Buxoro. Bahouddin Naqshband majmuasi
XVI asr. Bahouddin Naqshband 1318 yili Buxoro yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlog'ida tug'ilgan. Bahouddin Said Amir Kulol, Qusam shayx, Xalil ota kabi o'sha davrning eng yirik turkigo'y va forsigo'y mutasavvif olimlari qo'lida ta'lim olgan. O'zidan oldin o'tgan Yusuf Hamadoniy (XI - XII asrlar), Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy (XII asr) tomonidan yaratilgan xojagon tariqatini tadrijiy davom ettirib, XIV asr shart-sharoitlariga moslagan holda "naqshbandiya " tariqatini yaratdi. Qisqa muddat ichida bu tariqat avval Movarounnahrga yoyildi, undan qo'shni Islom mamlakatlariga o'tdi. Hozirgi Kogon tumanining Qasri Orifon qishlog'ida dafn etilgan Bahouddin Naqshband qabrining ustiga 1544 yili Buxoro xoni Abdulaziz I maqbara qurdirgan. Majmua mustaqillik yillarida qayta ta'mirlandi. 1993 yilda Xoja Bahouddin Naqshband hazratlarining 675 yillik yubiley tantanalari keng nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |