Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o’rtasidagi munosabatlar sohasini ham o’z ichiga oldi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida asrlar osha qaror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi. - Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o’rtasidagi munosabatlar sohasini ham o’z ichiga oldi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida asrlar osha qaror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi.
- Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda juda katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Dinning jamiyatdagi o’rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Diniy tashkilotlar diniy ta`lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolarini ta`lim olish uchun qabul qilishlari mumkin. - Diniy tashkilotlar diniy ta`lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolarini ta`lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.
- Diniy tashkilot - bu ma`lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir (masjid, cherkov, sinagoga, diniy o’quv yurtlari va h.k. kabi). Uni tashkil etish uchun unga bir xil e`tiqodga ega bo’lgan kamida 100 kishi a`zo bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga to’lganidan keyin ma`lum diniy jamiyatga a`zo bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |