotga joriy etilmoqda. Qabul chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasida farmatsevtika, axborot texnologiyalari, yashil texnologiyalar, energetika, ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, ma’muriy islohotlar o‘tkazish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda tajriba almashish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Download 14.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling